К содержанию
РецензированоUZ2026

TEATRLASHTIRILGAN FAOLIYAT BOLALARNI IJTIMOIYLASHTIRISH USULI SIFATIDA

USULI SIFATIDA · Toshkent shahridagi Puchon · Tasheva Nasiba Salimovna

Исследователь · 2026

Аннотация

Maqolada teatrlashtirilgan faoliyatning bolalarni ijtimoiylashtirish vositasi sifatidagi pedagogik imkoniyatlari chuqur tahlil etiladi. Muallif bolalar teatrining tarbiyaviy, estetik va ijtimoiy funksiyalarini ochib berar ekan, ayniqsa maktabgacha ta’lim bosqichida teatr elementlaridan foydalanishning samaradorligiga alohida e’tibor qaratadi. Teatrlashtirilgan mashg‘ulotlar orqali bolalarda og‘zaki nutq madaniyati, muloqot ko‘nikmalari, jamoaviy hamkorlik, his-tuyg‘ularni ifodalash va boshqalarni tushunish qobiliyati shakllanadi. Maqolada ushbu faoliyatning bolalar ongida ijtimoiy normalar va qadriyatlarni singdirish, empatiya, mas’uliyat, hamdardlik kabi sifatlarni rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy asosda yoritilgan. Shuningdek, pedagogik amaliyotda teatrlashtirilgan faoliyatdan foydalanish bo‘yicha samarali metodik yondashuvlar va tavsiyalar taqdim etiladi. Kalit so’zlar: ijtimoiylashuv, maktabgacha ta’lim, tarbiya, rol, sahnalashtirilgan faoliyat, konsepsiya, teatrlashtirilgan o‘yinlar. Annotation The article provides an in-depth analysis of the pedagogical potential of theatrical activities as a means of socializing children. The author reveals the educational, aesthetic, and social functions of children's theater, with particular emphasis on the effectiveness of using theatrical elements during the preschool education stage. Through theatrical activities, children develop oral speech culture, communication skills, teamwork abilities, emotional expression, and the ability to understand others. The article elucidates, on a scientific and theoretical basis, the role of these activities in instilling social norms and values in children's consciousness, fostering qualities such as empathy, responsibility, and compassion. Additionally, it presents effective methodological approaches and recommendations for utilizing theatrical activities in pedagogical practice. Keywords: socialization, preschool education, upbringing, role, staged activity, concept, theatrical games. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy- ma’naviy islohotlar, fan-texnika va ishlab chiqarishning jadal sur’atlarda rivojlanishi https://scientific-jl.com 2 4 4 62-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali jamiyat talablariga javob beradigan shaxsni tarbiyalash masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda. Darhaqiqat, kelajagimizning poydevori bo‘lmish yoshlarni har tomonlama mas’uliyatli, ma’naviy yetuk, axloqan pok, bir so‘z bilan aytganda, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir insonlar etib tarbiyalash tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimizning quyidagi so‘zlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi: "Qaysi sohani olmaylik, zamonaviy malakali kadrlarni tarbiyalamasdan turib, biron-bir o‘zgarishlarga yoki farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni tayyorlash, millatimizning sog‘lom genofondini shakllantirish, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi." Shuni inobatga olgan holda, o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi va samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari qabul qilindi. Zamonaviy tarbiya konsepsiyalarida bolaning shaxsiyatini rivojlantirish, unda tashabbuskorlikni shakllantirish va har qanday vaziyatda mustaqil qaror qabul qila olish qobiliyatini shakllantirishga muhim ahamiyat beriladi. Biroq, real hayotda ko‘plab bolalar uyatchan, hissiy jihatdan qisilgan va o‘ziga past baho berishga moyil bo‘ladi. Bunday bolalar kelajakda, birinchi navbatda, maktabda katta qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. O‘ziga ishonchi past bo‘lgan bolalar qat’iyatsiz, ishonchsiz, kamgap, hamkorlikka intilmaydilar, o‘zlarini himoya qila olmaydilar. Ularga muvaffaqiyatsizlikdan qochish xususiyati xos bo‘lib, shu sababli ular tashabbuskorlikni kam namoyon qiladilar va oldindan osonroq vazifalarni tanlab oladilar. Faoliyatdagi muvaffaqiyatsizlik ko‘pincha undan voz kechishga sabab bo‘ladi. “Maktabgacha yoshdagi bolaga o‘ziga ishonchni qanday singdirish, o‘zini to‘g‘ri baholay olishni qanday o‘rgatish, muvaffaqiyat tajribasini qanday berish, ijod qilishga va yangi narsalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni qanday uyg‘otish mumkin?” – degan asosli savol tug’iladi. Bu muammoni hal qilishning eng samarali usullaridan biri teatrlashtirilgan faoliyat deb hisoblanishi mumkin. Teatrlashtirilgan faoliyat - bolaning turli xil ifoda vositalari: mimika, imo- ishoralar va pantomimikadan foydalanib, obrazlar va munosabatlarni modellashtirish bilan bog‘liq ijodiy faoliyatidir. Bolaning umumiy rivojlanishiga va ayniqsa, uning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuviga ko‘rsatadigan ijobiy ta’sirini baholash qiyin. Teatrlashtirilgan faoliyat jarayonida bolada atrof-muhitga nisbatan o‘ziga xos, estetik munosabat shakllanadi, dunyoqarashi kengayadi; umumiy ruhiy jarayonlar rivojlanadi: idrok, obrazli fikrlash,

Доказательный фрагмент

«Maqolada teatrlashtirilgan faoliyatning bolalarni ijtimoiylashtirish vositasi sifatidagi pedagogik imkoniyatlari chuqur tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada teatrlashtirilgan faoliyatning bolalarni ijtimoiylashtirish vositasi sifatidagi pedagogik imkoniyatlari chuqur tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
socialization, preschool education, upbringing, role, staged activity, tarbiya, teatrlashtirilgan o‘yinlar., maktabgacha ta’lim, sahnalashtirilgan faoliyat, Kalit so’zlar: ijtimoiylashuv, konsepsiya, rol
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники