Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DMITRIY DMITRIYEVICH SHOSTAKOVICHNING 7-SIMFONIYASI TAHLILI
Temirova Umidaxon O‘lmasjon qizi
Исследователь · 14 · 5841-5846 · 1941
Аннотация
В данной статье Д. Симфония № 7 Шостаковича-яркий музыкальный образ, о котором мы можем проследить, это произведение сыграло важную роль в жизни композитора, наряду с которым описаны случаи, когда произведение можно считать простым и легким написанием, и на что обращал внимание композитор при его развитии. Ключевые слова: Симфония, композитор, жанр, эпизод, премьера, театр, оркестр, мелодия, инструмент, партия. Annotation: in this article D. Shostakovich's Symphony No. 7, in which we observe a bright musical image, ummkin, we can know that this work was important in the life of the composer, at the same time it was stated that the work focused on the statuses that can be considered simple and lightly written, and what the composer focused on in its development. Keywords: Symphony, composer, genre, episode, premiere, Theater, Orchestra, melody, instrument, party. D. Shostakovichning №7 simfoniyasi urush yillarida paydo bo‘lgan va mashxur Leningrad qamaliga bag‘ishlab yozilgan. Simfoniya 4 qismli bo‘lib, birinchi 3ta qismlari aynan 1941-yilning sentabr oyida Leningrad shahrida yozilgan. Oktabrda u oilasi bilan Moskva orqali Kuybishefga keladi va simfoniyani dekadr oyida shu yerda tugatadi. Asar premyerasi 5 maryya Kuybishevda bo‘lib o‘tadi . kompozitor ushbu simfoniya xaqida quyidagi misralarni keltirib o‘tgan: “Yettinchi simfoniya – kurashimiz, kelayotgan g‘alabamiz haqidagi asar… Simfoniya ustida ishlar ekanman men xalqimizning buyukligi, uning qahramonligi, insoniylikning eng yahshi g‘oyalari, insonning ajoyib fazilatlari, go‘zal tabiatimiz, insonparvarlik, va go‘zallik haqida o‘yladim!” Yaratilish tarixi: https://scientific-jl.com 1 4 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Simfoniya yaratish g‘oyasi aniq qachon paydo bo‘lgani aniq emas. Lekin 1930 yillarning oxiri va 1940 yaillarning boshida Ulug‘ Vatan urushi boshlanishidan oldin Shostakovich Ravelning “Bolero ”siga o‘xshash passakaliya janrida o‘zgarmas mavzu asosida asar yaratdi. Ushbu asarni u yosh hamkasblari va shogirdlariga ko‘rsatgan. Mavzu avvaliga quruq va oddiy raqsga oxshash ohanglarni eslatadi va barabanlarning sadosi ostida rivojlantiriladi. Bu aynan birinchi qism epizodidagi “bosqinchilik” mavzusi edi. 1941-yil 22-iyunda mamlakatdagi barcha insonlar hayoti kabi Shostakovichning hayoti ham tubdan o‘zgardi. Urush boshlandi va oldingi rejalar bekor qilindi. Butun xalq front uchum ishlay boshladi. Notinch inqilobiy voqealarning taasurotlarini musiqada aks ettirishni niyat qiladi va yettinchi simfoniyani yoza boshlaydi va yoz oylarida birinchi qism yozib tugatiladi. Sentabr oyida blokada bo‘lgan Leningrad shaxrida ikkinchi qism yaratiladi va o‘z xamkasblariga namoyish etadi. Uchunchi qism ustida ish boshlanganida oktabr oyi edi. Raxbariyatning say’i harakati bilan u ikki farzandi va rafiqasi bilan birgalikda Moskvaga ketishga muvaffaq bo‘ladi. Bir oy o‘tgach Uralga ketish rejalashtiriladi, lekin Shostakovich Kuybeshif (xozirgi Samara shaxri) qolishga qaror qiladi. Chunki bu yerda uning ko‘pgina yaqinlar va albatta Katta teatr bor edi. Tez orada raxbariyat tomonidan kompozitorga darhol xona hamda royal ajratiladi. U simfoniya ustida ishni davom ettiradi. Tom manida bir nafasda yaratilgandastlabki uchta qismdan farqli o‘laroq, final qismi ustida ishlash sekinlik bilan davom etdi. Va nihoyat 1941 yilnin 27 dekabrida simfoniya tugallandi. Albatta, Shostakovich uni o‘zining sevimli orkestri – Mravinskiy rahbarligigdagi Leningrad filarmonik orkestri tomonidan ijro etilishini xohlar edi. Ammo rasmiylar shosholinch premyera namoyish etilishini talab qiladi. Chunki ushbu “Leningrad simfoniyasi” o‘z nomi bilan Leningrad qamaliga bag‘ishlandi va uning ijrosi siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Premyera 5 mart kuni 1942 yilda kuybeshiv shaxrida Samuel Samosud rahbarligidagi Katta teatr orkestri ijrosida bo‘lib o‘tdi. Simfonik orkestr tarkibida 2ta fleyta, alt fleyta, fleyta pikkolo, 2ta goboy, ingliz surnayi2ta klarnet, klarnet-pikkolo, bas-klarnet, 2ta fagot, 4ta valtorna 3ta truba, 3ta trombone, tuba, 5ta litavra, uchburchak, buben, kichik baraban, tarelkalar, kata baraban, tam-tam, ksilofon, 2ta arfa, royal, torli cholg‘ular. Musiqiy tahlil: 1-qism Sonata-simfonik shaklda bo‘lib rivojlov o‘rniga epizod kiritilgan. Asosiy partiya yorqin do major tonalligida boshlanadi. Milliy ohanglar rus tabiatining go‘zalligini epik tarzda ifodalaydi. Ushbu mavzu boyitiladi va rivojlanadi. Yordamchi partiyada unchalik kontrast bo‘lmagan qo‘shiq janridagi mavzu yangraydi. Mayin va sokin harakterda ekspozisiya ham yakunlanadi. Pianissimoda barcha cholg‘ular sokinlikni ifoda etadi. Uzoqdan baraban sadolari eshitiladi va ular tobora kreshendo https://scientific-jl.com 1 5 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali belgisida kuchayib boradi. Shundan so‘ng musiqiy mavzu ham yangraydi. Bu biz yuqorida aytib o‘tgan rivojlov o‘rniga kiritilgan ekspozisiya mavzusi. Avvaliga
Доказательный фрагмент
«В данной статье Д. Симфония № 7 Шостаковича-яркий музыкальный образ, о котором мы можем проследить, это произведение сыграло важную роль в жизни композитора, наряду с которым описаны случаи, когда произведение можно с…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье Д. Симфония № 7 Шостаковича-яркий музыкальный образ, о котором мы можем проследить, это произведение сыграло важную роль в жизни композитора, наряду с которым описаны случаи, когда произведение можно с… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Symphony, composer, genre, episode, premiere, Theater, Orchestra, cholg‘u, teatr, partiya., epizod, premyera, ohang, kompozitor, janr, Kalit so‘zlar: Simfoniya, orkestr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026