Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARDA BIOFIZIK VA EKOLOGIK TA’LIMNI SHAKLLANTIRISH USLUBI
SHAKLLANTIRISH USLUBI · Mavlonov Ulug’bek Mirzoqulovich · Shamsiyeva Dildora To`yboy qizi · Avezov Ismoil Yoshuzoq o’g’li
Исследователь · 1 · 2026
Аннотация
В данной статье научно обоснован подход к формированию био-физических и экологических знаний и навыков у школьников. Подчёркнута необходимость интеграции физики и биологии, использования интерактивных методов обучения, проектной деятельности, лабораторных работ для развития у учащихся научного мышления, экологического сознания и аналитических способностей. Рассмотрено влияние физических законов на живые организмы, межпредметное объяснение природных явлений, роль внеклассной работы в экологическом воспитании и вопросы педагогической эффективности. Kalit so’zlar: Biofizika, ekologik ta’lim, integratsiyalashgan yondashuv, interfaol metodlar, laboratoriya ishlari, ekologik tafakkur, darsdan tashqari mashg‘ulotlar, loyiha asosida o‘qitish, tabiatni muhofaza qilish, ilmiy tahlil. Ключевые слова: Биофизика, экологическое образование, интегрированный подход, интерактивные методы, лабораторные работы, экологическое мышление, внеклассные занятия, проектное обучение, охрана природы, научный анализ. XXI asrda insoniyat hayotida ilm-fan, texnologiya va ekologiya o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘zining keskin ifodasini topmoqda. Tabiat bilan uyg‘un yashash, ekologik muammolarni hal qilish, biotexnologiyalarni to‘g‘ri tushunish uchun yosh avlodda ilmiy dunyoqarash, ayniqsa biofizik va ekologik tafakkur shakllanishi zarur. Shu https://scientific-jl.com 2 3 6 61-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali nuqtayi nazardan olib qaralganda, o‘quvchilar ongida biofizik va ekologik bilimlarni uyg‘unlashtirib berish bugungi ta’limning eng dolzarb masalalaridan biridir. Biofizika — biologik tizimlarda sodir bo‘ladigan fizik jarayonlarni o‘rganuvchi fandir. U nafaqat biologiya va fizika fanlarini uyg‘unlashtiradi, balki tirik organizmlarning harakat, ozuqlanish, sezgi va energiya almashinuvi kabi murakkab jarayonlarini fizika qonunlari asosida tushuntiradi. O‘quvchilarda bu yo‘nalishga oid bilimlarni shakllantirish ularning ilmiy tafakkurini chuqurlashtirib, tabiat hodisalarini kompleks yondashuvda tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Zamonaviy ta’lim metodikasi o‘quvchini passiv tinglovchi emas, balki faol izlanuvchi va yaratuvchi sifatida shakllantirishga qaratilgan. Shu maqsadda biofizik va ekologik ta’limni tashkil etishda ma’ruza, laboratoriya ishi, loyiha faoliyati, darsdan tashqari kuzatish va tajriba asosidagi yondashuvlar dolzarb ahamiyatga ega. Ayniqsa, “binar dars” shaklida fizika va biologiya o‘qituvchilari birgalikda dars olib borganida o‘quvchi bilimni integral ravishda egallaydi. Masalan, tovush to‘lqinlari mavzusi doirasida inson eshitish organlarining tuzilishi, eshitishning fizik mexanizmi va biologik sezgirligi haqida beriladigan darslar o‘quvchilarda nafaqat nazariy bilimni, balki hayotiy tushunchalarni shakllantiradi. Biofizik ta’limni kuchaytirishda laboratoriya ishlarining o‘rni beqiyos. Ayniqsa, o‘simliklarning elektr toki ta’sirida o‘sishi va rivojlanishini o‘rganish, tuproq eritmasining ion tarkibini aniqlash, harorat, namlik, yorug‘likning o‘simlik fiziologiyasiga ta’siri bo‘yicha o‘tkaziladigan sinovlar orqali o‘quvchi tabiatdagi muvozanat va energiya almashinuvi haqida chuqur tushunchaga ega bo‘ladi. Misol uchun, g‘o‘zani elektr toki yordamida oziqlantirish tajribasi — o‘simlik fiziologiyasi, elektrokimyoviy ta’sirlar va ekologik muvozanatni o‘rganishga asos beradi. Ushbu tajribada tok kuchining zichligi, elektrod materiali, ionlarning harakatchanligi kabi fizik omillar bevosita biologik ob’ektga ta’sir qiladi. Bu esa darsni faqat nazariy emas, balki eksperimental asosda olib borish zaruratini ko‘rsatadi. Ekologik ta’limni shakllantirishda loyihaviy faoliyat eng muhim pedagogik vositadir. O‘quvchilar ekologik muammolarni aniqlash, tahlil qilish va ularni hal etish bo‘yicha mustaqil faoliyat olib boradilar. Masalan, “fizika qonunlarining gemodinamikaga ta’siri” mavzusidagi loyiha orqali o‘quvchilar yurak faoliyati, qon oqimi, bosim, zichlik, oqim tezligi kabi fizik kategoriyalarni biologik jarayonlarga tatbiq etib o‘rganadilar. Shu tariqa, o‘quvchi organizm faoliyatini fizik mezonlar orqali tahlil qiladigan ko‘nikmaga ega bo‘ladi. Loyihaviy ta’limning natijasi sifatida o‘quvchilar tomonidan grafikalar, jadval, taqdimotlar va hisobotlar tayyorlanadi, bu esa bilimlarning hayotga tadbiqini mustahkamlaydi. Biofizik va ekologik ta’lim faqat dars jarayonida emas, balki darsdan tashqari faoliyatlar orqali ham rivojlantiriladi. Maktab mikrotajriba uchastkalari, bog‘lar, fermalar, laboratoriyalar va ekologik markazlarda o‘tkaziladigan kuzatuvlar, https://scientific-jl.com 2 3 7 61-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali tadqiqotlar, tajribalar orqali o‘quvchilarning tabiatga bo‘lgan qiziqishi ortadi, ekologik madaniyati shakllanadi. Harorat, shamol, atmosfera bosimi, nurlanish darajasi, suv ifloslanishi kabi omillarni o‘lchash va ularning tirik organizmlarga ta’sirini tahlil qilish orqali o‘quvchi ekologik muamm
Доказательный фрагмент
«В данной статье научно обоснован подход к формированию био-физических и экологических знаний и навыков у школьников.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье научно обоснован подход к формированию био-физических и экологических знаний и навыков у школьников. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Биофизика, экологическое образование, ekologik ta’lim, darsdan tashqari mashg‘ulotlar, Kalit so’zlar: Biofizika, laboratoriya ishlari, tabiatni muhofaza qilish, interfaol metodlar, loyiha asosida o‘qitish, ilmiy tahlil., integratsiyalashgan yondashuv, ekologik tafakkur
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026