Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY JAMIYATDA YOSHLARNING DEVIANT HARAKATLARI: ILDIZLARI VA PROFILAKTIKA CHORALARI
Nazarova Nilufar Jo‘rayevna · Ahmadjonova Shahnozabonu Muhammadali qizi · O’roqboyeva Dilnoza Najmiddin qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
Maqolada yoshlar orasida uchrayotgan deviant xatti-harakatlar, ya’ni jamiyatda qabul qilingan normalarga zid bo‘lgan ijtimoiy xatti-harakatlar tahlil qilinadi. Deviantlik tushunchasining sotsiologik talqini, xususan Emil Dyurkgeymning anomiya nazariyasi, Robert K. Mertonning sotsiostruktural yondashuvi va H. Bekerning stigmalash nazariyasi asosida izohlanadi. Shuningdek, yoshlar orasidagi deviantlikning asosiy shakllari bolgan jinoyatchilik, giyohvandlik, maktabni tark etish, tajovuzkorlik va virtual muhitdagi zararli xatti-harakatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, deviant xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar, ta’lim tizimi va oilaning roli yoritiladi. Kalit so‘zlar: Yosh avlod, deviant xatti-harakat, globallashuv, jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tajovuzkorlik, ruhiy buzilish, suidsidga moyillik, strukturaviy funksionalizm, ommaviy madaniyat. Har qanday jamiyatning barqarorligi va taraqqiyoti, avvalo, yosh avlodning ijtimoiy ongiga, axloqiy mezonlarga va xulq-atvoriga bog‘liq. Ammo bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davrda yoshlar orasida deviant, ya’ni jamiyat tomonidan qabul qilingan normalarga zid bo‘lgan xatti-harakatlarning ko‘payishi dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Deviant xatti-harakatlar – bu ijtimoiy normalar va qoidalarni buzuvchi, ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib keluvchi harakatlardir. Bunday holatlar jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tajovuzkorlik kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada yoshlar orasida deviant xatti-harakatlarning kelib chiqish sabablari, ularning ijtimoiy-psixologik omillari hamda oldini olish yo‘llari tahlil qilinadi. https://scientific-jl.com 1 3 0 62-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali So‘nggi yillarda jamiyatimizda sodir bo‘layotgan jinoyatlarning katta qismi yoshlar va o‘smirlar tomonidan sodir etilayotgani sababli insonlar orasida deviant xulq-atvor muammosiga qiziqish obyektiv ravishda oshdi. Bu esa bunday xulq-atvor shakllanishining turli xil sabablarini o‘rganishni taqozo etadi. Deviantlik bu – har qanday xulq-atvor va odob-axloq normalaridan chetga chiqish hisoblanadi. Deviantlik ko‘pincha o‘smirlar va o‘spirinlarda kuzatiladi. Xulq-atvordagi bunday og‘ishlarning asosiy sababi psixologik siljish hisoblanadi. Bunday psixologik og‘ishlar tanqidlar, janjallar, asabiy buzilishlar, huquqbuzarlik kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Ayni vaqtda, ayrim ekspertlar hozirgi vaqtda deviant xulq-atvor guruhiga ko‘proq moddiy jihatdan o‘ziga to‘q oilalarning bolalari va o‘smirlari tushib qolishiga asosiy e’tiborni qaratishadi. O‘ziga to‘q oila bolalari ko‘pincha ota-onasining erka farzandi hisoblanadi. Yoshlik paytlarida ularning istagini oila a’zolari so‘zsiz bajarishadi. Buning natijasida bolada “Men nimani xohlasam, otam yoki onam shuni bajarishga majburdirlar”, degan noto‘g‘ri qarashlar shakllanadi. Ayniqsa, o‘ziga to‘q oila bolalari o‘zlaridan mavqei pastroq bo‘lgan oila farzandlarini kamsitadi, ularga ruhiy zarbalar beradi. Bu ham deviantlikning bir ko‘rinishidir. Umuman olganda, bugungi kunda jamiyatning qaysidir qatlarmlaridan birini deviant xulq-atvordan himoyalangan deb hisoblab bo‘lmaydi. Har bir o‘smir atrof-muhitda turli xil ta’sir va bog‘liqliklarga duch keladi. Moddiy yetuklik, ota-onalarning yuqori ijtimoiy mavqei bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy normalarga rioya qilishi uchun yetarli kafil bo‘la olmaydi. O‘smir xulq-atvorida spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilishga qarshi jins vakiliga bo‘lgan qiziqishlar birmuncha oshadi. Qiziqishlarning kuchliligi shu ishlarni amalga oshirish xohishini keltirib chiqaradi. Bunday hollar ham, shubhasiz, deviantlikning yuzaga kelishiga zamin yaratadi. Aytaylik, o‘smirning sevgisi rad etilsa, unda mahzunlik, hayotga bo‘lgan qiziqish, asabiylik, ishtahasizlik, ruhiy buzilish, suidsidga moyillik kabi holatlar ro‘y beradi. Suidsid esa, deviant xulq- atvorning yaqqol namunasi hisoblanadi. Bugungi zamonaviy dunyoda internet, virtual dunyo, axborot oqimi tahlili, uning sotsiologik jihatlarini va yoshlar muammolarini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, globallashuv jarayonida ma’naviy hayotimizni izdan chiqaruvchi jiddiy xavflarni inobatga olgan holda ularning oldini olish chora- tadbirlarini ishlab chiqish zarur. Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z-o‘zini o‘ldirish (suidsid) bilan ijtmoiy illatlarning yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlarga ko‘ra o‘ziga xos jihatlarga ega. Uzoq davom etadigan turli xil zararli odatlar, doimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila va atrof muhitdan qoniqmaslik, uydagi turli-tuman tushunmovchiliklar, bularning barchasi o‘smirning ruhiyatiga shikast yetkazadi. Buning natijasida o‘smir mavjud noxush vaziyatlarni yaxshi tomonga o‘zgartirishga harakat qiladi. Bu jihatdan, kamchiliklar, jumladan nizolar rivojlanishga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazadi. https://scientific-jl.com 1 3 1 62
Доказательный фрагмент
«Maqolada yoshlar orasida uchrayotgan deviant xatti-harakatlar, ya’ni jamiyatda qabul qilingan normalarga zid bo‘lgan ijtimoiy xatti-harakatlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada yoshlar orasida uchrayotgan deviant xatti-harakatlar, ya’ni jamiyatda qabul qilingan normalarga zid bo‘lgan ijtimoiy xatti-harakatlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ruhiy buzilish, globallashuv, deviant xatti-harakat, giyohvandlik, Kalit so‘zlar: Yosh avlod, tajovuzkorlik, suidsidga moyillik, ommaviy madaniyat., strukturaviy funksionalizm, ichkilikbozlik, jinoyatchilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026