К содержанию
РецензированоRU2026

RAQAMLI JAMIYATDA SHAXSIY HAYOT VA IJTIMOIY NAZORAT VA ULARNI SOTSIOLOGIK TAHLILI.

ULARNI SOTSIOLOGIK TAHLILI. · O’roqboyeva Dilnoza Najmiddin qizi · TDTrU Sotsiologiya yo’nalishi · Madiyorova Adolat Shavkat qizi · TDTrU Sotsiologiya yo’nalishi · Matkarimova Jamila Durdiyevna

Исследователь · 54 · 241-251 · 2026

Аннотация

В данной статье рассматриваются социологические аспекты усиления социального контроля и проблем конфиденциальности личной жизни в условиях стремительного развития цифровых технологий. На основе теорий современных социологов, таких как М. Фуко и Э. Гидденс, анализируются новые формы цифрового контроля и их воздействие на общественное сознание. Kalit so‘zlar: Raqamli jamiyat, Shaxsiy hayot, Ijtimoiy nazorat, Sotsiologik tahlil, Raqamli nazorat, Sun’iy intellekt, Ma’lumotlar xavfsizligi, Raqamli etika, Fuko nazariyasi, Giddens sotsiologiyasi. Ключевые слова: Цифровое общество,Частная жизнь, Социальный контроль, Социологический анализ, Цифровой надзор, Искусственный интеллект, Безопасность,данных, Цифроваяэтика, Теория, Фуко, Социология Гидденса. XXI asrning asosiy belgilaridan biri bu — raqamli jamiyatning shakllanishidir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) keskin rivojlanishi bilan insoniyat hayoti butunlay yangi bosqichga o‘tdi. Bugungi kunda deyarli har bir soha, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, siyosat, iqtisodiyot va ayniqsa shaxsiy hayot raqamli muhit bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib bormoqda. Ammo bu qulayliklar bilan bir qatorda, shaxsiy hayotning daxlsizligi va ijtimoiy nazoratning ortishi kabi https://scientific-jl.com 1 2 6 62-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali dolzarb muammolar paydo bo‘ldi. Shu bois, ushbu jarayonlarni sotsiologik nuqtai nazardan tahlil qilish bugungi kunda nihoyatda muhim masalalardan biridir. Raqamli jamiyat va uning xususiyatlari. Raqamli jamiyat — bu axborot texnologiyalari vositasida inson faoliyati boshqariladigan va o‘zaro muloqotlar raqamli vositalar orqali amalga oshiriladigan jamiyatdir. Internet va mobil texnologiyalar hayotning barcha sohalariga kirib kelgan. Shaxsiy va jamoaviy faoliyatlar raqamli iz qoldirib kelmoqda. Davlat va biznes subyektlarida esa shaxslar ustidan doimiy ma’lumot yig‘adi. Ushbu xususiyatlar nazorat qilish imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek, inson erkinligi va shaxsiy hayotiga ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsiy hayotning yangi ko‘lami. An’anaviy shaxsiy hayot bu — insonning oilasi, yashash joyi, shaxsiy yozishmalarigina emas, balki o‘ziga tegishli makon edi. Biroq raqamli jamiyatda bu tushuncha tobora kengaydi. Shaxsiy hayot endi virtual maydonni ham o‘z ichiga olib kengaytiradi. Raqamli jamiyat esa bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) barcha sohalarda chuqur singib ketgan jamiyat shakli hisoblanadi. Bunda insonlarning kundalik turmush tarzi, mehnati, ta’limi, muloqoti va boshqaruvi raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshadi. Raqamli texnologiyalar — internet, sun’iy intellekt, kameralar, smartfonlar, ijtimoiy tarmoqlar — jamiyat hayotining barcha sohalariga chuqur kirib kelayotganini guvohi bo’lmoqdamiz. Bu esa har bir tomondan shaxsiy hayotga tahdid, ikkinchi tomondan ijtimoiy nazoratning kuchayishi bilan kechmoqda. Bunday sharoitda odamlar o‘zlarini doimiy kuzatuv ostida his qilishadi, va bu esa jamiyatdagi ishonch, erkinlik va ijtimoiy harakatlarga bevosita ta’sir qiladi. Shu munosabat bilan zamonaviy ushbu ilmiy diskursda virtual shaxsni shakllantirish jarayonlariga turlicha qarashlar mavjud bo’lib. Bir tomondan, bir qator tadqiqotchilarning turli fikrlari tahlil qilinadi. (K.O. Chernyayeva, Ye.P. Belinskaya, U.A. Tomas) fikriga ko‘ra, virtual shaxs - bu aniq me’yoriy toifalarni (jins, ijtimoiy mavqe, maqom, din, etnik mansublik va boshqalar) o‘zgartirishga urinishlarda me’yorlarni namoyishkorona inkor etish orqali namoyon bo‘ladigan kompensator o‘ziga xoslik variantlarining (jumladan, tajovuzkorlik, frustratsiya, manipulyatsiya va boshqalar orqali) namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Boshqa tomondan, virtual shaxs o‘z- o‘zini faollashtirishning turli strategiyalari orqali haqiqiy o‘ziga xoslikni aks ettirishdir. Ushbu fikrga ko’ra O.N. Astafeva, I.V. Kosterina, M.D. Bek, R.I. Vilsonlar qo‘shiladilar. Darhaqiqat, zamonaviy "shaffof" raqamli dunyoda esa o‘ziga xoslik bilan o‘yinlar tobora kamroq imkonli bo‘lib bormoqda, chunki identifikatsiya jarayonining o‘zi to‘liq anonimlashuvga uchraydi va bu jarayon esa "raqamli izlar" raqamli dunyoning har bir ishtirokchisining haqiqiy raqamli profilini shakllantiradi, haqiqiy va virtual shaxsni yagona raqamli o‘ziga xoslikda birlashtiradi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda aynan shaxsning asl xususiyatlarini aks ettirish strategiyalari ustunlik qilib kelmoqda, soxta virtual profillarni yaratish esa o‘tmishda qolib, turli xil https://scientific-jl.com 1 2 7 62-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali og‘ishlarni namoyon etishning bema’ni strategiyasiga aylandi, chunki shaxsiyat va anonimlik bilan o‘yinlar o‘z dolzarbligini yo‘qotib qo’yadi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa e’tirofga sazovor bo‘lish makoniga, yolg‘izlikdan chiqish joyiga, boshqalarning taassurotlarini boshqarish orqali shaxsning o‘zini o‘zi faollashtirish, ro‘yobga chiqarish va tasdiqlash joyiga aylandi desak

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются социологические аспекты усиления социального контроля и проблем конфиденциальности личной жизни в условиях стремительного развития цифровых технологий.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются социологические аспекты усиления социального контроля и проблем конфиденциальности личной жизни в условиях стремительного развития цифровых технологий. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Цифровое общество, Частная жизнь, Социальный, Giddens sotsiologiyasi., Shaxsiy hayot, Raqamli etika, Kalit so‘zlar: Raqamli jamiyat, Ijtimoiy nazorat, Fuko nazariyasi, Ma’lumotlar xavfsizligi, Sotsiologik tahlil, Raqamli nazorat, Sun’iy intellekt
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники