К содержанию
РецензированоRU2026

TILDA TERMINLARNING VOQELANISHI VA TARAQQIYOTI

Qurbonova Go‘zal Xo‘jamurodovna

Исследователь · 2026

Аннотация

В статье анализируются способы образования терминов и их семантическое развитие. На примерах иллюстрируется роль морфологических, синтаксических и семантических факторов в образовании терминов, исследуются сфера их применения и изменения в значении. Результаты, полученные на основе методов лингвистического анализа, позволяют глубже понять процессы образования и развития терминов в терминологии и различных научных областях. Ключевые слова: термин, терминология, морфологический метод, синтаксическое образование, семантическое метод, аффикс. Annotation. This article analyzes the ways in which terms are formed and their semantic development. The role of morphological, syntactic and semantic factors in term formation is illustrated with examples, and their scope of application and changes in meaning are studied. The results obtained on the basis of linguistic analysis methods serve to provide a deeper understanding of the processes of formation and development of terms in terminology and various scientific fields. Keywords: term, terminology, morphological method, syntactic method, semantic development, affix. KIRISH. Bugungi rivojlanayotgan davrda ilm-fan va texnologiyaning jadallik bilan o‘sishi natijasida barcha sohalarda yangi-yangi terminlar paydo bo‘lmoqda. Shiddat bilan tilimizga turli tillardan, jumladan, ingliz tilidan yangi so‘zlar va terminlar – umuman olganda, neologizmlar kirib kelmoqda. Ushbu yangi terminlarning kelib chiqishini o‘rganish, ularning lingvistik xususiyatlarini aniqlash va tasniflash tilshunoslik fanining muhim vazifalaridan biridir. Turli sohalardagi terminlar o‘z- o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi, balki o‘sha fan doirasidagi talab va ehtiyoj yuzasidan https://scientific-jl.com 1 2 7 62-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yaratiladi. Terminlar, asosan, biror fan yoki kasb-hunar sohasini chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi hamda o‘sha soha taraqqiyotiga xizmat qiladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. O‘zbek tilining izohli lug‘atida terminga quyidagicha ta’rif beriladi: Termin - (lotincha terminus – chek, chegara) fan,texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikmasi. Masalan: botanika terminlari, zargarlik terminlari. [6,74] Termin – kishi faoliyatining maʼlum bir sohasida qoʼllaniladigan maxsus soʼz va iboralardir.[7,57] Termin predmet, voqea-hodisalar haqidagi tushunchaning aniq va turgʼun ifodasidir. Terminga fan va texnikaga oid tushunchalarni ifodalovchi soʼzlar va iboralargina emas, shu bilan birgalikda, maʼlum kasb-hunarga oid soʼz va iboralar ham kiradi. Masalan, qurilish sohasida: monolit, beton, fundament, armatura; qishloq xo‘jaligida: gektar, seleksiya, agrosanoat, melioratsiya. Demak, terminlar tildagi oddiy so‘zlardan yoki leksik birliklardan farq qiladi, ularda ma’no aniq va chegaralangan bo‘lishi lozim. Terminlarni umumiy lug‘at tarkibiga kiruvchi so‘z va iboralardan farqlash uchun ularning muhim xususiyatlarini bilish lozim. Umuman olganda, termin tushunchasi ikki asosiy belgiga ega. 1- rasmda terminning asosiy xususiyatlari keltirilgan: Termin Aniqlik va bir Muayyan sohaga ma’nolik tegishlilik 1-rasm. Terminning asosiy belgilari. 1. Terminlarning aniq va bir ma’noliligi. Terminlar kundalik hayotimizda foydalaniladigan so‘zlardan farqli xususiyatga ega bo‘ladi. Masalan, uchburchak termini har doim uch tomoni va uch burchagi bo‘lgan geometrik shaklni bildiradi. Ushbu terminni ko‘p ma’noli qilib ishlatish imkonsiz. 2. Terminlarning muayyan sohaga tegishliligi. https://scientific-jl.com 1 2 8 62-son_2-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Terminlar faqat o‘zi tegishli bo‘lgan sohadagina terminlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Misollarga yuzlanadigan bo‘lsak, volt – fizikada elektr kuchlanish o‘lchov birligini ifodalaydi. Bu termin adabiyot yoki san’at sohasida ishlatilmaydi. Fotosintez - o‘simliklarning quyosh nuri yordamida ozuqa moddalarini sintez qilish jarayoni. Faqat biologiyada ishlatiladi. NATIJALAR VA MUHOKAMA. Rus olimi V.P.Danilenko fikricha, tilda terminlarning hosil bo‘lish jarayoni uch xil usul orqali amalga oshiriladi: semantik, sintaktik va morfologik. [4,50] Xususan, eng faol tarzda qo‘llanuvchi yo‘l bu so‘z yasashdir. So‘z yasash usulining ham ikki xil shakli mavjud: 1) morfologik – so‘z yasovchi affikslar yordamida; 2) sintaktik – ikki asosning birikishi orqali termin hosil qilishdir. -ma affiksi ko‘plab fan sohalaridagi terminlarni yasashda keng tarzda qo‘llaniladi. Xususan, -ma yordamida yasalgan quyidagi tibbiy terminlarni uchratish mumkin: toshma, bo‘g‘ma, terlama, qichima, o‘sma. Ushbu kasallik nomlarini ifodalovchi terminlar fe’l asosli so‘zlarga qo‘shilib hosil bo‘lgan. toshma bo‘g‘ma -ma terlama o‘sma 3-rasm. -ma affiksi orqali hosil bo‘lgan terminlar. Sintaktik usul orqali termin yasashda ikki yoki undan ortiq asosning birikishidan yangi termin hosil bo‘ladi. Bunday xu

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются способы образования терминов и их семантическое развитие.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются способы образования терминов и их семантическое развитие. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
term, terminology, morphological method, syntactic method, Kalit so‘zlar: termin, terminologiya, affiks., sintaktik usul, morfologik usul, semantik taraqqiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники