К содержанию
РецензированоRU2026

QUR’ONIYLAR TOIFASINING DA’VOLARI VA AHLI SUNNA IMOMLARINING ULARGA JAVOBI

IMOMLARINING ULARGA JAVOBI · Ibrohimov Ismoiljon Akramjon o’g’li · Imom Buxoriy nomidagi Toshkent

Исследователь · 2026

Аннотация

Коран и Сунна — неотделимые источники шариата. Понять Священный Коран без Сунны и хадисов пророка Мухаммада (мир ему и благословение) невозможно, так как Коран был ниспослан именно ему. Следовательно, самым знающим толкователем его смысла является сам Пророк (мир ему). Ученые Ахлю-Сунна валь-Джамаа дали достаточные опровержения тем, кто распространяет ошибочные идеи, толкует отдельные аяты Корана на основе собственного мнения и пытается отрицать Сунну. Kalit so’zlar: Qur’oniylar, sunnat, Qur’on, dalil, kitob, hikmat, vahiy, zikr, shubha, raddiya, hadis. Islom dini o‘zining aqidaviy, fiqhiy va axloqiy asoslarini Qur’on va sunnatdan oladi. Ushbu ikki manba musulmonlar uchun shariatning ajralmas ustunlari hisoblanadi. Alloh taolo Qur’oni Karimda insoniyatni Qur’on orqali hidoyatga boshlaganini bayon etar ekan, bu ilohiy risolatni tushuntirish va amaliyotga tatbiq etish vazifasini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zimmasiga yuklagan. Rasululloh https://scientific-jl.com 5 7 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali nafaqat Qur’onni yetkazgan zot, balki uning bayonchisi va hayotda tatbiq qiluvchisi hamdir. Biroq, tarix davomida ba’zi toifalar sunnatga nisbatan shubha bildirgan, ayrimlari esa uni butunlay inkor etishga uringan. Ayniqsa, zamonaviy davrda "Qur’oniylar", "Sunnat inkorchilari" yoki "Qur’an ahli" deb nom olgan oqimlar shular jumlasidandir. Ular faqat Qur’onni asosiy manba deb tan olib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadis va sunnatlarini insoniy so‘zlar deb baholaydilar. Ushbu toifa fikricha, Qur’on har bir narsani tushuntirib bergan va unga boshqa manbalarni qo‘shish dinni buzish bilan barobardir. Qur’oniylar harakatining ildizlari XIX asrda Hindistonda shakllangan bo‘lib, ular dastlab mustamlaka bosimi ostida bo‘lgan musulmonlar orasida diniy yangilanish g‘oyasi bilan chiqqan. Biroq vaqt o‘tishi bilan ularning da’volari ijtihoddan emas, inkordan iborat ekani ma’lum bo’ldi. Bugungi kunda ham internet tarmog‘ida, ijtimoiy tarmoqlarda bu toifaning g‘oyalari yoshlar ongini chalg‘itmoqda. Mazkur maqolada Qur’oniylar toifasining Qur’oni Karimdan keltiradigan asosiy dalillari tahlil qilinadi va ularga ahli sunna ulamolari tomonidan berilgan qat’iy raddiyalar keltiriladi. Maqolaning maqsadi – sunnatning shariatdagi o‘rni, Qur’on bilan bo‘lgan uzviy bog‘liqligi va Qur’oniylarning da’volarini naqadar asossiz ekanini ilmiy asosda ko‘rsatib berishdir. Bu toifa musulmon jamiyatidan sunnatga bo’lgan e’tiborini