Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INKLYUZIV TAʼLIMNING JAMIYATDAGI OʻRNI
Nazarova Nigora Erdoshovna
Исследователь · 2026
Аннотация
Siz ushbu maqolani oʻqish davomida inklyuziv taʼlim haqida toʻliq maʼlumot, uning ijobiy va salbiy tomonlari, kelajakda bu oʻqitish metodi samarali boʻla oladimi va tajribalar haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlasiz. Kalit soʻzlar: inklyuziv taʼlim, imkoniyati cheklangan, qonunchilik, Infratuzilma, Jamiyatimiz faxri boʼlgan yoshlarning qanchalik sogʻlom boʻlishi kelajak uchun muhim hisoblanadi. Chunki sogʻlom avlod yetuk va barkamol kadr boʻlib yetishadi . Hozirgi kunda taʼlim sohasiga inklyuziv taʼlim yoʻnalishi kirib keldi . Aslida bu yoʻnalishning mazmuni qanday? Inklyuziv ta’lim — barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir. Bolalarning qobilyatlaridan va holatidan qat’i nazar ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etilishi kerak. Bu ta’limda ko’proq o’qishda, o’rganishda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlanadi. Umuman olganda , inklyuziv ta’lim umumiy ta’limni rivojlantirish jarayoni bo’lib, u barcha uchun ta’limning mavjudligini nazarda tutadi, bu alohida ehtiyojli bolalarning ta’lim olish imkoniyatini ta’minlaydi.Nima uchun imkoniyati cheklangan bolalar o’z uylaridan, ota- onalaridan, yaqinlaridan uzoqda maxsus ixtisoslashtirilgan maktablarda o’qishlari kerak? Ularning ham o’z uylaridan, ota-onalarining bag’ridan o’z uylariga yaqin bo’lgan maktablarda ta’lim olishga haqlari bor. Inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari: Imkoniyati cheklangan bolalarning sog’lom bolalar qatorida erkin ta’lim olishi va bolalar o’rtasida o’zaro hurmat va hamjihatlikni shakllantirish va ularni ijtimoiy muhitdan uzilib qolmasligini ta’minlash. Inklyuziv ta’limning imkoniyati cheklangan bolalar uchun afzalliklari: Boshqa bolalar bilan teng ravishda jamiyatga qo’shilish qobiliyati;Sifatli ta’lim olish hamda kelajakda Universitetlarda o’qish, o’zi xohlagan kasbni tanlash va mana shu kasb doirasida ishlash, jamiyatning to’laqonli va mustaqil a’zosi bo’lish imkoniyati; Ikkinchisining ijtimoiy moslashuvini ta'minlash uchun sog'lom bolalar va maxsus ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalarni birgalikda o'qitish zarur.Inklyuziv maktabgacha ta'lim nogironlarga nisbatan bag'rikenglikni tarbiyalashga yordam beradi, https://scientific-jl.com 8 4 61-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali chunki go'daklar hali ham boshqalar kabi tug'ilmagan tengdoshlariga nisbatan dushmanona xurujlarga ega emaslar. Jahon tajribasi shuni tasdiqlaydiki, qo'shma guruhlarda o'qiyotgan maktabgacha yoshdagi bolalar yanada yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Bu sog'lom bolalarga ham, alohida ehtiyojli bolalarga ham tegishli.Maktablarda inklyuziv ta'limning afzalliklari yaqqol ko'rinib turgan bo'lsa-da, kamchiliklari sezilarli va ularni hal etish qiyin. Kerakli jihozlarni sotib olish, o'quv binolarini qayta qurish, o'qituvchilar va psixologlarni tayyorlash uchun moliyaviy bazaning etishmasligi bu turdagi ta'limni deyarli imkonsiz qiladi. Biroq, har yili vaziyat juda tez bo'lmasa ham, yaxshilanmoqda. Ushbu sohada qiyinchiliklar tomonlari juda koʻp. Jumladan, oʻqituvchi boʻlishning oʻzi yetarli boʻlmaydi. Siz bir vaqtning oʻzida pedagog, psixolog va tibbiy tomonlama ham bilimga ega boʻlishingiz lozim. Chunki bu oddiy taʼlim yoʻnalishi emas. Bunda pedagogda kuchli sabr va matonat talab qilinadi. Misol keltirib aytishimiz mumkinki, bolada yuz beradigan har bir holat uchun oʻqituvchi tayyor tura olish kerak. Bola toʻsatdan asabiy holatga tushib qolishi mumkin. Yoki uni kasalligini yuzaga chiqishi mumkin. Bu albatta kasallik turiga bogʻliq. Ijobiy tomonlama oʻylab qarasak, bu soha rivoj topsa yetuk shaxslar yetishib chiqadi. Chunki imkoniyatlari cheklangan bolalar psixologik tomondan ancha kuchli boʻlishida. Baʼzi sogʻlom insonlarga nisbatan. Tanganing ikkinchi tomonini ham oʻylab koʻrsak, bu yoʻnalish hali tajribadagi jarayon boʻlib, hali toʻlaqonli amalga oshirish kerak deyish qiyin . Chunki bu sohada amalda bajarib koʻrilmagan. Buning oqibatlari oʻylab chiqilmoqda. Chunki bu taʼlim yoʻnalishini hali hech bir pedagogda toʻllq maʼlumotlar yoʻq . Yaʼni avval nazariy bilim keyin esa tajriba oshirib , amaliyotda qoʻllab taʼlim beradigan oʻqituvchilarni tayyorlash jarayoni boʻlmoqda. Agar bu jarayondan oliy maʼlumotli ustozlar yetishib chiqsa, bu sohada katta rivojlanish va oʻzgarish boʻlishi kutilmoqda. Aslida bu taʼlim jarayoni oddiy bilim berishdan ancha farqli va zavqliroq.Chunki u turdagi bolalarga bilim berish ancha mashaqqat talab etadi. Bu sohada yaxshilanishni boʻlsa, yaqin 10 yillikda ushbu soha uchun qoʻshimcha binolar va ustozlarni tashkil etiladi. Inklyuziv ta’limni kelajakda rivojlantirish uchun quyidagi muhim chora- tadbirlarni amalga oshirish lozim: 1. Qonunchilik va siyosatni takomillashtirish Inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlaydigan qonun va me’yoriy hujjatlarni yangilash. Maxsus ehtiyojli bolalar huquqlarini ta’minlaydigan strategiyalar ishlab chiqish.
Доказательный фрагмент
«Siz ushbu maqolani oʻqish davomida inklyuziv taʼlim haqida toʻliq maʼlumot, uning ijobiy va salbiy tomonlari, kelajakda bu oʻqitish metodi samarali boʻla oladimi va tajribalar haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlasiz.»
Образец извлечения
Демо-превьюSiz ushbu maqolani oʻqish davomida inklyuziv taʼlim haqida toʻliq maʼlumot, uning ijobiy va salbiy tomonlari, kelajakda bu oʻqitish metodi samarali boʻla oladimi va tajribalar haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlasiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qonunchilik, Infratuzilma, imkoniyati cheklangan, Kalit soʻzlar: inklyuziv taʼlim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025