К содержанию
РецензированоUZ2026

BITIRUVCHI O‘QUVCHILARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK MASALALARI

TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK MASALALARI · Tojiyeva Gulzoda Raximboyevna · Matchanova Xosiyat Matnazarovna

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushu maqolada yuqori sinf o’quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik masalalari haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlar: oila, qadriyat, oilaga tayyorlash, jammiyat, farzand, namuna, millat, qatlam ,oila psixologiyasi. Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 62 foizini bolalar o‘smirlar, xullas 30 yoshgacha bo‘lgan yigit qizlar, ularning ma’lum qismini esa yosh oilalar tashkil etadi. Yosh oilalar jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy yangilanishi va yuksalishini muhim sub’ektlaridan bo‘lib, ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan murakkab jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazishda va taraqqiyotni harakatda keltirishida muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun hozirgi vaqtda yosh oilalarning ma’naviyaxloqiy va ruhiy olamini shakllantirish va rivojlantirishni chuqur va atroflicha tahlil etish ilmiy -amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan mustahkam oilalarni shakllantirish, onalik va bolalikni ijtimoiy jihatdan muxofaza qilish, oilalarda jismonan sog‘lom, ruhan baquvvat bo‘lgan farzandlarning dunyoga kelishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, samarali ravishda oila tarbiyasini tashkil etish jarayonida oilalar bilan jamoatchilik o‘rtasida mustahkam hamkorlikni yuzaga keltirish masalalarini davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. 1993yilning fevral oyida “Sog‘lom avlod” ordenining ta’sis etilishi hamda “Sog‘lom avlod” Davlat dasturi” ning qabul qilinganligi fikrimizning yorqin dalilidir. Yuqori sinf o‘quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining ijtimoiy- psixologik xususiyatlarida quyidagi omillarga e’tibor qaratishimiz lozim. Yoshlarni psixolgik jihatdan oilaviy hayotga tayyorlash va faoliyatning samarali tashkil etilishi bir qancha ijtimoiy muammolarning ijobiy hal etilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: Jamiyatning ijtimoiy ma’naviy jihatdan rivojlanishini ta’minlaydi;jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining yuqori bosqichga ko‘tarilishida muhim ahamiyat kasb etadi; mustahkam oilalarni shakllantirish, ularda sog‘lom psixologik muhitni qaror toptirish, https://scientific-jl.com 1 1 1 62-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali oila tarbiyasini samarali tashkil etish, farzandlar tarbiyasida muayyan muvaffaqqiyatlarga erishish, oilaviy mojaro, ajrimlarning oldini olish uchun zamin hozirlaydi. Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan jiddiy ahamiyat berilgan. Jumladan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Rizouddin Ibn Faxriddin kabi allomalar bu masala yuzasidan o‘zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgacha o‘z ahamiyatini yuqotmagan.Ular «Nasixatnoma», «Pandnoma», «Hikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu manbaalarda qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan bo‘lishi, oila muqaddas, uni avaylab asrash aynan uy bekalariga bog‘liq ekanligi haqida turli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan xodisalar hikoya qilinadi. A.Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir”, degan fikri o‘zbekning kun tartibidan tushmasligi lozim. Chunki avvalgiga o‘xshab qariyalar keksalar yoshlarni odob axloqqa chaqirib yoshlar esa ularni hurmatlab, ularning o‘gitiga amal qilish udumi yo‘qolib bormoqda. Har kim o‘zi bilan ovora birovning gapi birovga yoqmaydi. S.V.Kovolyov o‘smir va qizlarda oila va nikoh tushunchalari haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lishlari juda muhimdir, deydi. Nikoh va sevgi tushunchalari 13-15 yoshli bolalarda qarama-qarshi tushunchalar ekanligi bilan ko‘zatiladi, ya’ni ular sevgi va nikoh bir-biriga teskari tushunchalar ekan deb tushunadilar. Talabalardaumr yo‘ldosh tanlashda sevgi tushunchasi faqat 4 o‘rinda, ya’ni xurmat qilish, ishonch, bir-birini tushunish kabi xislatlardan keyin turadi. Yoshlar oilani jiddiy qabul qilmaydilar. Natijada juda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yib, keyinchalik oilaning muhimligini psixologik tan oladilar. Bizning asosiy vazifamiz shuki, o‘smirlarda oilaning qadrini, sevgi, nikoh oiladagi sevgini ro‘li muhimligini va u uzoq va baxtli hayot garovi ekanligini o‘qtirishdir O‘zbekistonning mintaqada va xalqaro maydonda tinchlik hamda barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini izchillik bilan ilgari surish, mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi iminjini, obro‘-e’tiborini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish va uni amalda bajarish kun talabidir. O‘zbekiston tashqi siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etadigan yana bir yo‘nalish sifatida jahon siyosiy va iqtisodiy tizimida yetakchi o‘rin tutgan modernizatsiya jarayonlari uchun kerakli ilg‘or texnologiyalar manbai sinalgan, sanoati rivojlangan G‘arb davlatlari bilan ko‘p qirrali hamkorlik, rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratilgan. Tashqi siyosatimizning yana bir asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga global siyosiy va iqtisodiyotda tobora asosiy o‘rinlardan birini egallab borayotgan Osiyo

Доказательный фрагмент

«Ushu maqolada yuqori sinf o’quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik masalalari haqida ma’lumotlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushu maqolada yuqori sinf o’quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik masalalari haqida ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: oila, namuna, oilaga tayyorlash, qatlam, farzand, millat, oila psixologiyasi., jammiyat, qadriyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники