К содержанию
РецензированоUZ2026

TELEMATIKA VOSITALARI YORDAMIDA AXBOROTNI IZLASH VA TAHLIL QILISH KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI

Botiraliyev Dildorbek Muzaffar õğli

Исследователь · 59 · 1065-1078 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada axborotni izlash va tahlil qilish kompetentligini shakllantirishda telematika vositalarining didaktik imkoniyatlari yoritilgan. WebQuest texnologiyasi, sun’iy intellektga asoslangan qidiruv tizimlari, raqamli kutubxonalar va kollaborativ muharrirlar yordamida talabalarda tanqidiy va analitik fikrlash, manba baholash, axborotni qayta ishlash va mantiqiy xulosa chiqarish kompetensiyalari shakllantiriladi. Tadqiqotda bosqichma-bosqich o‘quv texnologiyasi asosida taqdim etilgan model samaradorligi empirik dalillar bilan asoslangan. Mazkur texnologik yondashuv axborot savodxonligini chuqurlashtirish, mustaqil izlanish ko‘nikmalarini shakllantirish va zamonaviy ta’limga integratsiyalashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: axborot savodxonligi; telematika vositalari; WebQuest; sun’iy intellektli qidiruv; raqamli kutubxonalar; kollaborativ tahlil; axborot tahlili. Zamonaviy jamiyatning global axborotlashuvi, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va katta ma’lumotlar (big data) muhitida faoliyat yuritish, o‘qitish va o‘rganish jarayonlarini tubdan o‘zgartirmoqda. Ayniqsa, axborot oqimining cheksizligi, uning ishonchlilik darajasining turlicha bo‘lishi va tez yangilanib turishi ta’lim oluvchilardan yuqori darajadagi tanqidiy va analitik fikrlash kompetensiyalarini talab etmoqda. Tanqidiy fikrlash talabaning axborotni tahlil qilish, mantiqiy xulosa chiqarish, qaror qabul qilish va axborotga nisbatan ongli yondashuvini shakllantirishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Analitik fikrlash esa mavjud ma’lumotlarni tuzilmaviy o‘rganish, muammoli vaziyatlarda echim taklif qilish hamda ilmiy asoslangan fikrlar bildirish imkonini beradi. Ta’lim tizimida axborotni izlash va tahlil qilish kompetentligini shakllantirish nafaqat bilim berish jarayonining samaradorligini oshiradi, balki mustaqil o‘rganish, o‘zini rivojlantirish, intellektual izlanishlarga kirishish kabi faoliyatlarda ham asosiy omilga aylanadi. Ushbu kompetensiyalar, ayniqsa, texnik va injiniring yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun zarur bo‘lib, ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlovchi mezonlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun axborot bilan ishlash ko‘nikmalarining shakllanishi – zamonaviy oliy ta’limning ustuvor yo‘nalishidir. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, xususan axborot savodxonligi, raqamli madaniyat va tanqidiy tahlil asosida qaror qabul qilish https://scientific-jl.com 3 1 6 62-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ko‘nikmalarini shakllantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Ushbu strategik hujjat talabalarning axborot bilan ishlash madaniyatini, ishonchli manbani aniqlay olish, ma’lumotlarni kontekst asosida tahlil qilish va ongli foydalanish madaniyatini shakllantirishni ta’lim tizimi oldiga muhim vazifa qilib qo‘ygan. Ammo mavjud o‘quv jarayonlarida bu kompetensiyalarni shakllantirishga oid metodik yondashuvlar va texnologiyalar yetarlicha tizimlashtirilmagan. Shu munosabat bilan ushbu tadqiqotning maqsadi – telematika vositalari asosida axborotni izlash va tahlil qilish kompetentligini shakllantirishga qaratilgan samarali yondashuvlarni aniqlash, ularni ilmiy-metodik asosda takomillashtirish hamda o‘quv jarayoniga integratsiyalash imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat. Bu yondashuv nafaqat ta’limda axborot bilan ishlash samaradorligini oshirishga, balki talabaning mustaqil fikrlovchi, tanqidiy yondashuvga ega, axborotni ongli boshqaradigan shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Zamonaviy ta’limda kompetentlik yondashuvi shaxsning bilim, ko‘nikma va munosabatlar asosidagi faoliyatga tayyorligini ifodalaydi. Kompetentlik – bu faqat bilimlar yig‘indisi emas, balki real hayotiy vaziyatlarda ularni amaliyotda qo‘llay olish layoqati hisoblanadi. Ta’limda shakllantirilishi zarur bo‘lgan muhim kompetensiyalardan biri – axborot bilan ishlash kompetentligidir. U axborotni izlash, baholash, saralash, tahlil qilish va uni tegishli kontekstda taqdim etish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Ushbu kompetensiyaning shakllanishi talabaning tanqidiy fikrlashi, intellektual faolligi va ijtimoiy faol ishtirokiga bevosita ta’sir qiladi.1 Axborotni izlash kompetentligining samarali shakllanishi uchun qidiruv faoliyatining bir necha muhim komponentlari aniqlangan. Eng avvalo, bu – qidiruv strategiyasini tanlash bo‘lib, bunda foydalanuvchi mavzuga mos kalit so‘zlardan foydalangan holda aniq, samarali va maqsadga yo‘naltirilgan qidiruv algoritmlarini qo‘llashi lozim. Ikkinchi muhim komponent – manbalarni baholash bo‘lib, bunda topilgan axborotlarning ishonchliligi, ilmiy asoslanganligi, yangiligi va dolzarbligini tahlil qilish zarur bo‘ladi. Uchinchi komponent – semantik filtrlash bo‘lib, bu foydasiz yoki kontekstdan chetga chiqqan ma’lumotlarni ajratib tashlash, faqat mazmunan mos axborotni tanlashni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichlar o‘zaro integratsiyalashgan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada axborotni izlash va tahlil qilish kompetentligini shakllantirishda telematika vositalarining didaktik imkoniyatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada axborotni izlash va tahlil qilish kompetentligini shakllantirishda telematika vositalarining didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sun’iy intellektli qidiruv, axborot tahlili., kollaborativ tahlil, raqamli kutubxonalar, WebQuest, Kalit so‘zlar: axborot savodxonligi, telematika vositalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники