К содержанию
РецензированоUZ2026

ONA TILI FANINI OʻQITISHDA KONSTRUKTIVISTIK YONDASHUVNING AFZALLIKLARI

YONDASHUVNING AFZALLIKLARI · Xidirova Muxlisa Amirqulovna

Исследователь · 2026

Аннотация

Maqolada ona tili fanini o‘qitishda konstruktivistik yondashuvning afzalliklari yoritilgan. Konstruktivizmga ko‘ra, o‘quvchi bilimni tayyor holatda emas, balki faol izlanish va tajriba orqali egallaydi. Ushbu yondashuv ona tili darslarida mustaqil fikrlash, ijodkorlik, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning real hayot bilan bog‘lanishga, tahlil va muhokama qilishga, hamkorlikda ishlashga o‘rgatilishi ta’lim samaradorligini oshiradi. Maqolada konstruktiv yondashuv asosida darslarni tashkil etishning amaliy misollari orqali bu uslubning o‘quvchi faolligi va nutqiy kompetensiyani rivojlantirishdagi roli asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: konstruktivizm, ona tili ta’limi, ta’lim yondashuvlari, mustaqil fikrlash, muloqot ko‘nikmalari, real hayotga bog‘liqlik, ta’lim samaradorligi, faol o‘quvchi. Zamonaviy ta’lim tizimi hamisha takomillashib, oʻquvchilarni yanada samarali oʻqitish usul va vositalarini izlamoqda. Ana shunday usullardan biri konstruktivistik yondashuvdir. Bu yondashuvning mazmun- mohiyati shundan iboratki, unda oʻquvchi bilimni tayyor holda qabul qiluvchi emas, balki uni faol oʻzlashtiruvchi va shakllantiruvchi shaxs sifatida koʻriladi. Ayniqsa, ona tili fanini oʻqitishda bu uslubning afzalliklari juda katta. Chunki tilni oʻrganish jarayoni nafaqat grammatik qoidalarni yodlash, balki fikrlash, muloqot qilish va mantiqiy xulosa chiqarish bilan bogʻliq murakkab jarayondir. Konstruktivizm ta’lim nazariyasida oʻquvchining shaxsiy tajribasi, ilgari egallagan bilimlari va faol ishtiroki asosida yana yangi bilimlar shakllantiriladi. Bu yondashuvga koʻra, oʻqituvchi bilimni tayyor holda yetkazib beruvchi emas, balki oʻquvchiga mustaqil izlanish, mantiqiy xulosa chiqarish va real hayot bilan bogʻlab tahlil qilish imkonini yaratadigan yoʻlboshchi sifatida maydonga chiqadi. Ona tili darslarida bu yondashuvdan foydalanish oʻquvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshiradi, ijodiy yondashuvni rivojlantiradi va muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. An’anaviy ta’limda, odatda, oʻquvchilar koʻpincha tayyor qoidalarni yod oladilar va mashqlar orqali ularni mustahkamlaydilar. Konstruktivistik yondashuv esa oʻquvchilarga soʻzlarning ma’nosini, grammatik qonuniyatlarni va stilistik jihatlarni https://scientific-jl.com 1 5 6 61-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali mustaqil tushunish imkonini beradi. Masalan, murakkab gaplarning tuzilishini tushuntirishda oʻqituvchi tayyor qoidani berish oʻrniga, oʻquvchilarga real matnlar ustida ishlashni, jumlalarni tahlil qilishni va oʻz xulosalarini chiqarishni taklif qiladi. Natijada, oʻquvchi oʻzi izlanadi, turli variantlarni sinab koʻradi va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmasiga ega boʻladi. Bu esa ona tili fanining asosiy maqsadlaridan biri – fikrni aniq va loʻnda ifodalash ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Konstruktivizmga asoslangan darslarda oʻqituvchi ma’ruzachi emas, balki yoʻnaltiruvchi sifatida ishtirok etadi. Oʻquvchilar bilimni tayyor qabul qilish oʻrniga, oʻzlari izlanib, muhokama qilib, xulosa chiqaradilar. Masalan, mavzuni tushuntirishda oʻqituvchi savol va topshiriqlar orqali oʻquvchilarning ilgari bilgan bilimlarini eslatib, yangi ma’lumotlar bilan bogʻlash imkonini yaratadi. Misol uchun, “Gap bo‘laklari” mavzusini oʻqitishda oʻquvchilarga matn berilib, undan turli gap bo‘laklarini ajratish topshirig‘i beriladi. Ular avval o‘z tushunchalariga asoslanib ishlaydi, keyin esa oʻqituvchi yoʻl-yoʻriq berib, to‘g‘ri xulosaga yoʻnaltiradi. Bu metod oʻquvchilarning faolligini oshirib, bilimni mustahkam oʻzlashtirishiga yordam beradi. Til hayotiy vosita bo‘lgani uchun uni oʻrganishda real hayot bilan bog‘lanish juda muhimdir. Konstruktivistik yondashuv orqali oʻquvchilar dars davomida o‘rganayotgan bilimlarini hayotiy misollar bilan bog‘lab, uni amalda qo‘llashni o‘rganadilar. Masalan, rasmiy va norasmiy uslubni tushuntirishda oʻqituvchi oʻquvchilarga turli matnlarni taqdim etib, ularni solishtirishni, har birining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashni va qayerda qanday uslub qo‘llash to‘g‘ri bo‘lishini muhokama qilishni taklif qilishi mumkin. Bu usul nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlaydi, balki oʻquvchilarning nutqiy kompetensiyasini ham rivojlantiradi. Konstruktivistik yondashuv doimiy hamkorlikni talab qiladi. Dars jarayonida oʻquvchilar guruhlarda ishlash, bir-birining fikrlarini tahlil qilish, bahslashish va xulosa chiqarish imkoniga ega boʻladilar. Bu ularning muloqot madaniyatini rivojlantirib, fikrlarini asosli va mantiqiy bayon qilishga oʻrgatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Абдураҳмонов Қ. Таълимда инновацион технологиялар. — Тошкент: Fan va texnologiya, 2019. 2. Ёдгоров Ҳ. Ҳозирги замон педагогик технологиялари. — Тошкент: TDPU nashriyoti, 2020. 3. Жонсон Д., Жонсон Р. Ўқитишда ҳамкорлик технологияси. — Тошкент: O‘qituvchi, 2017. 4. Vygotsky, L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. — Cambridge, MA: Harvard Univers

Доказательный фрагмент

«Maqolada ona tili fanini o‘qitishda konstruktivistik yondashuvning afzalliklari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ona tili fanini o‘qitishda konstruktivistik yondashuvning afzalliklari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muloqot ko‘nikmalari, real hayotga bog‘liqlik, Kalit so‘zlar: konstruktivizm, faol o‘quvchi., ta’lim yondashuvlari, mustaqil fikrlash, ona tili ta’limi, ta’lim samaradorligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники