Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSTAQILLIK YILLARIDA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI KATTA YOSHDAGI GURUH BOLALARIDA EKOLOGIK TUSHUNCHALARNI SHAKILLANTIRISH MAZMUNI
TUSHUNCHALARNI SHAKILLANTIRISH MAZMUNI · Mamajonova Nozilaxon Abdullajon qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqola ekologik ta’limning bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada ekologik tushunchalar, tabiatni muhofaza qilish, ekologik ongni shakllantirish metodlari va bolalarda ekologik mas’uliyatni rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, bolalarda ekologik bilimlarni shakllantirish jarayonida tarbiyachilarning metodik yondashuvlari, ekologik faoliyatning tarbiyaviy ahamiyati va ekologik etikaning roli keltirilgan. Maqola ekologik ta’lim va tarbiya orqali bolalarning tabiatga nisbatan ongli va mas’uliyatli munosabatini rivojlantirishning zarurligini ta’kidlaydi. Ekologik ta’limning muvaffaqiyatli tashkil etilishi nafaqat ilmiy, balki axloqiy va estetik jihatlarni ham o‘z ichiga oladi, bu esa bolalarni tabiatni asrab-avaylashga, uning resurslaridan oqilona foydalanishga undaydi. Kalit so’zlar. ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, barqaror rivojlanish, ekologik ong, tabiatni muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik muvozanat, iqlim o‘zgarishi, yashil texnologiyalar, biologik xilma-xillik. KIRISH. So’ngi yillarda dunyo miqyosida ekologik muammolar, tabiiy resurslarning kamayishi, iqlim o’zgarishi va atrof-muhitga ta’sir ko’rsatuvchi boshqa salbiy omillar kuchayib borayotganligi sir emas. Ko’plab davlatlar va jahon miqyosida ekologik inqirozlar va tabiatning barqarorligini ta’minlash masalalari global muammolarga aylanmoqda. Bu holatlar atrof-muhitni saqlash va tabiatni muhofaza qilish borasida ijtimoiy ongni shakllantirish zaruratini oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida katta yoshdagi bolalarda ekologik tushunchalarni shakllantirish ekologik mas’uliyatni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologik tarbiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori (2017 yil 18 aprel) mamlakatda ekologik tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjat bo’lib, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ekologik ongini shakllantirishga e’tibor qaratadi. Ushbu qaror ekologik ta’limni kuchaytirish, ekologik bilimlarni bolalarga erkin va o’zlashtiradigan tarzda berish hamda tabiatga bo’lgan mas’uliyatli munosabatni shakllantirishni taqozo etadi. Mazkur qaror, maktabgacha ta’limda ekologik tushunchalarni bolalar ongida shakllantirishni zaruriy yo’nalish sifatida https://scientific-jl.com 1 1 8 61-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali belgilaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik bilimlarni berish orqali, ularni atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli, ongli va tabiiy resurslarni asrashga bo’lgan hurmatini shakllantirish muhim vazifalardan biridir. Bu jarayonda pedagoglar ekologik tarbiyaning barcha jihatlarini e’tiborga olib, bolalar bilan ishlashda samarali metod va texnikalardan foydalanishlari lozim. ADABIYOTLAT TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI. Maktabgacha ta’lim muassasalarida katta yoshdagi guruh bolalarida ekologik tushunchalarni shakllantirishga oid dastlabki tadqiqotlarda ekologik tarbiyaning rivojlanishi va uning metodik asoslari alohida o‘rin tutadi. Xususan, ekologik tarbiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida Рахимкулова М.Б.. Расулова М., Абдуллаева Д., Охунжонова С. kabi ilmiy tadqiqotlari ekologik tushunchalarni shakllantirish va ekologik ongni rivojlantirishda muhim ilmiy asoslarni taqdim etadi. Ushbu tadqiqotlarda bolalar tarbiyasida ekologik tushunchalar va uning shakllanishiga e’tibor qaratilgan. Yuqoridagi tadqiqotlar ekologik tarbiyaning turlari, metodikasi va pedagogik yondashuvlarini tahlil qilishda ahamiyatli bo‘lgan bo‘lsa, maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tushunchalarni shakllantirishning nazariy asoslari faqatgina ma’lum tadqiqotlarda keng yoritilgan. Mazkur sohada ekologik tarbiyaning metodik va psixologik jihatlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ekologik tushunchalarni shakllantirish, ayniqsa, tabiiy resurslarga bo‘lgan hurmatni, atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatni va ekologik ongni rivojlantirish maqsadida zaruriy pedagogik usullarni belgilashda alohida ahamiyatga ega. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiy, tizimlashtirish, xronologik va qiyosiy tahlil kabi metodlaridan foydalanildi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tushunchalarni shakllantirish jarayonida pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlar, arxiv materiallari va tajribalar nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan. Tadqiqotlarda foydalanilgan manbalardan olingan ma’lumotlar ekologik tushunchalarni shakllantirishda xolisona yondashuvni ta’minlashni talab etadi. NATIJALAR VA MUHOKAMA. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Respublika Birinchi Prezidenti I.A. Karimov, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, aholi e’tiborini tabiatni muhofaza qilish va ekologik muvozanatni tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni samarali amalga oshirishni davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb e’tirof etd
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola ekologik ta’limning bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola ekologik ta’limning bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ekologik ong, atrof-muhit muhofazasi, iqlim o‘zgarishi, yashil texnologiyalar, Kalit so’zlar. ekologiya, biologik xilma-xillik., tabiatni muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash, barqaror rivojlanish, ekologik muvozanat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026