К содержанию
РецензированоUZ2026

VITAMIN VA MIKROELEMENTLARNING YOSHGA BOG'LIQ FIZIOLOGIK AHAMIYATI VA YETISHMOVCHILIK SINDROMI

Aliyeva Ra’no Amanullayevna · Abdulhamidova Muhayyo Mirzohid qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada vitamin va mikroelementlarning turli yosh davrlaridagi fiziologik ahamiyati, ularning yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar va sindromlar, hamda bu muammolarni oldini olish usullari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Har bir yosh davrida organizmning moddalarga bo‘lgan talabi farqlanadi va bu ehtiyojlar sog‘lom o‘sish, rivojlanish hamda qarish jarayonini optimallashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, maqolada sog‘lom turmush tarzining shakllanishida bu moddalarning o‘rni tahlil qilinadi. Maqola sog‘liqni saqlash, pediatriya, geriatriya sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar hamda umumiy o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Kalit so‘zlar: Vitaminlar, mikroelementlar, yoshga oid fiziologik o‘zgarishlar, yetishmovchilik sindromi, sog‘liq, ozuqa moddalari, biologik faol modda, modda almashinuvi. Vitamin va mikroelementlarning fiziologik ahamiyati shunchalik kengki, ularni har bir insonning kundalik hayoti va salomatligidan ajratib bo‘lmaydi. Bu moddalarning o‘ziga xos xususiyatlari, organizmdagi roli, ularga bo‘lgan ehtiyojning yoshga qarab o‘zgarishi ilmiy jihatdan o‘rganilgan va amaliyotda keng qo‘llaniladi. Ularning yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolar nafaqat rivojlanayotgan, balki rivojlangan davlatlarda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Vitaminlar suvda eruvchan (B-kompleks vitaminlari va C vitamini) va yog‘da eruvchan (A, D, E va K vitaminlari) bo‘lishi mumkin. Suvda eruvchan vitaminlar organizmda zaxiralanmaydi va ularning ortiqcha miqdori siydik orqali chiqarib yuboriladi, shuning uchun ular har kuni oziq-ovqat orqali qabul qilinishi kerak. Yog‘da eruvchan vitaminlar esa organizmda saqlanadi va uzoq muddatli ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Bu ularning ham foydasini, ham noto‘g‘ri iste’mol qilinganda salbiy ta’sirini bildiradi. Mikroelementlar organizmda juda oz miqdorda mavjud bo‘lishiga qaramay, ular hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘plab muhim jarayonlarda ishtirok etadi. Masalan, temir gemoglobin tarkibiga kirib, kislorod tashishni ta’minlaydi. Rux immunitet tizimi https://scientific-jl.com 1 2 8 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali faoliyati uchun kerak bo‘lib, yaralarning bitishida muhim rol o‘ynaydi. Yod qalqonsimon bez faoliyati uchun zarur bo‘lib, bolalarda aqliy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi. Organizmda bu moddalarning yetishmasligi quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga keladi: - Noto‘g‘ri ovqatlanish; - Ekologik muammolar; - Surunkali kasalliklar; - Ichakdagi so‘rilish jarayonining buzilishi; - Dori vositalarining ta’siri; - Stress va notinch turmush tarzi. Ko‘p hollarda inson o‘zining vitamin yoki mikroelement yetishmovchiligini sezmaydi, chunki u asta-sekin rivojlanadi. Biroq vaqt o‘tishi bilan bu holat jiddiy klinik belgilarga olib keladi. Misol uchun, C vitamini tanqisligi avvaliga tez-tez shamollash, soch to‘kilishi, charchoq, keyinchalik esa milklar qonashi, suyaklarda og‘riq kabi holatlarga olib keladi. Oziqlanish orqali bu moddalarning tabiiy manbalarini olish muhimdir: - A vitamini: jigar, sariq va qizil sabzavotlar, tuxum sarig‘i; - B vitaminlari: go‘sht, yong‘oqlar, don mahsulotlari; - C vitamini: sitrus mevalar, pomidor, bulg‘or qalampiri; - D vitamini: baliq yog‘i, quyosh nuri (teri orqali sintezlanadi); - Kalsiy: sut mahsulotlari, yashil bargli sabzavotlar; - Temir: jigar, go‘sht, loviya; - Yod: dengiz mahsulotlari, yodlangan tuz. Vitamin va mikroelementlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni kundalik ratsionga kiritish orqali ko‘plab kasalliklarning oldi olinadi. Shu sababli, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida milliy ovqatlanish dasturlari doirasida muhim oziq-ovqatlar (un, tuz, sut) maxsus moddalar bilan boyitiladi. Yosh guruhlariga qarab tavsiya etiladigan iste’mol miqdorlari mavjud. Masalan, bolalarda A vitamini o‘sish uchun zarur bo‘lsa, keksalarda bu vitamin immunitetni saqlab turish uchun muhimdir. Homilador ayollar esa temir va foliy kislotasiga ko‘proq ehtiyoj sezadilar. Bu ularning homila rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston sharoitida ham vitamin va mikroelementlar bilan bog‘liq muammolar mavjud. Xususan, temir yetishmovchiligi anemiyasi ayollar va bolalar orasida keng tarqalgan. Shu bois, tibbiy-ma’rifiy ishlar, sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib https://scientific-jl.com 1 2 9 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali qilish, biologik faol qo‘shimchalarni qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarur. Global miqyosda qaralganda, BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) vitaminlar va mikroelementlar tanqisligi bilan kurashishga katta e’tibor qaratmoqda. Ular orqali dunyo bo‘ylab raxit, anemiya, yod yetishmovchiligi kabi holatlar keskin kamaymoqda. Shu boisdan, har bir fuqaro o‘z sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan yondashishi, to‘g‘ri va balanslangan ovqatlanishni odat qilish, muvozanatli turmush tarzini tanlashi zarur. Tibbiyot xodimlari esa aholinin

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada vitamin va mikroelementlarning turli yosh davrlaridagi fiziologik ahamiyati, ularning yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar va sindromlar, hamda bu muammolarni oldini olish usullari…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada vitamin va mikroelementlarning turli yosh davrlaridagi fiziologik ahamiyati, ularning yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar va sindromlar, hamda bu muammolarni oldini olish usullari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yetishmovchilik sindromi, biologik faol modda, Kalit so‘zlar: Vitaminlar, ozuqa moddalari, sog‘liq, mikroelementlar, modda almashinuvi., yoshga oid fiziologik o‘zgarishlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники