Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA TIL O’RTASIDAGI MUNOSABAT
Abdurahmonova Sarvinoz
Исследователь · 2026
Аннотация
This article discusses the close relationship between language and computers, and the emerging field of machine translation. It also discusses the advantages and disadvantages of machine translation. Keywords: Language, computer, machine translation, idioms, globalization. Til - xalq madaniyatining koʻzgusi, uning boshqa millatlar, xalqlar qatorida mavjud ekanining asosiy belgisi. Shuningdek, til doim harakatda, u hech qachon rivojlanishdan taraqqiyotdan to'xtamaydi. Tilning rivojlanishi uchun har bir davrda o'ziga xos omillar asosiy rol o'ynagan. Misol uchun, 13-14-asrlarda ispan, fransuz hamda ingliz tillarining keng tarqalishi hamda o'z so'zlashuv doirasining kengaytirishini bosqinchilik hamda mustamlakachilik siyosatiga bog'lash mumkin. Biroq 21-asr - axborot texnologiyalari asri. Bugungi dunyoda texnika barq sur'ati bilan o'sib bormoqda. Xo'sh til va kompyuterning oʻzaro qanday bogʻliqligi mavjud? Tilning eng xavfli va og'riqli nuqtasi uning o'limidir. Vaqt har bir narsani iskanjasiga olganidek, har qanday tilga ham o'z tahdidini oʻtkazmoqchi boʻladi. Lekin bu tahdidlar toʻriga tushib qolmaslik uchun tilga kompyuter va axborot texnologiyalari yordam qo'lini cho'zadi. Kompyuter shunday xotiraga egaki, unga oʻrgatgan, joylagan maʼlumotlaringiz o'zingiz uni o'chirib tashlamaguningizcha har qancha vaqtga qadar, hatto abadiy o'z xotirasida saqlab turaveradi. Shuning uchun ham hozirgi kun tilshunos olimlari o'z tillarining o'lim xavfini yo'qotishi uchun texnologiyalardan unumli foydalanmoqda. Masalan, ingliz tilini har qanday tarmoq va sayt taniydi, yaʼni ma'lumot izlasangiz, ingliz tilida xohlagan faylingizni yoxud axborotingizni chiqarib bera oladi. Boshqa bir tomondan, kompyuter texnologiyalari va tilning oʻzaro bog'liqligi shundaki, barq sur'ati bilan rivojlanib borayotgan mashina tarjimasi koʻpchilik lingvistlarning, hatto oddiy qatlam vakillarining ham diqqat markazida. Chunonchi, aksariyat insonlar mashina tarjimasining muvaffaqiyatlarini alohida ta'kidlasa, ayrimlar uning foydasidan koʻra zararlari, ya'ni yechish amrimahol bo'lgan https://scientific-jl.com 2 2 4 61-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali muammolari talaygina, deb ta'kidlaydi. Xoʻsh, aslida, mashina tarjimasining insoniyat uchun afzal jihatlari ko'proqmi yoki noafzal? 21-asr - texnologiyalar asri ekanligini inobatga olgan holda tilning, tarjimonlikning taraqqiyotini kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur eta olmaymiz. Binobarin, kompyuter lingvistikasining poydevori - tamal toshi mashina tarjimasi ham texnologiyalarga asoslanadi. Mashina tarjimasi (Machine Translation, MT) — bu bir tilni boshqasiga avtomatik tarzda tarjima qilish jarayonini anglatadi. Avvalo, mashina tarjimasi haqidagi loyiha 1836-1848-yillarda ilgari surilgan va bugunga qadar 150 yildan koʻproq vaqt mobaynida juda ko'p yutuqlarga erishdi va nafaqat tilshunoslar, balki oddiy aholi, ayniqsa til o'rganuvchilar uchun nihoyatda qimmatli manbalardan biriga aylandi. Ommaviy axborot vositalarining rivojlanganligi sababli biz mashina tarjimasi va uning ba’zi turlari haqida ma’lumotga egamiz hamda ularni kundalik sharoitda foydalanamiz. Jumladan, hozirgi kunda mashina tarjimasining quyidagi turlari hammaga ma’lum va mashhur: 1. Statik mashina tarjimasi (Rule-based Machine Translation, RBMT) - bu tizim tilga oid qoidalar va lug‘atga asoslangan tarjimani amalga oshiradi. Qoidalar yordamida bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish mumkin. 2. Statistik mashina tarjimasi (Statistical Machine Translation, SMT) - bu usul katta hajmdagi matnlar va tarjimalar asosida statistik modellarni yaratadi va ma'lumotlarni taqqoslashga asoslanadi. 3. Neural mashina tarjimasi (Neural Machine Translation, NMT) - bu eng ilg‘or usul bo‘lib, neyron tarmoqlarni (sun'iy intellekt) qo‘llaydi. U kontekstni yaxshiroq tushunish va yanada tabiiy tarjimalar yaratish imkonini beradi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, mashina tarjimasining eng katta qulayligi insonlarning qimmatbaho xazinasi - vaqtini tejaydi. Masalan, mashina tarjimasi ishlab chiqarilganidan oldin matnlar, kitoblar mutarjimlar, yaʼni tarjimonlar vositasida amalga oshirilgan va bu anchagina vaqtdan tashqari, ko'p mablagʻni ham talab qilgan. Negaki, tarjimonlar sarflagan vaqti va mehnati uchun haq olgan, albatta. Biroq hozirgi kunga kelib xohlagan tarjimon saytlaridan, xususan, Google translate saytidan bepul foydalanish mumkin hamda u orqali istagan matnimizni istalgan tilga juda katta tezlikda tarjima qila olamiz. Jumladan, mashina tarjimasi tarjimon hamda olimlarning ishini ancha osonlashtirdi, chunki tarjimonlar katta fayl, kitob, darslik, qoʻllanmalarni mashina tarjimasi yordamida juda tez, oson, eng muhimi hech qanday mablag'larsiz tarjima qilmoqda va uning uslubiy, morfologik, leksik xatolarini tahlil qilib, vaqtdan yutish imkoniga ham ega. Tarozining ikkinchi pallasiga nazar tashlasak, mashina tarjimasining ham katta muammolarini koʻrishimiz mumkin. Avvalambor, mashina tarjimasi soʻzlarni,
Доказательный фрагмент
«This article discusses the close relationship between language and computers, and the emerging field of machine translation.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the close relationship between language and computers, and the emerging field of machine translation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Language, computer, machine translation, idioms, globalization, kompyuter, Kalit so’zlar: Til, globallashuv., mashina tarjimasi, iboralar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026