К содержанию
РецензированоUZ2026

BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH.

Baxtiyor Anvarovich Guseynov

Исследователь · 2026

Аннотация

Maqolada banklar tizimida buxgalteriya hisobini yuritish ishini toʻgʻri tashkil etish yuzasidan fikrlar bayon etilgan. Buxgalteriya hisobi va nazoratning aniq olib borilishi bankning oʻz vazifalarini toʻgʻri bajarishini taʼminlaydi. Buning uchun buxgalterlardan muayyan bilimlar, buxgalteriya hisobi va hisobotining asosiy tamoyillari hamda uslublarini tushunish talab qilinadi. Ushbu maqolada tijorat banklarida buxgalteriya hisobini toʻgʻri tashkil etish borasida mualliflik qarashlari keltirilgan. Kalit soʻzlar. Bank omonatlari, foizlar, buxgalteriya hisobvaraqlari, depozit, mijozlarni qabul qilish, imzo namunalari, toʻlov topshiriqnomasi, chek daftarchasi. Tahlil va natijalar. Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnomada buxgalteriya hisobining tamoyillari, buxgalteriya apparatining tuzilishi, mijozlarga xizmat koʻrsatish hamda hujjatlar oborotini yoʻlga qoʻyish usullari toʻgʻrisida koʻrsatmalar berilgan; bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat qilish qoidalari kiritilgan; xalqaro andozalar asosida buxgalteriya hisobotini tuzish hamda boshqa bank operatsiyalarini bajarish hajmlari va tartibi belgilangan, shuningdek, quyidagilarni taʼminlash maqsad qilib qoʻyilgan: *hisob-kitoblardagi mablagʻlar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va aniq xizmat koʻrsatish, hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini toʻgʻri bajarish; *bajarilgan operatsiyalarni buxgalteriya hisobi va hisobotida oʻz vaqtida hamda aniq aks ettirish; *bankdan chiqayotgan hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirish va buning natijasida ulardan borgan joyda foydalanilishini osonlashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilayotganda hamda ular xizmat koʻrsatuvchi mijozlar hisobi yuritilayotganda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xatolarning, qonunga xilof xatti-harakatlarning oldini olish; *bankdagi pul mablagʻlari, moddiy boyliklar, shuningdek, qatʼiy hisobda turadigan blankalar kamomadi, ortiqchaligi hamda qonunga xilof ravishda sarflanishining oldini olish; *bank mansabdor shaxslarining belgilangan tartibga zid ravishda bank operatsiyalarini amalga oshirganliklarini, qimmatliklar va hujjatlarni yoʻqotib qoʻyish hamda shu kabi boshqa hollarda ularning javobgarligini hujjatlar bilan asoslash; https://scientific-jl.com 1 6 62-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali *operatsiyalarni amalga oshirish va rasmiylashtirishni maʼlumotlar toʻplash orqali qonuniyligi hamda toʻgʻriligini tekshirish imkoniyatini bepilishi; *bankda ish kuni tartibiga qatʼiy rioya etish; *zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan keng koʻlamda foydalanish asosida bank operatsiyalarini amalga oshirish, ularning hisobini yuritish hamda hisobotlar tuzish uchun mehnat va mablagʻ sarfini qisqartirish. Yoʻriqnomada va uning ilovalarida berilgan operatsiyalarni amalga oshirish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish va nazorat qilish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar barcha banklar uchun majburiydir. Bank doirasida hujjatlapning oʻtish tartibi bosh buxgalter tomonidan mazkur bank ish xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanishi mumkin. Buxgalteriya ishi va buxgalteriya hisobini yuritishni tashkil etishning yoʻriqnomada bayon etilgan tartibida kompyuter texnikasi qoʻllash koʻzda tutilgan. Bosh daftardagi hisobvaraqlarni kodlash tizimi besh xonali sondan iborat boʻlishi lozim. Hisobvaraqlarni eslab qolish oson boʻlishi maqsadida aktiv hisobvaraqlarning kodlari toq, passiv hisobvaraqlariniki esa juft qilib belgilangan. Balans hisobvaraqlarida hisob ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi. Operatsiyalar mablagʻlarning harakatidan qatʼiy nazar, amalga oshirilgan kuni buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisob ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi. Bunda har bir yoki bir nechta koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga mos keluvchi kontr-hisobvaraqlar mavjud. Balans hisobotida va shu kabi boshqa hisobotlarda faqat asosiy koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari aks ettiriladi. Bu hisobotlarda kontr hisobraqamlar aks ettirilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasida keltirilgan balans hisobvaraqlari hamda koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari nomenklaturasi, hisobvaraqlarning tavsifi barcha banklar uchun yagona hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining ruxsatisiz oʻzgartirilmaydi. Hisobvaraqlar rejasidagi hamma hisobvaraqlar aktiv yoki passivdir, shunga muvofiq aktiv va passiv hisobvaraqlar alohida baholanadi va yoyilgan tarzda qayd etiladi. Bankning buxgalteriya apparati hisob-kitob-pul hujjatlarini rasmiylashtirish, nazorat qilish hamda bank operatsiyalarini qayd etish bilan shugʻullanuvchi xodimlarni oʻz ichiga oladi. Buxgalteriya apparatiga bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalarini bankning bosh buxgalteri belgilaydi. Yirik banklarda buxgalteriya his

Доказательный фрагмент

«Maqolada banklar tizimida buxgalteriya hisobini yuritish ishini toʻgʻri tashkil etish yuzasidan fikrlar bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada banklar tizimida buxgalteriya hisobini yuritish ishini toʻgʻri tashkil etish yuzasidan fikrlar bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
foizlar, toʻlov topshiriqnomasi, chek daftarchasi., mijozlarni qabul qilish, imzo namunalari, depozit, Kalit soʻzlar. Bank omonatlari, buxgalteriya hisobvaraqlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники