Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM MUASSASASIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AXAMIYATI
Nurjanova Gulzira Sherxanovna · Narbayeva Dilnoza Jumabayevna
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Ta’lim muassasasida psixologik xizmat ko`rsatish predmeti, maqsadi va vazifalari yoritib berilgan. Shuningdek, Ta’lim muassasasida psixologik xizmat ko`rsatishning mamlakatimizdagi o`rni aks ettirilgan. Kalit so`zlar: Inson markazi, psixologik xizmat, Ta’lim muassasasida psixologik xizmat metodologiyasi, aqliy taraqqiyot koeffitsienti, psixodiagnostika, psixologik maslahat, psixologik korreksiya. Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e`tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo`lib kelgan. XX asr bo`sag`asida psixologiya fani va uning ilg`or vakillari o`zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari – insonga , ayni paytda, jamiyatga Ta’lim muassasasida psixologik xizmat ko`rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo`ldilar. Umuman, Ta’lim muassasasida psixologik xizmat kp`rsatish muammosi ma`lum ma`noda, ilmiy psixologiyaning yetakchi yo`nalishlaridan biri sifatida ko`p bor munozaralar Manbai bo`lgan. Bu haqda dastlabki psixologik tasavvurlar makoni bo`lmish Hindiston, Xitoy, Yegipet, Vavilon, O`rta Osiyo, Gretsiyadan, shuningdek, jon (ruh) haqidagi kitobning muallifi Aristoteldan hamda temperament (mijoz) ta`limotining asoschisi Galen, Gippokrat va ibn Sinolardan tortib, to hozirga qadar psixologlar o`z fikr-mulohazalarini bildirib kelmoqda. Prezidentimiz o`zining O`zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo`lini ifodalovchi boshqa qaror ma`ruzalari, asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma`naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o`zaro ajralmas, bir-birini to`ldiradigan, o`zaro ta`sir, aks ta`sir etadigan muhim omillari ekanligini, ayni paytda bugungi iqtisodiy o`nglanish, iqtisodiy tiklanish,iqtisodiy rivojlanishni, ma`naviy o`nglanish, ma`naviy poklanish, ma`naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg`un bo`lishini ta`minlashning ijtimoiy zarurat ekanligi qayta-qayta ta`kidlaydi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo`ygan talablar asosida etilishiga ham bog`liq ekanligi shabhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy https://scientific-jl.com 2 1 0 62-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yo`nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko`pgina olimlar o`z fikr- mulohazalarini bildirganlar hamda bildirib kelmoqdalar. Ta’lim muassasasida psixologik xizmatda tadqiqot va ta`sir o`tkazish obyekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, maxsus o`quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o`qituvchilar, ota-onalar va turli yoshdagi insonlar bo`lib hisoblanadi. Ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin. Ta’lim muassasasida psixologik xizmatning maqsadi: a)psixoprofilaktika, b)psixologik maorif va ma`rifat, v)psixodiagnostika, g)psixik rivojlantirish va psixokorreksiya, d)psixologik konsultatsiya. Ta’lim muassasasida psixologik xizmat metodlari turli tuman va quyidagi yo’nalishlarda bo‘lishi mumkin: a) Turli yoshdagi aholiga ma’ruzalar turkumi, aholining psixologik madaniyatini o‘stirish maqsadida trening mashg‘ulotlari o‘tkazish; b) ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish; v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar; g) psixodiagnostik tadqiqotlar o‘tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqa); d) psixologik maslahat berish; e) psixologik konsiliumlar o‘tkazish; j) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorreksion treninglarni amalga oshirish; z) psixologik tadqiqot obyektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv dasturi, o‘quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar. Hozirgi bosqichda Ta’lim muassasasida psixologik xizmat faoliyatining yo‘nalishi: dolzarb va kelajak yo‘nalishlari mavjud. Ta’lim muassasasida psixologik xizmatda tadqiqot va ta`sir o`tkazish obyekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, maxsus o`quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o`qituvchilar, ota-onalar bo`lib hisoblanadi. Ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin. Dolzarb yo‘nalish ijtimoiy qatlam o’rtasidagi tarbiyadagi qiyinchiliklar, ular xulq-atvoridagi, muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan. Kelajak yo‘nalishi har bir shaxsning individualligini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixolog jamoa faoliyatiga har bir shaxs shaxsi garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g‘oyani olib kiradi. Ikki yo‘nalish ham bir-biri bilan bog`liq. Ta’lim muassasasida psixologik xizmat jamiyatning zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi inson ehtiyojlaridan https://scientific-jl.com 2 1 1 62-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Ta’lim muassasasida psixologik xizmat ko`rsatish predmeti, maqsadi va vazifalari yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Ta’lim muassasasida psixologik xizmat ko`rsatish predmeti, maqsadi va vazifalari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologik xizmat, psixodiagnostika, psixologik maslahat, psixologik korreksiya., Ta’lim muassasasida psixologik xizmat metodologiyasi, aqliy taraqqiyot koeffitsienti, Kalit so`zlar: Inson markazi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026