yo’qotish uchun bir qancha g’oya va da’volari mavjud. Quyida ular taqdim etiladi: Birinchi shubha: Qur’onning o’zi hukm uchun yetarlidir. Qur’ondan boshqa narsalarga umuman hojat yo’q. Chunki, Alloh taolo Qur’onda shunday marhamat qiladi: ِِلِلا ِ ِلَّا ِإِمُ كۡحُ ل ۡ ٱ ِنِ ِإ “Hukm qilish faqat Allohgadir”1. ِن ٌۭ يِبمُّ بِ ٌۭ ـَٰتكِ وَ ِر ٌۭوُنِِاللَّا ِنَ م ِ ِمكُ ءَ اجَ ِد َق “Darhaqiqat, sizlarga Alloh tomonidan bir nur va aniq Kitob keldi”2. ِء ى شَ ِنمِ ِبِ ـَٰتكِ ل ٱِىِفِاَنط را َف اما “Kitobda (Qur’onda) hech narsani qoldirmadik”3. ِء ى شَ ِل ِ كُ لِ ا نٌۭـَٰيب ِتِبَ ـَٰتكِ ل ٱِكَ ي َلعَ اَنل زا َنوَ “Senga bu Kitobni har bir narsaning tafsiloti sifatida nozil qildik”4. Qur’oniylar toifasining vakillari mana shu oyatni o’zlariga dalil qilib, Qur’onda barcha narsa bayon qilib berilgan. Shuning uchun undan boshqasiga hech qanday ehtiyoj yo’q. Din o’laroq Qur’onning o’zi kifoya deb g’oyalarini ilgari surishadi. 1 Shayx Abdulziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020. – B. 134. 2 O’sha manba. – B. 110. 3 O’sha manba. – B. 132. 4 O’sha manba. – B. 277. https://scientific-jl.com 5 8 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Ularning bu dalillariga Ahli sunnaning javobi: Birinchi oyatga keladigan bo’lsak, Hukm qilish faqat Allohniki ekaniga biror mo’min kishi shubha qilmaydi. Biroq, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hukmlari ham Alloh taoloning hukmi bo’lib, u Rasulining tili bilan qaror topadi. Shuning uchun ham Alloh taolo quydagicha marhamat qiladi: ِا وهُ َتنٱَفُِهن ۡ عَ ِمۡكُ ىٰهَ َن امَ وَ ُِهوُذخُ َفِلُ وسُ را لٱِمُ كُ اَتاءَ ِا مَ وَ Payg’ambar sizga nimani bersa, o’shani olinglar va nimadan qaytarsa, o’shandan qaytinglar5. Alloh taolo boshqa bir oyatda shunday marhamat qiladi: ِىٰ حَ وُيِى ٌۭ ح وَ ِلَّا ِإِوَ هُ ِن ِإ * ِى ٰ وَ هَ ل ٱِنِ عَ ِقُ طِ نَي امَ وَ “U o‘z nafsidan so‘zlamaydi. Bu (so‘zlari) vahiy qilinayotgan vahiydir”6. Yana bir boshqa oyatda shunday keladi: َِلِلا ٱِِصِ عۡ َيِنمَ وَ ِم ۡۗۡهِ رِ مَۡأِنۡ مِ ُِةرَ َيخِ ل ۡ ٱِمُ هُ َلِنَ وكُ َيِنَِأِار مَۡأ ُِۥه ُلوسُ رَ وَ ُِلِلا ٱِىضَ َقِاَذِإ ِة َنمِ ؤۡ مُ ِلََّ وَ ِنࣲ مِ ؤۡ مُ لِِنَ اكَ امَ وَ انيِبمُّ ِلـَٰلضَ ِلا ضَ ِدَۡقَفُِۥهَلوسُ رَ وَ “Hech bir mo’min erkak va hech bir mo’mina ayol uchun Alloh va Uning Rasuli bir ishga hukm qilganida, o’z ishlarini o’zlaricha ixtiyor qilmoq yo’q. kim Allohga va Uning Rasuliga osiy bo’ls

Доказательный фрагмент

«Коран и Сунна — неотделимые источники шариата.»

Образец извлечения

Демо-превью

Коран и Сунна — неотделимые источники шариата. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zikr, dalil, shubha, sunnat, vahiy, hadis., Qur’on, kitob, hikmat, raddiya, Kalit so’zlar: Qur’oniylar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники