К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIY, IJTIMOIY, MADANIY VA EKOLOGIK HUQUQLAR

EKOLOGIK HUQUQLAR · Nurmatova Yasmina (Andijon davlat pedagogika institute o'qituvchisi.)

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu ilmiy-nazariy maqola O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarining zamonaviy rivojini, ayniqsa iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarning dolzarb muammolarini tahlil qiladi. Maqolada O‘zbekiston Konstitutsiyasi va xalqaro huquq normalari asosida ushbu huquqlarni himoya qilish va rivojlantirishga qaratilgan siyosat yuritishga qaratilgan sa’y-harakatlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada iqtisodiy tengsizlik, ish joylarini yaratish, ta’lim sifati, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, madaniy xilma-xillikni saqlash, ijod erkinligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik ong-tafakkurni shakllantirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Maqola O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilish va rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni baholash, mavjud muammolarni aniqlash va kelajakdagi harakatlar uchun tavsiyalar berishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: mustaqillik, ijtimoiy, faollik, huquqlar, konstitutsiyaviy huquq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, ilm-fan, renessans, kreativ, yoshlar, fuqarolik jamiyati, texnologiya, innovatsion faoliyat, yoshlar, vaqt Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarning, ayniqsa, talabalarning ijtimoiy va innovatsion faolligini oshirishda inson huquqlari dolzarb masalalardan biridir. Inson huquqlari - insoniyatning umumiy qadriyatlari bo‘lib, ularning himoyasi va rivojlanishi har bir davlatning asosiy vazifasidir. O‘zbekiston Respublikasi, mustaqillikka erishganidan so‘ng, inson huquqlarini himoya qilish va rivojlantirishga qaratilgan siyosat yuritishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Konstitutsiya va xalqaro huquq normalari asosida barcha fuqarolarga iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar kafolatlangan. Ushbu maqola konstitutsiyaviy huquqdagi juda dolzarb mavzulardan biri – inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklaridan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari tahlili va O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarning zamonaviy holatini va rivojlanish tendentsiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada ushbu huquqlarning mazmuni, ularni himoya qilishning huquqiy asoslari, amaliy jihatlari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Ushbu ilmiy maqola O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarning zamonaviy https://scientific-jl.com 6 7 62-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali holatini va rivojlanish tendentsiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada ushbu huquqlarning mazmuni, ularni himoya qilishning huquqiy asoslari, amaliy jihatlari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan beri inson huquqlarini himoya qilish va rivojlantirishga qaratilgan siyosat yuritishga qaror qildi. Konstitutsiya va xalqaro huquq normalari asosida barcha fuqarolarga iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar kafolatlangan. Biroq, globalizatsiya, texnologik taraqqiyot va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida ushbu huquqlarning dolzarbligi va ularni amalga oshirishning yangi usullarini izlash zarurati tug‘iladi. Bilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha fuqarolarga iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar kafolatlangan. Ushbu huquqlar insonning munosib hayot kechirishi, o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish va jamiyatda to‘liq ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan. Qonunchilikda inson va fuqarolarning asosiy iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarini samarali taʼminlash faqatgina normalarni belgilab qoʻyish bilan emas, balki davlat tomonidan amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish bilan bevosita bogʻliqdir. Bu tizimning samaradorligi davlatda demokratiyaning huquqiy tamoyillari va institutlarining rivojlanish darajasiga, iqtisodiyotning holatiga, hayot ne’matlarini taqsimlash usuli, jamiyatdagi ma’naviy muhitga, uning huquqiy darajasiga, rivojlangan fuqarolik jamiyati institutlari mavjudligi va davlat hokimiyati faoliyati tizimida ayrim elementlarning mavjudligiga bogʻliq. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasiga koʻra, insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qoʻyishga hech kim haqli emas, insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Ushbu qoida davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda boshqa shaxslarga Konstitutsiyada belgilangan insonlarning huquqlarini buzmaslik majburiyatini yuklaydi. Inson va fuqarolarning asosiy iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarini taʼminlashda huquqiy kafolatlarning yana bir turi qonunchilik va ijroiya davlat organlari tomonidan qabul qilingan qonunchilik hujjatlarida huquqlarini buzilishini oldini oluvchi va oqibatini bartaraf etuvchi normalarning belgilan

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy-nazariy maqola O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarining zamonaviy rivojini, ayniqsa iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarning dolzarb muammolarini tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy-nazariy maqola O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarining zamonaviy rivojini, ayniqsa iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarning dolzarb muammolarini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy, yoshlar, fuqarolik jamiyati, renessans, innovatsion faoliyat, vaqt, texnologiya, huquqlar, ilm-fan, Kalit so‘zlar: mustaqillik, kreativ, faollik, konstitutsiyaviy huquq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники