Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O`ZBEKISTON-FRANSIYA: TARIXAN TARKIB TOPGAN ALOQALAR
Qudratov Shuxrat Yodgorivich- BuxD · Ravshanova Ruxshona O`tkir qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
This article is devoted to the historical relations between Uzbekistan and France, their diplomatic cooperation, trade and economic relations, and cultural relations, and their content. Kalit so`zlar: “Kredi Kommersial de Frans” , “Sosiyete Jeneral”, ”Ron pulek”, ”Elf akiten”, “Odson”, “Syukden kerri” , TASIS, ”Bung”, Ryuyel-Malmezon, “Ipak yo`li”. Основные слова и понятия: Креди Коммерсиал де Франс, Сосиете Женерал, “Рон Пулэк”,” Элф Акитен”,”Одсон”, “Сюкден керри”,ТАСИС, “Бунг”,Рюел Малмезон, “Шелковый путь”. Basic words and concepts: Kredi Kommersial de Frans” , “Sosiyete Jeneral”, ”Ron pulek”, ”Elf akiten”, “Odson”, “Syukden kerri” , TASIS, ”Bung”, Ryuyel- Malmezon,”Silk Road”. Kirish. O`zbekiston jahon siyosiy xaritasida, Osiyo qit`asining markazida yangi mustaqil davlat sifatida tobora ko`proq tilga tushmoqda. O`zbekistonda yuz berayotgan o`zgarishlar, uning juda katta tabiiy boyliklari, ishlab chiqarish, ilmiy- texnikaviy va intellektual imkoniyatlari, noyob milliy-madaniy me`rosi xalqimiz tarixi va hozirgi hayoti bilan qiziqayotgan dunyoning barcha mintaqalaridagi siyosatchilar ,oddiy odamlarni o`lkamizga tobora ko`proq jalb etmoqda. O`zgarib borayotgan jug`rofiy-siyosiy strukturada O`zbekistonning roli ortib bormoqda.O`zbekistonning tinchlik o`rnatishga qaratilgan izchil siyosati natijasida https://scientific-jl.com 3 8 61-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali uning Markaziy Osiyo mintaqasidagi osoyishtalik va barqarorlikning kafili sifatidagi mavqei mustahkamlanib bormoqda1. O`zimiz tanlagan yo`lning eng avvalidayoq AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya kabi iqtisodiy jihatdan rivoj topgan mamlakatlar tajribasiga murojaat etganmiz, boshqa davlatlar tajribasini ham o`zlashtirganimiz bejiz emas. Xorijiy mamlakatlarda davlatchilik, siyosat va iqtisodiyot sohalarida ro`y berayotgan yangi ijobiy o`zgarishlarni qunt bilan o`rganish va bundan o`zimizga kerakli xulosalarni chiqarish lozim2. Shunday ekan, dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri Fransiya bilan O`zbekiston o`rtasida olib borilayotgan munosabatlarni yuqoridagi fikrlar tasdig`i sifatida ta`kidlash muhimdir. Fransiya Respublikasi O`zbekiston mustaqilligini 1992-yil 3-yanvarda tan olgan,1992-yilning fevral oyida esa ikki mamlakat o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatildi.1995-yildan Parijda O`zbekiston Respublikasi elchixonasi faoliyat olib borib kelmoqda.Fransiya O`zbekistonni Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta`minlash borasida yetakchi davlat deb hisoblaydi. Ikkala mamlakat o`rtasidagi hamkorlikning rivojini barcha sohalarda ko`rish mumkin. O`zbekiston ham Fransiyaning dunyodagi mavqeini e`tirof etgani sir emas. O`zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini O`zbekiston Respublikasi bilan Fransiya Respublikasi o`rtasida 1993-yil 4-noyabrda imzolangan “ Do`stlik va hamkorlik to`g`risida”gi shartnomada ham ko`rish mumkin.Unga ko`ra: 1.Tomonlar muntazam ravishda o`z harbiy konsepsiyalari bo`yicha fikr almashib turadilar; 2.Ikkala tomon ham ijtimoiy, iqtisodiy sohada kadrlar tayyorlashda hamkorlikni rivojlantiradilar. 3.Har bir tomon o`z xalqlarini boshqa tomonning ilmiy-texnikaviy,madaniy yutuqlari bilan tanishtirishga harakat qiladi. 4.Tomonlar o`z fuqarolarining ikki davlat o`rtasida borish kelishlarini yaxshilash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratib beradilar3. Amir Temur hazratlari 660 yillik yubileyining 1996-yil 21-24-aprel kunlari Fransiya poytaxti jahon madaniyati sarvari bo`lgan Parij shahrida YUNESKO tashabbusi va rahbarligida nishonlanishi, unda O`zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning ishtirok etishi va nutq so`zlashi ulkan voqeaga aylandi. YUNESKO qarorgohida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi”‘ mavzuida xalqaro konferensiya va ko`rgazma uyushtirildi. O`zbek san`at ustalari Parijdagi ‘ Odson‘ teatrida konsert dasturlarini namoyish etishdi. YUNESKO bosh direktori Federiko Mayor mazkur 1Karimov I.A.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.-T.”O`zbekiston”,1996.-B,175. 2 Karimov I.A.Bunyodkorlik yo`lida.-T.:”O`zbekiston”,1996.-B,40. 3Tyurikov.V,Shog`ulomov.R.Istiqlol yilnomasi.-T.:”O`qituvchi”,2-kitob.2001.-B,525. https://scientific-jl.com 3 9 61-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali tashkilot kengashining 149-sessiyasida O`zbekiston Prezidentiga so`z bera turib, o`zbek xalqi, uning ko`p ming yillik madaniyatini astoydil yaxshi ko`rib qolganini,shunday mashaqqatli o`tish davrida mamlakatni boshqarayotgan inson irodasiga qoyil qolmay iloji yo`qligini alohida ta`kidlagan edi. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini qayta tiklashdagi xizmatlari uchun F.Mayorga “Do`stlik”‘ ordeni topshirildi4. Bunday yuksak ehtirom har ikki mamlakat uchun samarali hamkorlikning bir ko`rinishi sifatida e`tirof etildi. Fikrimiz tasdig`ini yana Fransiyaning qadimiy shaharlaridan biri Klermon-Ferrandada 1996-yil 13-iyulda “Ipak yo`li”‘ nomli ko`rgazmaning ochilishida ko`rish mumkin.Ko`rgazmada xorijlik say
Доказательный фрагмент
«This article is devoted to the historical relations between Uzbekistan and France, their diplomatic cooperation, trade and economic relations, and cultural relations, and their content.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is devoted to the historical relations between Uzbekistan and France, their diplomatic cooperation, trade and economic relations, and cultural relations, and their content. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Sosiyete Jeneral”, “Syukden kerri”, Ryuyel-Malmezon, ”Bung”, TASIS, “Ipak yo`li”., Kalit so`zlar: “Kredi Kommersial de Frans”, ”Ron pulek”, ”Elf akiten”, “Odson”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026