К содержанию
РецензированоUZ2026

STOMATOLOGIK KASALLIKLARNING ETIOPATOGENEZI VA BOLALAR ORASIDA TISH GIGIYENASINING AHAMIYATI

Raxmonberdiyeva Sayyora · I. Kirish (Andijon Davlat Chet Tillari Instituti) · II. Asosiy qism (Andijon Davlat Chet Tillari Instituti)

Исследователь · 2026

Аннотация

Maqolada stomatologik kasalliklarning etiologiyasi va patogenezi, shuningdek bolalarda tish gigiyenasining ahamiyati tahlil qilinadi. Bolalik davrida og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga to‘g‘ri e'tibor qaratilmaganda kelib chiqadigan asosiy kasalliklar va ularning oldini olish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Bolalar gigiyenasiga ota-onalar tomonidan yetarlicha e’tibor bermasligi orqali yuzaga keladigan kasalliklar, ularning salbiy oqibatlari va bu holatlarning so’g’liq uchun uzoq muddatli xavflari ko’rib chiqiladi. Shuningdek, bolalar orasida tish gigiyenasini qanday rivojlantirish bo’yicha ba’zi usullar, tarbiyaviy yondashuv haqida turli ma’lumotlar keng yoritiladi. Kalit so’zlar: gigiyena, stomotologiya, etiopatogenez, tish, muammo, bolalar, sabab, kasalliklar, shirinlik, kun tartibi, noto’g’ri, sog’liq, ovqatlanish, milk, og’iz bo’shlig’I, tish kariyesi, profilaktik choralar. I. Kirish Bugungi kunda stomatologik kasalliklar dunyo bo‘yicha keng tarqalgan sog‘liq muammolaridan biri hisoblanadi. Xususan, bolalar orasida tish kariyesi, milk yallig‘lanishi va boshqa stomatologik muammolar ko‘p uchraydi. Ushbu kasalliklarning rivojlanishi ko‘p hollarda gigiyenaga rioya qilinmasligi va noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq. Ko’p hollarda bolalarni ovutish uchun ota-onalar shirinlikdan foydalanadi. Bu esa tish bilan bog’liq ko’plab muammolarning asosiy omili bo’lib rol o’ynaydi. Ushbu maqolada stomotologik kasalliklarning etipotogenezini ochib berish va bolalar orasida tish gigiyenasi ahamiyatini yoritib beriladi. II. Asosiy qism Stomatologik kasalliklarning etiopatogenezi Stomatologik kasalliklarning kelib chiqishiga quyidagi asosiy omillar sabab bo‘ladi: *Bakterial infektsiyalar: Og‘iz bo‘shlig‘ida yuzlab turdagi bakteriyalar mavjud bo‘lib, ular qoldiq ovqat moddalari bilan birikkanida kariyes va milk yallig‘lanishini (gingivit) keltirib chiqaradi. https://scientific-jl.com 1 2 0 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali *Ovqatlanish omillari: Shirinliklar, kislota va uglevodlarga boy mahsulotlarning ko‘p iste'mol qilinishi tish emalini yemiradi va bakteriyalarning ko‘payishiga sharoit yaratadi. Bu esa keyinchalik tish yemirilishiga olib keladi. *Mexanik shikastlanishlar: Tishlarni noto‘g‘ri yuvish, qattiq ovqat mahsulotlarini tishlash yoki tishlarga kuch ishlatish natijasida yuzaga keladi. Misol uchun, ko’plab bolalar bodomlarni tishlari orqali chaqib yeyishga urinadi. Natijada, tish qattiq shikastlanadi. *Genetik omillar: Tish va milk tuzilishidagi irsiy o‘zgarishlar stomatologik kasalliklarning rivojlanishiga moyillik yaratadi. Uyda birorta oila a’zosida tish bilan muammo bo’lsa, bu aynan boshqa oila a’zosida ham kuzatilishi mumkin. *Immunitet holati: Organizmdagi umumiy immunitetning pasayishi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining oson rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Foydali va vitaminlarga boy ozuqalardan ko’ra bolalar sog’liqlari uchun zararli bo’lgan mahsulotlarni iste’mol qiladi va bu immunitet qulashiga olib keladi *Fizik va kimyoviy ta’sirlar: Issiq va sovuq ovqatlar, kislotalar va boshqa zararli moddalarning ta’siri tish emalini zaiflashtiradi. Bir vaqtni o’zida ham issiq ham sovuq narsalarni iste’mol qilish ham tishlarni fan tomonidan zaiflashuviga olib keladi. Bolalarda tish gigiyenasining ahamiyati Bolalarda tish gigiyenasiga amal qilinishi sog‘lom tish va milk rivojlanishi uchun asosiy shartdir. Сhunki har bir tana a’zosidek tishlar ham hayotimizning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Aynan shu tishlarimiz orqali biz organizmimizga zarur bo’lgan ozuqa moddalarini tanavvul qilamiz. Gigiyenaga rioya qilmaslik quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi: 1. Tish kariyesi Ya’ni tish emali va ichki to‘qimalarining asta-sekin yemirilishiga olib keladigan kasallik bo‘lib, asosan og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriyalar faoliyati natijasida yuzaga keladi. Bakteriyalar shakarli mahsulotlardan kislota ajratib chiqaradi va bu kislota tish emalini yemiradi. Natijada, tishda qora dog‘lar, chuqurchalar paydo bo‘ladi va og‘riq yuzaga keladi. 2. Milk yallig‘lanishi (gingivit) Ya’ni milk to‘qimalarining yallig‘lanish holati bo‘lib, asosan tishlar orasida yig‘ilgan bakterial blyashkalar (yopishqoq qoldiqlar) tufayli yuzaga keladi. Kasallik belgilari: milklarning qizarishi, shishishi, tish yuvishda qonashi va ba’zida yengil og‘riq. Agar gingivit vaqtida davolanmasa, u chuqurroq to‘qimalarga o‘tib, parodontitga olib kelishi mumkin. 3. Yomon nafas (halitoz) https://scientific-jl.com 1 2 1 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Ya’ni og‘izdan doimiy yoki vaqtinchalik yoqimsiz hid chiqishi bo‘lib, ko‘pincha og‘iz gigiyenasi yetarli darajada bo‘lmaganda yuzaga keladi. Buning asosiy sabablari tish kariyesi, milk yallig‘lanishi, til yuzasidagi bakteriyalar, qoldiq ovqatlar, quruq og‘iz (tupurik yetishmovchiligi) yoki ichki organ kasalliklari bo‘lishi mumkin. 4. Tishlarning erta yo‘qolishi Tishlar o‘z vaqtidan oldin tushib qolishi yoki olib ta

Доказательный фрагмент

«Maqolada stomatologik kasalliklarning etiologiyasi va patogenezi, shuningdek bolalarda tish gigiyenasining ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada stomatologik kasalliklarning etiologiyasi va patogenezi, shuningdek bolalarda tish gigiyenasining ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ovqatlanish, sabab, milk, og’iz bo’shlig’I, kasalliklar, kun tartibi, tish kariyesi, shirinlik, muammo, tish, etiopatogenez, noto’g’ri, stomotologiya, sog’liq, profilaktik choralar., Kalit so’zlar: gigiyena, bolalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники