Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSTAQILLIK YILARIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI KATTA GURUH YOSHIDAGI BOLALARDA VATAN TUYG’USI TUSHUNCHALARINI SHAKILLANTIRISHNING PEDOGOGIK HUSUSIYATLARI
TUSHUNCHALARINI SHAKILLANTIRISHNING PEDOGOGIK · San’atxon Toxirovna Razzoqova
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida katta guruh yoshidagi bolalarda Vatan tuygʻusini shakllantirishning pedagogik xususiyatlari yoritilgan. Bolalarda milliy qadriyatlarni anglash, yurtga muhabbat uygʻotish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash metodlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida pedagogik yondashuvlar, ta’lim metodlari va samarali mashgʻulotlar tahlil etilgan. Kalit so’zlar: Maktabgacha ta’lim, Vatan tuygʻusi, Pedagogika, Vatanparvarlik, Ta’lim metodlari, Milliy qadriyatlar. KIRISH. Maktabgacha ta’lim bosqichi bola shaxsining shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, bu davrda bolalarda Vatan tuyg‘usini shakllantirish pedagoglarning ustuvor vazifalaridan biridir. Vatanparvarlik tarbiyasi orqali bolalar o‘z yurtini sevish, uni asrash va milliy qadriyatlarini hurmat qilish kabi xislatlarni egallaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari katta guruh yoshidagi bolalarda Vatan tuygʻusini shakllantirish jarayonini ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan o‘rganish, bu boradagi samarali metod va yondashuvlarni tahlil qilish, shuningdek, milliy qadriyatlarni bolalar ongiga singdirishning pedagogik asoslarini aniqlash bugungi maktabgacha ta’lim sohasining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan ushbu maqolaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • Maktabgacha yoshdagi bolalarda Vatan tuygʻusini shakllantirishning nazariy asoslarini o‘rganish va tahlil qilish; • Bolalarda vatanparvarlik hissini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik metod va uslublarni aniqlash; • Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida milliy qadriyatlar asosida vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish; • Bolalarning yurtga bo‘lgan muhabbatini mustahkamlashga qaratilgan ta’lim- tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil etish yo‘llarini tavsiya qilish; • Maktabgacha ta’lim tizimida Vatan tuygʻusini shakllantirishning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. https://scientific-jl.com 1 1 3 61-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI. Mazkur yo‘nalishda dastlabki ilmiy izlanishlar bir qator pedagog olimlar tomonidan olib borilgan bo‘lib, ular maktabgacha yoshdagi bolalarda vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirishga oid nazariy va amaliy asoslarni o‘rganishga qaratilgan. Jumladan, Raximkulova M.B. maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik tarbiyasida vatanparvarlik tuyg‘ularining o‘rni, Tilyabova N. maktabgacha ta’lim tizimida axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari, shuningdek, milliy qadriyatlar asosida tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlari alohida e’tiborga loyiq. Ushbu tadqiqotlarda bolalarning Vatanga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda didaktik vositalar, tarbiyaviy faoliyat turlari, pedagogik yondashuvlar muhim omil sifatida ko‘rib chiqilgan. Biroq bu tadqiqotlarning aksariyatida vatanparvarlik tarbiyasi umumiy tarzda, nazariy asosda yoritilgan. Ayniqsa, katta guruh bolalarida “Vatan tuygʻusi” tushunchasining shakllanishi jarayonida qo‘llaniladigan aniq pedagogik metodlar, bosqichma-bosqich yondashuvlar va individual rivojlanish xususiyatlari chuqur tahlil qilinmagan. Shu bois, bugungi kunda aynan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarda vatan tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan tizimli va ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish dolzarb ilmiy- pedagogik masala sifatida e’tirof etiladi.Bolalarda Vatan tuygʻusini shakllantirishda quyidagi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq: • O‘yin texnologiyalari – Vatan haqida qiziqarli o‘yinlar tashkil etish orqali milliy qadriyatlarni bolalarga singdirish. • Tasviriy san’at – bolalarga vatanparvarlik mavzusida rasmlar chizdirish orqali ularning badiiy tafakkurini rivojlantirish. • Badiiy adabiyot va ertaklar – milliy ertaklar, dostonlar va hikoyalar orqali Vatan haqidagi tushunchalarni shakllantirish. • Sayohatlar va ekskursiyalar – tarixiy joylarga sayohat uyushtirish orqali bolalarning Vatan haqidagi tasavvurlarini boyitish. NATIJALAR VA MUHOKAMA. Inson uchun eng oliy qadriyat – bu uning Vatani. Vatan har bir inson uchun muqaddas boʻlib, uning ravnaqi, obodligi va gullab- yashnashi uchun barchamiz masʼulmiz. Shu boisdan, har bir inson, avvalo, Vatan kelajagini oldindan koʻra bilishi, uni mustahkamlash, rivojlantirish va unga sadoqat bilan xizmat qilishga asosiy eʼtiborni qaratishi lozim. Chunki Vatan taqdirini oldindan his etish, uning taraqqiyotiga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni bartaraf etishda muhim omil hisoblanadi. Vatanparvarlik bilim – bu vatanimizga nisbatan ichki xulq-atvorni shakllantirishni tashkil etadi. Yuksak vatanparvarlik bilimga ega boʻlgan har bir jamiyat aʼzosi oʻz faoliyatida vatanga boʻlgan munosabatlari orqali uning salomatligi va farovonligini taʼminlashga hissa qoʻshadi. Demak, vatanparvarlik bilim avvaldan https://scientific-jl.com 1 1 4 61-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida katta guruh yoshidagi bolalarda Vatan tuygʻusini shakllantirishning pedagogik xususiyatlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida katta guruh yoshidagi bolalarda Vatan tuygʻusini shakllantirishning pedagogik xususiyatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Milliy qadriyatlar., Kalit so’zlar: Maktabgacha ta’lim, Vatanparvarlik, Ta’lim metodlari, Pedagogika, Vatan tuygʻusi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024