Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QO‘SHIN TURLARIGA OID AYRIM ASKARIY QISM NOMLARINING YASALISHI
Suyunova Dildora Sadriddin qizi · Alisher Navoiy nomidagi
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Sohibqiron Amir Temur davlat boshqaruvidagi qo‘shin turlarining tarkibi, morfologik jihatdan harbiy atamalarning so‘z yasalish (affiksal yoki kompozitsion) tizimi ochib beriladi. Kalit so‘zlar: qo‘shin tarkibi, lashkar, askariy nom, termin, affiksal termin yasash, kompozitsiya. ANNOTATION This in the article Amir Timur state managed army species composition , morphological in terms of military terms word construction ( affixal or composition ) system open is given . Key words : structure of army, army, military name, term, make of affixal term, composition. Sharafiddin Ali Yazdiyning Amir Temur hukmronligi davriga oid “Zafarnoma” asari o‘rta asrlar tarixnavisligining ajoyib yodgorliklaridan biridir. Muarrix “Zafarnoma” asarini Shohruhning o‘g‘li Ibrohim Sulton tashabbusi bilan bitganligini aytadi. Sharafiddin Ali oldiga asarni jonli hamda tushunarli qilib yozish talabi qo‘yilgan. Muallifning niyatiga ko‘ra, asar “Muqaddima” qismi va uchta maqoladan iborat bo‘lishi kerak edi. Birinchi maqolani Temurga, ikkinchisini Shohruhga, uchinchisini Shohruhning o‘g‘li Ibrohim Sultonga mo‘ljallagan. Asar niyat qilingan birinchi maqolasidan iborat xolos. Boshqa ikki maqola yo‘q – u Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan yozilmagan yoki yozilgan bo‘lsa ham bizgacha yetib kelmagan 1. Asarda Sohibqiron davlatida qo‘shin tarkibi, askariy qism bo‘linmalarining qay tartibda ekanligi batafsil berilgan. Amir Temur qo‘shinlari asosan piyoda va otliq askarlardan tashkil topgan bo‘lsa-da, aksariyat hollarda piyodalar ham uzoq cho‘l safarlarida otlar bilan ta’minlanar, otliq askarlarning katta qismi piyoda tartibda jang qilishga ham o‘rgatilgan edi. Ular kamondan zarb bilan bexato otish lozim bo‘lgandagina otdan tushib, piyoda jangchilarga aylanardilar. Otliq askarlar oddiy va 1 Шарафиддин Али Яздий. Зафарнома. – Т.: Камалак, 1994. – Б.8. https://scientific-jl.com 2 8 0 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali saralangan jangchilarga bo‘linib, yengil va og‘ir otliq qo‘shinni tashkil etgan. Bundan tashqari, Sohibqironning xos navkarlari ham bo‘lgan. Har qanday tilning so‘z boyligi u tarixiy yoki zamonaviy tusda bo‘lmasin, insonlar tomonidan tuziladigan rang-barang lug‘atlarda ma’lum darajada aksini topadi. Lug‘at til so‘z boyligini o‘zida saqlovchi akkumulyator vazifasini bajaradi2. Aynan mana shunday termin-lug‘atlardan harbiy terminlar keng o‘rin egallagan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Zafarnoma”dan o‘rin olgan leksik birliklar qatori, temuriylar saltanatining ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, harbiy, maishiy turmush tarzida mavjud tushunchalarni ifodalovchi istilohlar va leksik birliklar son jihatdan salmoqli hisoblanadi. Sohibqiron Amir Temur davlat boshqaruvidagi askariy qism nomlarining “Zafarnoma”da keltirilganlarining morfologik tuzilishi haqida so‘z yuritar ekanmiz, bunda, asosan, so‘zlarning yasalishiga, o‘zlashgan yoki o‘zlashmaganligiga e’tibor qaratamiz. Harbiy va umumiy adabiy lug‘atni shakllantirishning eng samarali usuli affiksal so‘z yasashdir. Leksik-grammatik so‘z yasash affikslarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1. Nominal o‘zaklardan ot atama hosil qiluvchi affikslar; 2. Fe’l o‘zaklardan ot atama hosil qiluvchi affikslar; 3. Otlardan atama-fe’l yasovchi affikslar; 4. Fe’l o‘zak va o‘zaklardan atama-fe’l hosil qiluvchi affikslar 3. Quyida “Zafarnoma”da berilgan askariy qism nomlarining yasalish tizimini ko‘rib chiqamiz: ZABONGIR – I. josus II. Dushman haqida ma’lumot yig‘ish uchun asir olib kelish. Bilamizki, zabon fors-tojik tilida “til” degan ma’noni anglatadi. Harbiy yurish paytida dushman tarafdagi vaziyatdan ogoh bo‘lish, ularning rejalarini bilish maqsadida zabongirlar ustalik bilan ushbu vazifani ado etganlar. Bu esa jang chog‘ida g‘alaba tomon yo‘l ochib ham bergan. Asli fors-tojikcha bo‘lmish –gir affiksi “giriftan- olmoq” ma’nosini bildiradi va hozirgi o‘zbek tilida “biror narsani oluvchi, qo‘lga kirituvchi, egallovchi, zabt etuvchi” ma’nolarini anglatuvchi tushunchalarni ifoda etuvchi mansabga aloqador shaxs nomini yasaydi. Eski o‘zbek tilida -g‘ur/-gьr affiksli shaklni sifatdosh guruhiga shartli ravishda kiritish mumkin. Bu shaklda fe’llik belgilari kuchsizlanib, sifatga yaqinlashgan. Ma’no jihatdan hozirgi o‘zbek tilidagi sezgir, chopqir,keskir, o‘tkir kabi sifatlarga o‘xshaydi4. Zabon ot asosga esa ushbu yasovchi qo‘shimcha qo‘shilib, otdan ot atama hosil qilgan: 2 Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi. – T.: 2019. – B.14. 3 Дадабаев Х., Насыров И., Хусанов Н. Проблемы лексики старо-узбекского языка. – Т.: Фан, 1990. – С.70. 4 Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – T.: 2008. – B.186. https://scientific-jl.com 2 8 1 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali U: “Bir oy bo‘ldiki, bizning undan xabarimiz yo‘q; biz el ichidan chiqib, shu joyda turibmiz. Ammo bir necha kun bo‘ldiki, g‘oyatda mukammal qurollangan o‘n otliq kishi zabo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Sohibqiron Amir Temur davlat boshqaruvidagi qo‘shin turlarining tarkibi, morfologik jihatdan harbiy atamalarning so‘z yasalish (affiksal yoki kompozitsion) tizimi ochib beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Sohibqiron Amir Temur davlat boshqaruvidagi qo‘shin turlarining tarkibi, morfologik jihatdan harbiy atamalarning so‘z yasalish (affiksal yoki kompozitsion) tizimi ochib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- structure of army, army, military name, term, make of affixal term, Kalit so‘zlar: qo‘shin tarkibi, askariy nom, lashkar, affiksal termin yasash, kompozitsiya., termin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014