К содержанию
РецензированоUZ2026

AGRESSIVLIKNI YUZAGA KELISHI VA UNI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI

PSIXOLOGIK MASALALARI · Rajabova Laziza Shomurotovna

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolamizda shaxsda agressiv xulqning shakllanishida oila muhitining o‘rni kattadir. Ota-onaning farzandi xatosiga nisbatan reaksiyasi, ota- onalar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri, oiladagi garmoniya yoki disgarmoniya darajasi, qondosh aka-uka va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri oilada va undan tashqarida bola agressiv xulq-atvorini belgilab beruvchi hamda uning balog‘at yillarida atrofdagilar bilan quradigan munosabatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi. Kalit so’zlar: Agressiya, psixoanalitik yondashuv, etologik yondashuv, sotsiologik yondashuv, Frustratsiya nazariyasi, ijtimoiy o‘rganish nazariyasi, KIRISH: Shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘luvchi xulq-atvor tiplaridan biri, bu-agressiyadir. Inson agressiyasini o‘rganish serqirra mavzu bo‘i.ib, u ushbu fenomenning asl mohiyatini ochib berishga urinayotgan olimlarning diqqatini o‘ziga tortib keladi. Oddiy kundalik hayotda agressiya-zo‘ravonlik yoki raqibni yengish uchun vosita sifatida qoilaniladi. Agressiya-kishilar o‘rtasidagi turli kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan har qanday xulq-atvor modellaridan biri boiib, u shunday atamaki, unga oid mulohazalar nafaqat psixologlarni, balki sotsiolog, huquqshunos, pedagog, faylasuf, qisqasi, ijtimoiy soha xodim- larining barchasini birdek qiziqtiradi. Agressiya tushunchasining o‘ziga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug‘diradi, chunki, bu termin ko‘plab xatti-harakat shakllarini o‘zida qamrab olgan. Odamlar biron-bir kimsani agressiv shaxs sifatida tavsiflagan- larida, uni boshqalarni haqorat qiluvchi, badfe’l, barcha narsani o‘zi istaganidek qilishni istaydigan, o‘z g‘oyalarini qat’iy himoya qiladigan, yechimi yo‘q muammolar girdobiga o‘zini giriftor qiladigan inson, deb ta’riflashlari mumkin. Agressiyaga aloqador eng birinchi va balki eng mashhur nazariy tushunchaga asosan bunday fe’i-atvor o‘z tabiatiga ko’ra ko‘p jihatdan instinktivdir. Bu yondashuv juda keng tarqalgan boiib, unga ko‘ra insonda genetik va konstitutsional jihatdan shunday harakatlar «programmalashtirilgan»ligi tufayli uning xulq-atvori- da agressiya sodir boiadi. https://scientific-jl.com 1 5 2 62-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Agressiv xulq-atvorni har tomonlama tushuntirib beruvchi nazariyalar mavjud bo‘lib, ularning har biri agressiya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni batafsil tushuntirib beradi. Ularni umumlashtirgan holda quyidagicha tasniflash mumkin: • Psixoanalitik yondashuv. • Etologik yondashuv. • Sotsiologik yondashuv. • Frustratsiya nazariyasi. • Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi. Agressiyaga aloqador eng birinchi va eng mashhur nazariy tushunchaga asosan bunday xulq-atvor o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p jihatdan instinktivdir. Bu yondashuv keng tarqalgan bo‘lib, unga ko‘ra inson genetik va konstitutsional ravishda shunday harakat- larni bajarishga «programnialashtirilgan»ligi tufayli agressiya sodir bo‘ladi. Agressiyani tushuntirishda psixoanalitik yondashuv tarafdorlarining fikriga ko‘ra agressiya — bu instinktiv fe'l-atvor turlaridan biridir. Bu nazariyaning yaratuvchisi bo‘lgan Z. Freyd o‘zining dastlabki ishlarida shuni ta’kidlaganki, insoniy fe’l-atvorlarning barchasi bevosita yoki bilvosita erosdan, ya’ni hayot instinktidan yaraladi. Erosning quvvati (libidosi) hayotni mustahkamlashga, saqlab qolishga va ko‘paytirishga yo‘naltiriladi. Ushbu ma’noda agressiya mana shu libidoz impulslarning buzi- lishi va blokirovka qilinishiga nisbatan reaksiya sifatida qabul qilinadi. Birinchi jahon urushi zo‘ravonliklari tajribasini boshdan kechirgan Freyd, agressiyaning kelib chiqishi va mohiyati haqida fikr yuritar ekan, u ikkinchi asosiy instinkt — tanatos — o‘limga ishtiyoqning mavjudligini taxmin qildi. Bu instinktning quvvati buzg‘unchilikka va hayotni to‘xtatishga yo'nallirilgandir. Shunday qilib, tanatos agressiyani tashqariga chiqarishga va boshqalarga yo‘naltirilishiga bevosita sabab bo‘ladi. Agressiyaning ijtimoiy o‘rganish nazariyasi. Boshqalaridan farqli odaroq bu nazariya zaruriy mustahkamlash bilan bogdiq ijtimoiylashuv jarayonida uqib olingan xulq- atvorni bildiradi. Ya’ni namunaga asoslangan inson xulq-atvori o‘rganiladi. Bu nazariya Bandura tomonidan taklif etilib, o‘qib olish, provokatsiya qilish (qayrash) va boshqarishni tushuntirib beradi. Uning fikricha, agressiv xulq-atvorni tahlil qilish uchun quyidagi vaziyatlarni e'tiborga olish talab qilinadi: 1. Bunday xatti-harakatni o‘qish usullari. 2. Ularni yuzaga chiqarish uchun provokatsiya qiluvchi (qay- rovchi) omillar. 3. Ularning mustahkamlanib qolish shart-sharoitlari. Shu sababdan bunda katta e’tibor o‘qitishga, ijtimoiylashuv- ning birlamchi vositalari boigan ota-onalarning bolalarni agres- siv xulq-atvorini o‘zgartirish uchun ta’siriga qaratiladi. Xususan, shu narsa isbotlanganki, ota-onaning xulq-atvori https://scientific-jl.com 1 5 3 62-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali agressiya modeli boiib x

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolamizda shaxsda agressiv xulqning shakllanishida oila muhitining o‘rni kattadir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolamizda shaxsda agressiv xulqning shakllanishida oila muhitining o‘rni kattadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Frustratsiya nazariyasi, psixoanalitik yondashuv, etologik yondashuv, sotsiologik yondashuv, ijtimoiy o‘rganish nazariyasi, Kalit so’zlar: Agressiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники