К содержанию
РецензированоUZ2026

OʻZBEK TILIDA MAZA-TA’M BILDIRUVCHI SIFATLAR ETIMOLOGIYASI

talabasi Yusufova Nilufar Yunus qizi (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti) · assistenti Yusupov Sardor Shodi oʻgʻli (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti)

Исследователь · 2026

Аннотация

Oʻzbek tilida har bir soʻzning etimologiyasi muhim ahamiyatga ega. Bu maqolada oʻzbek tilidagi maza-taʼm bildiruvchi sifatlar yaʼni taom, ichimlik yoki boshqa narsalarning taʼmini bildiruvchi sifatlarning kelib chiqishi va tarixiy tuzilishlari, sifatlarning leksik maʼnolari haqida tahlillar mavjud. Unda “totli”, “achchiq”, “chuchuk”, “chuchmal”, “shoʻr”, “bemaza” kabi sifatlar etimologiyasi izohlanadi. Kalit soʻzlar. Maza-ta’m sifatlari, etimologiya, leksik maʼno, sifat soʻz turkumi, tarixiy tilshunoslik, leksikologiya. Shoʻr – “tarkibidagi tuz meʼyordan ortiq” maʼnosini anglatadi. Bu sifatdan oʻzbek tilida “shoʻrla” feʼli yasalgan [3: 268]. Oʻzbek tilida “shoʻr” degan sifat, asosan, yer yoki suvning holatini ifodalashda, taom va taʼmni ifodalashda ishlatiladi. Masalan: Shoʻr yerda dehqonchilik qilish qiyin. Bu taom juda shoʻr ekan. Chuchuk – “taʼmi shirin”. Misol: “oshga chuchuk behi emas, nordon behi solinadi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu sifat asli “shirin boʻl” maʼnosini anglatuvchi “suchi” feʼlidan -g qoʻshimchasi bilan yasalgan, keyinroq soʻz oxiridagi -g undoshi -k undoshiga, ikkinchi boʻgʻin boshidagi ch undoshining taʼsiri bilan soʻz boshlanishidagi s undoshi ch undoshiga, ikkinchi boʻgʻindagi i unlisi u unlisiga almashgan, soʻngra u unlilarining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: “suchi + g = suchig = suchuk = chuchuk” [1: 440]. “Chuchuk” sifati 2 xil maʼnoda ishlatilishi mumkin. Oʻz maʼnosida va koʻchma maʼnoda: Piyolada chuchuk suv bor (oʻz maʼnosida). Oʻktam ota chuchuk gapirdi (koʻchma maʼnoda). Bemaza. Bu sifat “yoʻq” maʼnosini anglatuvchi tojikcha be- old qoʻshimchasini asli “nordon-shirin taʼm” maʼnosini anglatadigan arabcha maza otiga qoʼshib hosil qilingan. Bu arabcha ot fors tili lugʻatida (mazz) shaklida keltirilib, “nordon-shirin” https://scientific-jl.com 7 1 61-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali maʼnosini, tojik tili lugʻatida esa, maza shaklida keltirilib, “taʼm” maʼnosini anglatishi aytilgan. “Bemaza” sifati oʻzbek tiliga tojik tilidan olingan; “taʼmi yoqimsiz” maʼnosini anglatadi. Bemaza sifatidan oʻzbek tilida -garchilik qoʻshimchasi bilan “bemazagarchilik” oti yasalgan boʻlib, “boʻlmagʻur xatti-harakat” maʼnosini anglatadi [3: 283]. “Bemaza” soʻzi adabiy va ogʻzaki nutqda keng qoʻllaniladi. Masalan: Shu gaping bemaza boʻldi. Chuchmal – “tuzi yoki shirasi meʼyoriga yetmagan, bemaza”. Masalan: Shakar ozroq solingan murabbo chuchmal boʻlib qolibdi. Bu sifat asli “shirin boʻl” maʼnosini anglatuvchi “suchi feʼlining kuchaytirish maʼnosini ifodalovchi -ma qoʻshimchasini olgan shaklidan -l qoʻshimchasi bilan yasalgan; keyinchalik s undoshi ch undoshiga almashgan, ikkinchi boʻgʻindagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan, u unlisining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: (suchi + ma = suchima) + L = suchimal, chuchimal, chuchmal [1: 440]. “Chuchmal” soʻzi koʻproq adabiy yoki ogʻzaki nutqda, baʼzida kinoya yoki hazil maʼnolarida ishlatiladi. Masalan: Film juda chuchmal chiqibdi (qiziq emas). Totli – “taʼmi yaxshi”, “mazali”. Masalan: Moling zotli boʻlsa, yemishing totli boʻlar (maqol). Bu sifat qadimgi turkiy tilda “taʼm-maʼza maʼnosini anglatuvchi “tat” oti va “- ligʻ” qoʻshimchasi bilan yasalgan. Oʻzbek tilida soʻz oxiridagi gʻ undoshi talaffuz qilinmay qoʻygan, i unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan. Tat + ligʻ, tatli, totli [1: 351]. “Totli” soʻzi hozirgi kunda juda kam ishlatiladi. U, asosan, adabiy tilda yoki shevada ishlatiladi. Onam har doim totli taomlar pishiradi. Achchiq – “tilni lobullatadigan, achitadigan”. Masalan: Ukam achchiq qalampirni chaynab yedi. Bu soʻz qadimgi turkiy tildadi achi feʼlidan -q qoʻshimchasi bilan yasalgan; oʻsha davrlardayoq “a:” unlisining choʼziqlik belgisi yoʻqolgan. Oʻzbek tilida “ch” undoshi qatlangan, i unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: achi + q = achiq, achchiq [1: 36]. Achchiq soʻzi oʻzbek tilida juda faol ishlatiladi va keng qoʻllaniladi. Bu soʻz nutqda ham yozma shaklda ham faoldir. Dadam achchiq ovqatni yoqtirmaydi. https://scientific-jl.com 7 2 61-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Xulosa qilib aytganda, oʻzbek tilidagi maza-taʼm bildiruvchi sifatlar nafaqat lingvistik, balki tarixiy jihatdan ham muhim ahamiyatga egadir. Ularning etimologiyasida sifatlarning yasalishi, lugʻaviy maʼnosi, qadimgi turkiy, forsiy, arabiy tillar bilan oʻzaro aloqalarni yaqqol namoyon etadi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Sh.Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati. 1-tom, Toshkent, Universitet, 2000, 600 b. 2. Sh.Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati. 2-tom, Toshkent, Universitet, 20009, 600 b. 3. Sh.Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati. 3-tom, Toshkent, Universitet, 20009, 283 b. 4. https://n.ziyouz.com/kutubxona/barcha-kitoblar?start=6 https://scientific-jl.com 7 3 61-son_5-to’plam_May-2025

Доказательный фрагмент

«Oʻzbek tilida har bir soʻzning etimologiyasi muhim ahamiyatga ega.»

Образец извлечения

Демо-превью

Oʻzbek tilida har bir soʻzning etimologiyasi muhim ahamiyatga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sifat soʻz turkumi, Kalit soʻzlar. Maza-ta’m sifatlari, leksik maʼno, leksikologiya., tarixiy tilshunoslik, etimologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники