К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLALAR VA O`SMIRLARNING NAFAS OLISH TIZIMI: RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRI.

Ilmiy rahbar: Aliyeva Ra’no · Ijtimoiy Fanlar · Abdumutalibova Kibriyo

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bolalar va o‘smirlarning nafas olish tizimining anatomo-fiziologik rivojlanish xususiyatlari hamda unga tashqi muhit — ya’ni ekologik omillar (havo ifloslanishi, allergenlar, sanoat chiqindilari, iqlim sharoiti va boshqalar)ning ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yosh organizmning himoya tizimi yetarli darajada shakllanmaganligi sababli nafas yo‘llari kasalliklariga yuqori darajada moyilligi aniqlanadi. Shuningdek, ekologik xavf omillarining bola salomatligiga, ayniqsa bronxial astma, surunkali bronxit va allergik rinit kabi holatlarning rivojlanishidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, nafas olish tizimini himoyalash va profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar ham berilgan. Kalit so‘zlar: Nafas olish tizimi, bolalar salomatligi, o‘smirlar fiziologiyasi, ekologik omillar, havo ifloslanishi, bronxial astma, allergik kasalliklar, profilaktika, respirator infektsiyalar, nafas yo‘llari rivojlanishi Inson organizmidagi eng muhim hayotiy tizimlardan biri bu — nafas olish tizimidir. Ayniqsa, bolalar va o‘smirlar davrida bu tizim hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi, shuning uchun turli tashqi omillarga nisbatan juda sezuvchan hisoblanadi. So‘nggi yillarda ekologik muhitning yomonlashuvi, atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar va sanoat chiqindilari bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, nafas yo‘llariga oid kasalliklar — bronxial astma, surunkali bronxit, allergik rinit kabi kasalliklar soni ortib borayotgani kuzatilmoqda. Shuning uchun ushbu maqolada bolalar va o‘smirlarning nafas olish tizimining rivojlanishiga xos xususiyatlar va ekologik omillarning unga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Bu mavzuni o‘rganish orqali sog‘lom avlodni shakllantirish va ularning sog‘lig‘ini himoya qilishda muhim qadamlar qo‘yish mumkin. Nafas olish tizimi tug‘ilishdan boshlab asta-sekin rivojlanib boradi. Bolalarda nafas yo‘llari torroq, o‘pka to‘qimalari elastikligi past, alveolalar soni esa yetilmagan bo‘ladi. Shu sababli, bolalar nafas olish orqali kislorodga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun ko‘proq va tez-tez nafas oladi. O‘smirlik davriga kelib o‘pkaning hajmi va alveolalar soni ortadi, mushaklar mustahkamlanadi, nafas olish harakati tartibliroq bo‘lib boradi. https://scientific-jl.com 6 8 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Immun tizimning yetarli darajada shakllanmaganligi sababli, aynan bolalar turli virusli va bakterial infeksiyalarga nisbatan zaifroq bo‘lishadi. Bu esa tez-tez respirator infeksiyalar (masalan, O‘RVI, bronxit, pnevmoniya) bilan kasallanish ehtimolini oshiradi. Zamonaviy dunyoda ekologik muhit bolalar salomatligiga katta xavf tug‘dirmoqda. Eng muhim ekologik omillar quyidagilardir: Havo ifloslanishi: Transport vositalarining chiqindilari, sanoat gazlari va chang zarralari nafas yo‘llarini tirnash xususiyatiga ega. Ayniqsa, PM2.5 zarralari o‘pka to‘qimasiga chuqur kirib borib, yallig‘lanish va nafas qisishi keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat bronxial astma, allergik rinit va surunkali bronxit kabi kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Iqlim o‘zgarishlari: Haroratning keskin o‘zgarishi, havo namligi darajasining pastligi yoki yuqoriligi bolalarning nafas tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Quruq yoki sovuq havo bronxial spazmlarni keltirib chiqarishi mumkin. Allergenlar: Uy changi, hayvonlarning tuklari, gulchanglar (polen) bolalarda allergik nafas olish kasalliklarini kuchaytiradi. Ichki muhit ifloslanishi: Uy ichidagi tamaki tutuni, chang, mog‘or va gaz plitalarining chiqindilari bolalarning nafas tizimi uchun xavfli bo‘lib, ayniqsa yopiq joylarda bo‘lish ko‘p hollarda kasallikni og‘irlashtiradi. Ekologik zararli ta’sirlar fonida quyidagi kasalliklar bolalarda keng tarqalgan: Bronxial astma: Havo yo‘llarining surunkali yallig‘lanishi, nafas olishda qiyinchilik, yo‘tal va qisqa nafas bilan kechadi. Surunkali bronxit: Doimiy yo‘tal va balg‘am ajralishi, ayniqsa sovuq fasllarda kuchayadi. Allergik rinit: Burun bitishi, aksirish, ko‘z qichishishi bilan kechadigan holat. Pnevmoniya: O‘pka to‘qimalarining yallig‘lanishi bo‘lib, bolalarda og‘ir kechishi mumkin. Bu kasalliklar ko‘pincha bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘qish faoliyatini, immunitetni pasaytiradi va hayot sifati yomonlashadi. Bolalar va o‘smirlarning nafas olish tizimini himoya qilish uchun quyidagi profilaktik chora-tadbirlar muhim hisoblanadi: Tashqi muhitni tozalash, yashil hududlarni ko‘paytirish Uy ichidagi havo sifatini nazorat qilish (ventilyatsiya, namlikni saqlash) Bolalarni tamaki tutunidan, allergenlardan, sanoat hududlaridan himoyalash Sport bilan shug‘ullanish, immunitetni mustahkamlovchi choralarni ko‘rish Vaqtida emlashlar va tibbiy ko‘riklardan o‘tish Bolalar organizmida himoya mexanizmlari yetarlicha shakllanmagan bo‘ladi. Quyidagi asosiy tizimlar bu yo‘nalishda muhim rol o‘ynaydi: https://scientific-jl.com 6 9 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalar va o‘smirlarning nafas olish tizimining anatomo-fiziologik rivojlanish xususiyatlari hamda unga tashqi muhit — ya’ni ekologik omillar (havo ifloslanishi, allergenlar, sanoat chiqindilari, iqlim…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalar va o‘smirlarning nafas olish tizimining anatomo-fiziologik rivojlanish xususiyatlari hamda unga tashqi muhit — ya’ni ekologik omillar (havo ifloslanishi, allergenlar, sanoat chiqindilari, iqlim… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bolalar salomatligi, o‘smirlar fiziologiyasi, ekologik omillar, havo ifloslanishi, bronxial astma, profilaktika, Kalit so‘zlar: Nafas olish tizimi, respirator infektsiyalar, nafas yo‘llari rivojlanishi, allergik kasalliklar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники