К содержанию
РецензированоUZ2026

KROTOLARIA JUNCEA O‘SIMLIGINING BARGLARINI TURGOROSENTLIK VA SUV TAQCHILIGI DARAJASI

Eshimov Doniyor O‘tkir o‘gli · Sanakulov Akmal Lapasovich

Исследователь · 2026

Аннотация

There are many scientific studies being conducted around the world on non-traditional legumes, which are considered as the main solution to the problem of food security, which is considered urgent today. One of such crops is the Crotolaria juncea plant. This scientific article presents information about an experiment conducted to determine the turgor pressure and the level of water deficit in the leaves of the Crotolaria juncea plant. Keywords: Transpiration, turgor, wilting, water deficit, Crotolaria O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga ko‘ra oziq-ovqat va xom-ashyo beruvchi o‘simliklarni yetishtirish uchun qulay mintaqa hisoblanadi Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlarida oziq-ovqat ta’minoti masalasi ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Shu bilan birga eng asosiy muammolardan biri bu oqsil masalasi, ya’ni insoniyatning oqsilga bo‘lgan talabini qondirishdir. Bu masalani yechishda dukkakli- https://scientific-jl.com 8 9 61-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali don ekinlarining ahamiyati katta. Respublikamizda qishloq xo‘jaligi amaliyotida so‘nggi yillarda ekinlarni biologik xususiyatlarini e’tiborga olib, tuproq-iqlim sharoitiga mos ekinlar turi tanlanib almashlab ekish tizimlarida ekinlar strukturasini yangilab borish, hamda agrotexnologiyalarini ishlab chiqish orqali tuproq unumdorligini yaxshilash, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish natijasida yerlarning unumdorlik xususiyatlarini saqlash va oshirish, ekinlardan mo‘l va sifatli hosil yetishtirishda ma’dan o‘g‘itlarni tejalishi hisobiga paxta yetishtirishda ishlab chiqarish tannarxining kamaytirishga erishilmoqda Mintaqamiz uchun yangi introduksiya qilinadigan dukkakdoshlar oilasiga mansub Krotalariya(juncea) o‘simligi no’annaviy dukakli don ekinlari sirasiga kiradi. Krotalariya(juncea) o‘simligini biologik va fiziologik xususiyatlarini o‘rganish orqali o‘simlikning potensial imkoniyatlari, hosildorligi, biomasa va tuproqni azot bilan boyitish darajasini kashf qilamiz.Bizni talablarimizni qondira oladigan har qanday o‘simlikning mamlakatimizning iqlim va tuproq sharoitiga mos kelishini o‘rganish tatqiqotchi olimlar oldida turgan muhum vazifalardan biri dir. Ush bu maqolada Krotalariya(juncea) o‘simligi Samarqand viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitlarida barglarini turgorosentlik va suv taqchilik darajasi o‘rganildi. Madaniy o‘simliklarda tanasiga kirayotgan suv bilan sarflanayotgan suv miqdorining bir-biriga to‘g‘ri kelishi hosildorlikni oshishida muhim omil hisoblanadi. O‘simliklar tanasiga suvning kirishi va sarflanishi suv muvozanati deyiladi. Lekin yozning ochiq kunlarida quyosh nurlari ta’siridan transpiratsiya kuchayishi va o‘simlik qabul qilayotgan suv uning o‘rnini qoplay olmasligi natijasida nisbiy tenglik buziladi. Oqibatda, suv defitsitligi (taqchilligi) ro‘y beradi. Aksariyat hollarda defitsitlik 5- 10%ga teng bo‘ladi va o‘simliklarga ko‘p zarar qilmaydi, asosan, tush vaqtida bo‘ladigan bunday suv taqchilligi odatdagi hodisa hisoblanadi. O‘simlik uning ta’sirida transpiratsiya jadalligini tartibga solib turish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu suv taqchilligining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.[1] Transpiratsiya ham juda kuchayib ketganda, tuproqda suvning miqdori kamayib qolsa, o‘simliklarga kirayotgan suvning miqdori ham juda kamayib ketadi va o‘simliklarning suv muvozanati qattiq buziladi. Bu ayniqsa sutkaning eng issiq soatlarida sodir bo‘ladi. Suv taqchilligi ro‘y berganda barglar so‘lib va osilib qoladi. So‘ligan o‘simlik o‘z vaqtida suv bilan ta’minlansa, u yana (normal) turgor holiga qaytadi. O‘simliklar vaqtincha yoki uzoq vaqtgacha so‘lishi mumkin. Vaqtincha so‘lish havo juda issiq va quruq bo‘lganida ro‘y beradi. Ya’ni suv muvozanati buziladi, lekin kechga tomon transpiratsiya pasayib qolishi bilan o‘simlikka o‘tadigan suv miqdori bilan undan chiqib ketadigan suv miqdori yana baravarlashadi va o‘simliklar o‘zlarining avvalgi holatiga qaytadi. Vaqtincha so‘lish o‘simlikka ko‘p https://scientific-jl.com 9 0 61-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali zarar qilmasa ham hosilni kamaytiradi. Chunki bu paytda fotosintez va o‘sish to‘xtaydi. [3] Tuproqda suv miqdori kamayganda esa, so‘lish uzoq vaqtgacha davom etadi. Bunday holatda hujayralardagi suv kamchiligi tezda tiklanmaydi va hatto kechasi ham normal fiziologik jarayon boshlanmaydi. Kechasi tiklanmay qolgan suv miqdori qoldiq defitsit deyiladi. Bunday holga uchragan o‘simliklar ko‘proq zararlanadilar Uzoq davom etgan so‘lish qaytmas o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi va bunday hujayralar sug‘organdan keyin ham qurib qolishi mumkin.[1] So‘lish o‘simlikning, ayniqsa, yosh generativ organlariga ko‘proq ta’sir etadi. Gul organlarining shakllanishi kechikadi, generativ organlarning to‘kilishi kuchayadi va hosildorlik keskin kamayadi. Donli o‘simliklarda boshoqlar yaxshi yetilmaydi, donlar soni kam va puch bo‘ladi. G‘o‘zada esa shonalar, gullar va yosh ko‘s

Доказательный фрагмент

«There are many scientific studies being conducted around the world on non-traditional legumes, which are considered as the main solution to the problem of food security, which is considered urgent today.»

Образец извлечения

Демо-превью

There are many scientific studies being conducted around the world on non-traditional legumes, which are considered as the main solution to the problem of food security, which is considered urgent today. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Transpiration, turgor, wilting, water deficit, Crotolaria, turgorosentlik, so‘lish, suv taqchilik, Kalit so‘zlar: Transpiratsiya, krotolaria.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники