Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALAR VA O’SMIRLARNING NAFAS OLISH TIZIMI:RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRI
Aliyeva Ra’no Amanullayvna · Qodirova Nargiza Zuhriddin qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada bolalar va o'smirlarning nafas olish tizimining rivojlanish xususiyatlari va atrof-muhit omillari ta'siri batafsil tahlil qilinadi. Maqolada nafas olish tizimining anatomik va fiziologik jihatlari, yoshga bog'liq o'zgarishlar, ifloslangan havo, allergiya, infektsiyalar va boshqa ekologik omillarning nafas olish tizimiga ta'siri, shuningdek, bu salbiy ta'sirlarning oldini olish va davolash usullari ko'rib chiqiladi. Maqola pediatriya va pulmonologiya sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, talabalar va ota-onalar uchun foydali bo'ladi Kalit so'zlar: nafas olish tizimi, bolalar, o'smirlar, rivojlanish, ekologik omillar, havo ifloslanishi, allergiya, infektsiya, nafas olish kasalliklari, profilaktika, davolash. Inson organizmi uchun kislorod ta'minoti va karbonat angidrid chiqarilishini ta'minlaydigan nafas olish tizimi, hayotiy ahamiyatga ega. Bolalar va o'smirlik davrida bu tizim jadal rivojlanadi va shu bilan birga, atrof-muhitning turli omillariga juda sezgir bo'ladi. Ushbu maqolada bolalar va o'smirlarning nafas olish tizimining rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari, yoshga bog'liq o'zgarishlar va atrof-muhitning salbiy ta'sirini tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada nafas olish tizimining anatomiyasi va fiziologiyasi, keng tarqalgan nafas olish kasalliklari va ularning oldini olish, shuningdek davolash usullari muhokama qilinadi. Nafas olish - odam organizmi bilan uni o'rab turuvchi tashqi muhit orasidagi havot uchun zarur bo'lgan doimiy gazlar almashinuvi jarayonidir. Organizmdagi moddalarning oksidlanishi va qaytarilishi bo'yicha barcha murakkab reaksiyalar. albatta, kislorod ishtirokida kechadi. Oksidlanish jaravonlari paytida parchalanish mahsulotlari hosil bo'ladi. shu jumladan. karbonat angidrid gazi ham organizmdan ajratib chiqariladi. Nafas olish va chiqarish paytida organizm bilan uni o ’rab turuvchi tashqi muhit orasida gazlar almashinuvi kechadi. ya'ni organizmga doimiy ravishda kislorodning tushishini va undan karbonat angidridning chiqarilishini ta'min etadi. Bu jarayon o'pkalarda kechadi. O 'pkadan to'qim alarga kislorodni va to'qim alardan o'pkaga karbonat angidridni tashuvchi bo'lib qon hisoblanadi. Nafas a’zolarning tuzilishi. Burun bo‘shlig‘i. Nafas a’zolarida nafas olinayotgan va chiqarilayotgan havolar o ‘tuvchi – havo yo'llari hamda atmosfera https://scientific-jl.com 1 1 5 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali havosi bilan qon orasida gazlar almashinuvi bajariladigan - o'pka farqlanadi. Nafas yo'li og'iz bo'shlig'idan to'siqlar bilan ajralib turuvchi burun bo'shlig'idan boshlaadi: oldindan qattiq tanglav. ortdan esa vumshoq tanglay bilan ajralib turadi. Burun bo'shlig‘iga havo burun teshiklari orqali kira di, uning tashqi chekkalarida burunni chang zarrachalari kirishidan himoya qiluvchi tukchalar joylashgan. Burun bo'shlig'i to'siqlar bilan o'ng va chap boiim larga bo'lingan, ularning har biri burun supralari bilan quyi, o'rta va yuqorigi burun yo'llariga bo'linadi. Bolalar hayotining birinchi kunlarida burun bilan nafas olishi biroz qiyinroq. Bolalarning burun yo'llari voyaga yetgan odamlarniki singari holatga 14-15 yoshga kelib to'liq shakllanib bo'ladi. Burun bo'shlig'ining shilliq qavati qalin qon tomirlari bilan ta ’minlangan va ko'p qavatli hilpildoq epiteliy bilan qoplangan. Epiteliylarda esa shilliq ajratuvchi bezchalar joylashgan. Shilliqwww.ziyouz.com kutubxonasi esa nafasga olinayotgan havo bilan kirgan chang zarrachalari bilan birgalikda kiprikchalarning hilpillovchi harakatlari bilan chiqarib tashlanadi. Burun bo'shlig'ida nafas olinayotgan havo isitiladi, qisman chang zarrachalaridan tozalanadi va namlanadi.Burun bo'shlig'i orqa tomondan teshik orqali – xaonlar hiqildoq bilan tutashgan bo‘ladi.Burun-halqum. Burun-halqum yutqinning yuqorigi qismidir.Burun-halqum muskulli naycha holida bo'lib, burun bo'shlig'i, og‘iz bo'shlig' i va kekirdakka ochiladi. Halqumga xaonlardan tashqari yutqin bo'shlig'ini o 'rta quloq bo'shlig'i bilan bog'lab turuvchi eshitish nay lari ochiladi. Halqumdan havo yutqinning og'iz qismiga va undan kekirdakka o'tadi. Bolalarda yutqin keng va kalta bo'lib. eshitish nayi ancha past joylashgandir. Yuqorigi nafas yo'llarining kasallanishi ko'pchilik holatlarda o'rta quloqning yallig'lanishining asoratlari kuzatiladi, qaysiki infeksiya keng va kalta eshitish nayi orqali osongina o'rta quloqqa tushadi.Hiqildoq. Hiqildoq skeleti bo'g'inlar, naylar va muskullar orqali bir- biri bilan tutushgan qator tog'aylardan hosil bo'ladi. Bular orasida eng yirigi qalqonsimon tog'aydir. Hiqildoqqa kirish joyining ustki qismida tog'ay, hiqildoq usti plastinkasi joylashgan.Bu plastinka yutinish paytida hiqildoqning kirish qismini yopib turuvchi klapan rolini bajaradi.Hiqildoq bo'shlig'i shilliq qavat bilan qoplangan, ya'ni ikki juft qat hosil qiladi, bular ham o 'z nabvatida yutinish paytida hiqildoq qa kirish qismini yopadi. Qatlarning pastki jufti tovushlog'ich (tovush) naychalarini
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bolalar va o'smirlarning nafas olish tizimining rivojlanish xususiyatlari va atrof-muhit omillari ta'siri batafsil tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bolalar va o'smirlarning nafas olish tizimining rivojlanish xususiyatlari va atrof-muhit omillari ta'siri batafsil tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nafas olish tizimi, bolalar, o'smirlar, rivojlanish, ekologik omillar, Kalit so'zlar: nafas olish tizimi, havo ifloslanishi, profilaktika, allergiya, davolash., nafas olish kasalliklari, infektsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026