К содержанию
РецензированоUZ2026

KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ TUSHUNCHASI, PREDMETI VA MANBALARI

Raxmatullayev Jahongirmirzo · Asosiy Qonun, prinsip, davlat.

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Konstitutsiyaviy huquq tushunchasi, predmeti va manbalari haqida malumot beriladi. Kalit so'zlar: Konstitutsiyaviy huquq, O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Asosiy Qonun, prinsip, davlat. Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimidagi ko'plab huquq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Biroq ta'kidlash joizki, huquq fanida "konstitutsiyaviy huquq" atamasi turli ma'nolarda qo'llaniladi. Bir tomondan, bu huquqning aniq bir tarmog'i, bunda "konstitutsiyaviy huquq"ning ko'plab xil tarmoqlardan bir sifatida qatnashadi. Ikkinchi tomondan, mazkur atama "konstitutsiyaviy huquq"ning yuridik fan tarkibiy qismi sifatidagi mazmunini ochib beradi. Uchinchidan esa bu atama ostida ta'lim muassasalarida o'rganiladigan o'quv predmeti tushuniladi. Huquqning tarmog'i sifatida konstitutsiyaviy huquq jamoatchilik munosabatlarini tartibga soladi. Fan sifatida davlat qurilish, shaxs va fuqaroning huquqiy maqomi, davlatning faoliyati, tuzilishi va hokazolarni o'rganadi. O'quv predmeti sifatida esa ma'rifiylik vazifasini bajaradi va sohada to'plangan bilimlarni tarqatadi. O'zbekiston Konstitutsiyasi yaratilishida eng rivojlangan, taraqqiy topgan demokratik davlatlarning tarixiy tajribasi va jahon konstitutsiyaviy amaliyoti inobatga olingan. Konstitutsiyamiz, birinchi navbatda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining qator hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalariga va o'zbek xalqining boy tarixiy tajribasiga asoslangan. O‘zbekiston Konstitutsiyasining g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilgani uning hayotiyligining kafolatidir. Shu bilan birga, Asosiy Qonunimiz ko‘plab demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi ilg‘or tajribaning eng yaxshi jihatlarini, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining umume’tirof etilgan normalari hamda mazkur sohadagi boshqa xalqaro hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari, erkinligini ta’minlash va himoya qilish mexanizmini o‘zida mujassam etgan. Konstitutsiyaning qabul qilinishi ijtimoiy va davlat https://scientific-jl.com 1 8 3 62-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali qurilishining barcha jabhalaridagi munosabatlarni, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy tizimni tashkil etdi1 O'zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning ma'naviy, madaniy merosi, milliy tafakkur, muqaddas Islomiy qadriyatlar va ko'p asrlik o'zbek davlatchiligi tajribasi hamda huquqiy an'analariga asoslangan va bu ijobiy yutuqlarni o'zida aks ettiradi. Mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi buyuk davlatning ishonchli huquqiy kafolati hisoblanadi. Konstitutsiya o'zida inson huquqlari, demokratiya, erkinlik, barqarorlik va taraqqiyot tamoyillari majmuini ifodalaydi, jamiyat esa u orqali demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etishni eng oliy maqsad deb unga tomon intiladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining «Asosiy prinsiplar» deb nomlangan birinchi bo'limi jamiyat va davlat hayotining asosiy ijtimoiy munosabatlarini konstitutsiyaviy tartibga solishning bosh prinsiplari va g'oyalarini o'zida aks ettiradi. Birinchi bo'lim to'rt bobni o'z ichiga oladi: I bob «Davlat suvereniteti», II bob «Xalq hokimiyati», III bob «Konstitutsiya va qonunning ustunligi», IV bob «Tashqi siyosat» deb nomlangan. Asosiy prinsiplarning o'ziga xos jihati shundaki, ular Konstitutsiyaning boshqa qoidalarini, amaldagi qonunchilik tizimini va barcha normativ-huquqiy hujjatlar uchun birlamchi normativ asos vazifasini bajaradi. Bu Konstitutsiyaning qolgan boshqa bo'limlari hubu asosiy prinsiplar asosida rivojlanishini anglatadi. Ikkinchi bob O'zbekistonda xalq hokimiyatchiligi asoslarini mustahkamlaydi. Ushbu bobda xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekanligi (7-modda), O'zbekiston xalqining ta'rifi (8-modda), jamiyat hayotining muhim masalalarini hal etishda xalqning ishtiroki (9-modda), O'zbekiston xalqi nomidan ish olib boradigan davlat organlari va mansabdor shaxslar (10-modda), O'zbekistonda davlat hokimiyatini amalga oshirishda hokimiyatlar bo'linishi prinsipi (11-modda), ijtimoiy hayotning pluralistik asosda rivojlanishi va hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida urnatilishi mumkin emasligi (12-modda), demokratiyaning umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, inson huquq va erkinliklarining oliy qadriyatliligi (13- modda), Davlat faoliyatining ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplariga asoslanishi (14-modda) mustahkamlangan. Konstitusiyamizning 16-moddasiga nazar tashlaydigan bo’lsak “birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas”21deb belgilab qo’yilgan. Aynan shu norma 1 Kalmuratova Aselya - Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti “Geodeziya kartografiya kadastr” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi – BAXTIMIZQOMUSIKONSTITUTSIYAMIZ -http://nauchniyimpuls.ru/index.php/sf

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Konstitutsiyaviy huquq tushunchasi, predmeti va manbalari haqida malumot beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Konstitutsiyaviy huquq tushunchasi, predmeti va manbalari haqida malumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Konstitutsiyaviy huquq, O'zbekiston Respublikasi, Asosiy Qonun, O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, prinsip, davlat., Kalit so'zlar: Konstitutsiyaviy huquq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники