Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY JAMIYATDA XOTIN-QIZLAR SUITSIDI: SABAB VA YECHIMLARI
Nazarova Nilufar Joʻrayevna · Maxamatiminova Durdonaxon Farxot qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
This article analyzes the increasing number of suicides among women in modern society, the main causes of these cases, and ways to eliminate them. The article identifies family problems, social pressure, economic hardship, psychological violence, and the negative impact of the information environment as key factors. Proposals were also made to strengthen the psychological support system, provide legal protection, improve information policy, and provide economic support to women. Kalit so‘zlar: ayollar, o‘z joniga qasd, psixologik bosim, oilaviy muammolar, zo‘ravonlik, ijtimoiy xavfsizlik, ruhiy salomatlik, jamiyat. Ключевые слова: женщины, самоубийство, психологическое давление, семейные проблемы, насилие, социальная безопасность, психическое здоровье, общество. Keywords: women, suicide, psychological pressure, family problems, violence, social security, mental health, society. Bugungi globallashuv va axborot xuruji davrida inson psixologiyasi tobora zaiflashib bormoqda. Ayniqsa, zamonaviy jamiyatda ayollar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining ortib borayotgani jiddiy ijtimoiy muammolardan biriga aylangan. https://scientific-jl.com 1 7 9 62-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Har yili dunyo bo‘yicha yuz minglab ayollar turli omillar ta’sirida o‘z hayotiga nuqta qo‘yishga urinmoqda1. Bu esa jamiyat salomatligiga, ijtimoiy barqarorlikka va oilaviy qadriyatlarga tahdid soladi. Ayollar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining ortishiga bir necha sabablar sabab bo‘lmoqda. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat: 1. Oilaviy muammolar – Nikohdagi kelishmovchiliklar, zo‘ravonlik, er-xotin o‘rtasidagi ishonchsizlik, qaynota-qaynonalar bilan bo‘lgan kelishmovchiliklar ayolning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi2. 2. Ijtimoiy bosim va stereotiplar – Ayollardan “ideal ona”, “sadoqatli turmush o‘rtoq”, “uy ishlari bilan shug‘ullanuvchi ayol” kabi talablar ko‘plab mamlakatlarda haligacha mavjud. Bu bosim ruhiy tushkunlikka olib keladi3. 3. Moliyaviy muammolar – Ishsizlik, iqtisodiy yetishmovchilik, yolg‘izlik ayollarni ruhiy siquvga soladi. 4. Psixologik va jismoniy zo‘ravonlik – Jinsiy tajovuz, oilaviy zo‘ravonlik va haqoratlar ko‘p hollarda ayollarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga va ruhiy iztirobga tushishiga olib keladi. 5. Axborot muhitining salbiy ta’siri – Ijtimoiy tarmoqlarda solishtirish, yolg‘on muvaffaqiyatlar, ijtimoiy faollikni haddan ziyod ulug‘lash – bu omillar psixikasi zaif ayollarni depressiyaga olib kiradi. Biroq hozirgi davrda bu borada hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar mavjud bo‘lib, ular orasida ayniqsa oiladagi zo‘ravonlik va gender tengsizlikka asoslangan tazyiq holatlarining ortib borayotganligi dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Gender zo‘ravonlikning kuchayishi ko‘p hollarda ijtimoiy ongdagi eskicha qarashlar, gender rollarning noto‘g‘ri talqin qilinishi, iqtisodiy va ijtimoiy omillar bilan izohlanadi. Ilgari ayrim hollarda odatiy hol sifatida baholangan zo‘ravonlik bugungi zamonaviy jamiyatda ayollar huquqlarining ochiq buzilishi sifatida keskin tanqid qilinmoqda. Jumladan, BMTning “Xotin-qizlar” (UN Women) tashkiloti tomonidan tayyorlangan “2019–2020 yillarda dunyodagi ayollarning taraqqiyoti: o‘zgaruvchan dunyodagi oilalar” nomli hisobotida oila nafaqat ijtimoiy institut, balki ko‘plab hollarda insonning asosiy huquqlari buzilishi va gender tengsizligi ko‘p uchraydigan makon sifatida ham qayd etilgan4. Bugungi kunga kelib, dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlarida oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonunchilik mavjud bo‘lib, bu muammoning xalqaro miqyosdagi dolzarbligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda ham xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini 1 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) hisobotlari, 2023-yil. 2 O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi va Sog‘liqni saqlash vazirligi materiallari, 2022. 3 Gender tengligi bo‘yicha BMT (UN Women) ma'lumotlari, 2023. 4 UN Women. (2020). Progress of the World’s Women 2019–2020: Families in a Changing World. https://www.unwomen.org https://scientific-jl.com 1 8 0 62-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali himoya qilish borasida sezilarli huquqiy asoslar yaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda O‘RQ- 562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar bu yo‘nalishda asosiy normativ hujjatlardir. Mazkur qonunchilik hujjatlarida “zo‘ravonlik” tushunchasi keng talqin qilinib, unga jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, bunday ta’sirni amalga oshirish bilan tahdid qilish orqali ayollarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, qadr- qimmati va huquqlariga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik)lar kiradi. Zo‘ravonlikning turlari sifatida quyidagilar belgilanadi: jinsiy zo‘ravonli
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the increasing number of suicides among women in modern society, the main causes of these cases, and ways to eliminate them.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the increasing number of suicides among women in modern society, the main causes of these cases, and ways to eliminate them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- women, suicide, psychological pressure, family problems, violence, ijtimoiy xavfsizlik, jamiyat., zo‘ravonlik, psixologik bosim, ruhiy salomatlik, oilaviy muammolar, Kalit so‘zlar: ayollar, o‘z joniga qasd
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026