К содержанию
РецензированоUZ2026

INSON O‘Z JONIGA NEGA QASD QILADI YOKI SUITSID NIMA?

Fozilova Fazilat Otaboyevna · Abdullayeva Zebo Maqsudovna

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maktabda psixologning olib borayotgan ishi, boshqa fanlar bilan bog ‘liqligi va ta’lim taraqqiyoti uchun islohotlarning o‘rni. Ta’lim-tarbiya berishda shaxs shakllanishida yoshlarimizning qalbida ona yurtga sadoqat va fidoiylik tuyg ‘ularini shakllantirish xususida mulohazalar yuritamiz. Kalit so‘zlar: o ‘quvchilar orasida suitsit, maktab o‘quv dasturi, amaliy bilimlar, har bir hodisani ko‘rib chiqish, sodir bo‘ladigan hodisa. Aholi orasida suitsidning ko‘payib borayotganligi har birimizni xavotirga soladi. Ushbu dolzarb ijtimoiy-psixologik muammoni faqat suitsidologlarga yuklab qo‘yish bilan uning yechimini topish ancha mushkul. Hammamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak. Sotsiologlar, umumiy psixologlar, tibbiy psixologlar va psixoterapevtlar bir yoqadan bosh chiqarib suitsidga olib keluvchi sabablarni bartaraf etishlari lozim. Biroq suitsid ildizlari qayoqqa borib taqalishini bir tahlilqilib chiqish lozim. O‘z joniga qasd qilish “sog‘lom” odamlarda ham, ruhiy bemorlarda ham ro‘y berib turadi. Biroq “sog‘lom” odamlarda kuzatiladigan suitsidga ham nimadir sababchi bo‘ladi, masalan, qattiq ruhiy zarba. Ko‘p hollarda o‘z joniga qasd qiluvchi shaxs uzoq vaqt, ba’zan yillab bu ishni amalga oshirish uchun reja tuzib yuradi. U o‘z joniga qasd qilish uchun bir necha bor uyidan chiqib, turli joylarga boradi yoki oila a’zolari ishga ketgach, uyda yolg‘iz qolib, o‘sha yomon niyatni amalga oshirmoqchi bo‘ladi. Bunday paytlarda hattoki uyda telefon jiringlab qolishi, eshik taqillashi yoki qo‘shnining devor orqalab: “He qo‘shni, kim bor uyda, sigirim bo‘shalib ketib ekinlarni payhon qilayapti! Iltimos, arqon bo‘lsa olib keling! Uni bog‘lashib yuboring!” deb baqirishi hozirgina o‘z joniga qasd qilish uchun arqonni o‘z bo‘yniga osishga tayyorgarlik ko‘rayotgan odam arqonni olib, qo‘shnining sigirini bog‘lash uchun devordan oshib o‘tishi mumkin. Biroq bu vaqtincha bo‘lib, u yana suiqasd rejasini tuzib yuraveradi. Bu fikr uning miyasiga shu qadar joylashib oladiki, u oxir-oqibat o‘z joniga qasd qiladi. Odatda, irodasiz, kuchsiz va ta’sirchan odam o‘z joniga qasd qiladi. “Hayotdan https://scientific-jl.com 7 8 62-son_3-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yutqazgan odam o‘z joniga qasd qiladi” deyishadi. Bu noto‘g‘ri fikr! Chunki hayot bu lotereya emas, u yutish uchun chiqarilmagan. Hayot Olloh tomondan berilgan ne’mat! Umuman olganda, o‘z joniga qasd qilishni din ham qoralaydi. Ularga janoza o‘qilmaydi! Ular do‘zaxga tushishadi. Axir baxtsiz voqealar faqat u bilan ro‘y bermayotgandir! Undan boshqa hamma baxtiyor-u, faqat uning ishi yurishmayaptimi? Hech qachon bunday bo‘lmaydi! Hayot uchun kurashish kerak! Hech bo‘lmaganda voqea va hodisalar qanday ro‘y berayotgan bo‘lsa, uni shundayligicha qabul qilish yoki biroz kutish va kuzatish kerak. Vaqti kelib hammasi joy-joyiga tushib ketadi. Chunki hamma vaqt ham qor yog‘ib turmaydi yoki har doim quyosh charaqlab turmaydi. Bu dunyoda hamma narsa vaqtincha va o‘zgaruvchandir. Biroq boshqa birov 2 qavatli dang‘illama imoratda yashab, eng qimmat mashinalar minib, hayotdan qoniqmay yashashi mumkin. Sizni farzandingizning maktabdan 5 baho olib quvonib kelgani xursand qilsa, boshqa birov dunyoni kemirsa ham qoniqmaydi. Demak, hamma narsa shaxsning o‘ziga va uni o‘rab turgan muhitga bog‘liq. Qanday yashash Sizning o‘zingizga bog‘liq! Birov bilan ishingiz bo‘lmasin, ularning xatosini qaytarmaslikka harakat qiling. XX asr boshida buyuk psixoanalitik Zigmund Freyd “Hayot qoniqishdan iborat” degan edi. Hurmatli o‘quvchilarlar! Sizning muvaffaqiyatlaridan quvonib yashaylik! Ulardan xafa bo‘lmang. Siz farzandlaringizni qanday yaxshi ko‘rsangiz, bilingki, ular ham Sizni shunday hurmat qilishadi, e’zozlashadi, ularning Sizlarga bo‘lgan hurmati qalbining to‘rida joylashgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. ”Amaliy psixologiya “ N.Boymurodov. 2. ”Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi “ Z.Nishanova G. Alimova 3. ”Muloqot psixologiyasi “M.Maxsudova. https://scientific-jl.com 7 9 62-son_3-to’plam_May-2025

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabda psixologning olib borayotgan ishi, boshqa fanlar bilan bog ‘liqligi va ta’lim taraqqiyoti uchun islohotlarning o‘rni.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabda psixologning olib borayotgan ishi, boshqa fanlar bilan bog ‘liqligi va ta’lim taraqqiyoti uchun islohotlarning o‘rni. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sodir bo‘ladigan hodisa., Kalit so‘zlar: o ‘quvchilar orasida suitsit, maktab o‘quv dasturi, amaliy bilimlar, har bir hodisani ko‘rib chiqish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники