Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MULKKA TAJOVUZ JINOYATLARI: SUD AMALIYOTI VA HUQUQIY TAVSIF MASALALARI
TAVSIF MASALALARI · Sadullayeva Farida Farxod qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
В данной статье на основании Постановления Пленума Верховного Суда Республики Узбекистан О правовой характеристике преступлений против собственности — кражи, грабежа и разбоя- https://scientific-jl.com 5 9 62-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali проанализированы характерные признаки этих преступлений, их применение в судебной практике, время совершения преступления, степень тяжести, случаи незаконного проникновения и применения оружия. Уточняются правовые критерии, относящиеся к предмету, а также критерии дифференциации преступлений. Данная статья имеет практическое значение для судей, юристов и юридических учебных заведений. Ключевые слова: преступления против собственности, кража, грабеж, вторжение, Пленум Верховного суда, юридическая характеристика преступления, прецедентное право, изнасилование, состав преступления, завершение преступления, оружие, незаконный доступ. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasida belgilanishicha, mamlakat iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi. Mulk daxlsiz va davlat tomonidan himoyalangan bo‘lib, unga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz qonunga xilof hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining so‘nggi qarorida o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik jinoyatlariga huquqiy baho berish masalalari chuqur tahlil etilgan va sud amaliyotida qo‘llanilishi bo‘yicha aniqlik kiritilgan. O‘g‘rilik — bu boshqa shaxsning mol-mulkini yashirin tarzda talon-toroj qilish bo‘lib, Jinoyat kodeksining 169-moddasida nazarda tutilgan. Agar aybdor mol-mulkni yashirin tarzda olib ketgan bo‘lsa, bu jinoyat o‘g‘rilik deb baholanadi. Qizig‘i shundaki, jabrlanuvchi yoki boshqalar mulkning olib ketilayotganini ko‘rgan bo‘lsalar- da, aybdorning bunday harakati yashirin deb qabul qilingan bo‘lsa, u holda ham o‘g‘rilik deb tavsiflanadi. Alohida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan holat — shaxsning mulkni egallayotganini tushunishga qodir bo‘lmagan jabrlanuvchilarga nisbatan sodir etilgan talon-toroj holatlari (kichik yoshdagilar, aqliy zaiflar, mast holatdagilar va h.k.) ham yashirin harakat sifatida baholanadi. Sud amaliyotida eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘layotgan jihatlardan biri bu talonchilik va bosqinchilik o‘rtasidagi farqni aniq belgilashdir. Jinoyat kodeksining 166-moddasi talonchilik, 164-moddasi esa bosqinchilik uchun javobgarlikni nazarda tutadi. Talonchilik — bu ochiqdan-ochiq mulkni tortib olish bo‘lib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish yoki shunday zo‘rlik bilan qo‘rqitish yo‘li bilan sodir etiladi. Masalan, yengil tan jarohati yetkazish, jismoniy azob berish, erkinlikni vaqtincha cheklash kabi holatlar bular jumlasidandir. Bosqinchilik esa hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatilgan yoki shunday zo‘rlik bilan qo‘rqitilgan holda amalga oshirilgan hujumdir. Bu holatda https://scientific-jl.com 6 0 62-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali jabrlanuvchining hayotiga jiddiy xavf tug‘dirilgan bo‘lishi kerak: masalan, bo‘g‘ish, suvga botirish yoki boshga kuchli zarba berish kabilar. Tovlamachilik ham o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan uyg‘un holatlarda sodir etilishi mumkin. Ammo Oliy sudning izohiga ko‘ra, tovlamachilikda mulkni olish niyati zo‘rlik ishlatish vaqtida emas, balki kelajakda bo‘lishi nazarda tutiladi. Bunda qo‘rqitish amalga oshirilgan taqdirda, Jinoyat kodeksining tegishli boshqa moddasi ham qo‘llaniladi. Har bir mulkka tajovuz jinoyati o‘zining tugallanish bosqichiga ega. O‘g‘rilik va talonchilik jinoyati aybdor mulkni o‘z ixtiyoriga o‘tkazgan va undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan paytdan tugallangan hisoblanadi. Bosqinchilik esa bevosita zo‘rlik ishlatilgan hujum bilan boshlanadi va shu vaqtdan boshlab jinoyat sodir etilgan deb topiladi. Qurol ishlatilishi jinoyatning og‘irligini oshiradi. Jinoyat kodeksining 164- moddasi 2-qismida bosqinchilik qurol bilan sodir etilgan bo‘lsa, og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanadi. Biroq Oliy sudning izohiga ko‘ra, pnevmatik qurollar, start pistaletlari, signal raketnitsalar kabi vositalar qurol sifatida baholanmaydi. Shu sababli ularning ishlatilishi faqat aybdorning real niyatiga va jabrlanuvchiga yetgan zararga qarab huquqiy tavsiflanadi. Plenum qarorida davomli jinoyatlar masalasi ham alohida ko‘rib chiqilgan. Bir nechta epizodlarda sodir etilgan o‘g‘rilik yoki talonchilik umumiy summa asosida baholanishi mumkin. Biroq, agar har bir epizod o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lsa (masalan, birida o‘g‘rilik, boshqasida bosqinchilik bo‘lsa), u holda har bir jinoyat alohida tavsiflanishi shart. Uy-joy, omborxona yoki boshqa binolarga o‘g‘rilik, talonchilik yoki bosqinchilik qilish maqsadida noqonuniy kirish sodir etilgan bo‘lsa, bu holat jinoyat tarkibiga ta’sir etadi. Noqonuniy kirish yashirin tarzda, aldov orqali, qalbaki hujjatlar yordamida yoki maxsus niqob ostida amalga oshirilishi mumkin. Muhimi, bu
Доказательный фрагмент
«В данной статье на основании Постановления Пленума Верховного Суда Республики Узбекистан О правовой характеристике преступлений против собственности — кражи, грабежа и разбоя- https://scientific-jl.com 5 9 62-son_3-to…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье на основании Постановления Пленума Верховного Суда Республики Узбекистан О правовой характеристике преступлений против собственности — кражи, грабежа и разбоя- https://scientific-jl.com 5 9 62-son_3-to… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- crimes against Property, Theft, Robbery, invasion, High Court, jinoyatni huquqiy tavsiflash, jinoyat tarkibi, qurol, o‘g‘rilik, jinoyatning tugallanishi, sud amaliyoti, Oliy sud Plenumi, bosqinchilik, talonchilik, zo‘rlik, noqonuniy kirish., Kalit so‘zlar: Mulkka qarshi jinoyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026