Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAMLAKATIMIZDA ELEKTROENERGETIKA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI
MAMLAKATIMIZDA ELEKTROENERGETIKA TIZIMINI · RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI · Akbar Ashurovich Shodiyev
Исследователь · 2026
Аннотация
В этой статье рассматриваются текущие реформы в электроэнергетическом секторе страны и их результаты, остающиеся проблемы в сети, естественные монополии в производстве и передаче электроэнергии, проблемы в регулировании и управлении электроэнергетическим сектором, а также предлагаются пути и средства, для их преодоления, даны рекомендации. Ключевые слова: электроэнергия, производство электроэнергии, естественная монополия, конкурентная среда, тепловая электростанция, гидроэлектростанция, нефтепродукты, уголь, ветровая и гидроэнергетика, альтернативные источники энергии, технико-технологические процессы, сетевые предприятия, стоимость энергии. Kirish. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi albatta elektr energetika resurslariga bogʻliq. Har qanday iqtisodiyoti rivojlangan davlat mustaqil elektr energetika resurslariga hamda zamonaviy va innovatsion texnologiyalarga ega boʻlsagina iqtisodiyotda oʻsish dinamikasini saqlab qoladi. Iqtisodiyoti rivojlangan jumladan, AQSH, Yevropa davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koriya, Singapur va Malayziya kabi davlatlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, ularda zamonaviy innovatsion texnologiyalarga asoslangan elektr energiyasini ishlab chiqarish tarmogʻi mavjud ekanligini koʻrishimiz mumkin. Iqtisodiyotning real sektorida, yaʼni ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tarmogʻida energiya sarfi hajmini kamaytirish, elektr energetika siyosatining asosiy vazifasi hisoblanadi. Mazkur vazifaning bajarilmasligi energetika sohasining mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muqarrar ravishda https://scientific-jl.com 8 62-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali toʻsqinlik qilishiga olib keladi. Har qanday iqtisodiyotda elektr energiyasiga oʻsib borayotgan talabni raqobatbardosh narxlarda qondirish va yuqori samarali energiya ishlab chiqarish texnologiyalariga asoslangan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, shu bilan bir qatorda mavjud boʻlgan elektr stansiyalarni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish, qayta tiklanadigan (qoʻyosh va shamol) energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish bilan elektr energetika resurslarini diversifikatsiya qilish orqali yuqori iqtisodiy samadorlikka erishiladi. Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada Respublika elektr energetika tarmogʻida olib borilgan islohotlar qiyosiy solishtirish, statistik maʼlumotlarni oʻrganish va iqtisodiy jihatdan taqqoslash va tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraksiyalash, maʼlumotni guruxlash, analiz va sintez, induksiya va deduksiya usullaridan keng foydalanilgan. Tahlil va natijalar. Oʻzbekiston 2030-yilgacha elektr energiyasining 30 foizini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarishdek ulkan maqsadni oʻz oldiga qoʻygan. Bunday natijalarga erishishda quyosh energiyasi hal qiluvchi rol oʻynashi kutilmoqda. Bugungi kunda quyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha yirik loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro investorlarni jalb qilish oshib bormoqda. Mutaxassislarni fikricha, Oʻzbekistonda yiliga oʻrtacha 330 quyoshli kun borligini inobatga oladigan boʻlsak, quyosh energiyasining salohiyati kattaroq va undan unumli foydalanish mumkin. Prezidentimiz tashabbusi bilan respublikada “yashil energetika” jadal rivojlanmoqda. “Yashil energetika” deb ataladigan - toʻrtta asosiy ekologik toza energiya manbalaridan: uran, suv, shamol va quyoshdan foydalanishni faol ravishda targʻib qilmoqda. Sababi, quyosh fotoelektrstansiyalarida hosil qilinadigan elektr energiyasining quyidagi afzalliklari mavjud: - quyoshdan olinadigan issiqlik va elektr energiyasi toza energiyadir; - elektr energiyasi ishlab chiqarishda hech qanday shovqin yoʻq; - quyosh energiyasidan dunyoning deyarli hamma yerida foydalanish mumkin; - quyosh resurslari insonning yillik energiya ehtiyojlaridan ming marta koʻpdir; - ekspluatatsiya xarajatlari deyarli yoʻq; - kafolatlangan energiya manbalari mavjud; - atrof-muhit muhofaza qilinadi. Quyosh fotoelektrstansiyalarida hosil qilingan energiyadan xususiy uy xoʻjaliklar va sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlashda, yashash xonadonlari va xususiy uylardan tortib qishloq xoʻjaligi issiqxonalari va chorvachilik fermalarigacha har qanday hajmdagi binolarni isitish, issiqlik yoki mexanik energiya olish uchun suvni isitish va bugʻga aylantirish, uylar, koʻchalar, yashil maydonlar va boshqa obyektlarni yoki hududlarni, ayniqsa elektr tarmogʻiga ulana olmaydigan joylarni yoritish, suv koʻtarish va sugʻorish nasoslaridan foydalanish barcha-barcha sohalarda foydalanish mumkin. Maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil davomida jami investitsiyalar hajmi 123.9 trln soʻmni tashkil etgan. Shundan 42.0 trln soʻm mablagʻ elektroenergiya tizimini rivojlantirish, yangi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda shamol, quyosh elektr stansiyalarini ishga tushurish https://scientific-jl.com 9 62-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik
Доказательный фрагмент
«В этой статье рассматриваются текущие реформы в электроэнергетическом секторе страны и их результаты, остающиеся проблемы в сети, естественные монополии в производстве и передаче электроэнергии, проблемы в регулирован…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье рассматриваются текущие реформы в электроэнергетическом секторе страны и их результаты, остающиеся проблемы в сети, естественные монополии в производстве и передаче электроэнергии, проблемы в регулирован… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- электроэнергия, производство электроэнергии, elektr enyergiyasini ishlab chiqarish, gidroelektrstansiyasi, texnik va texnologik jarayonlar, tabiiy monopol holat, Kalit soʻzlar: elektr energetika, shamol va suvdan elektr energiyasini ishlab chiqarish, neft mahsulotlari, energiya sarfi., raqobat muhiti, muqobil energiya manbalari, issiqlik elektr stansiyasi, tarmoq korxonalari, koʻmir
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025