К содержанию
РецензированоUZ2026

MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYALAR

Turdaliyeva Dilshoda Xolbek qizi (Instituti Pedagogika fakulteti talabasi) · Yòldosheya Sojida Bahodir qizi (Instituti Pedagogika fakulteti talabasi)

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada milliy va umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati va ular o‘rtasidagi uyg‘unlik masalalari yoritilgan. Shuningdek, oila, ta’lim muassasalari va jamiyatning qadriyatlarni shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: qadriyat, milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviyat, tarbiya, yosh avlod, oila, ta’lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz... Bu vazifani amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz”, degan so‘zlari ham o‘tmish merosimizdan foydalanish zarurligini ko‘rsatadi. Yoshlar qalbi va ongiga milliylikni singdirish, ularni qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab qo‘yildi. Chunki hech bir mamlakatda xalqning milliy ruhini uyg‘otmay, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirmay, ularni shu ruhda tarbiyalamay turib, taraqqiyotning yuksak darajasiga ko‘tarilish mumkin emas. Insoniyat tarixi davomida ma’naviy qadriyatlar har bir jamiyatning asosiy tayanchlaridan biri bo‘lib kelgan. Har bir xalqning o‘ziga xos madaniyati, urf- odatlari, an’analari bo‘lganidek, umumiy insoniyatga xos bo‘lgan qadriyatlar ham mavjud. Bugungi globallashuv davrida milliy qadriyatlarni saqlab qolish va ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.Milliy qadriyatlar – bu muayyan millatga xos bo‘lgan, tarixiy tajriba asosida shakllangan, xalqning dunyoqarashi, madaniyati, tili, dini, urf-odati va an’analarida mujassam bo‘lgan axloqiy-me’yorlar to‘plamidir. Ular millatning o‘zligini saqlash, mustaqilligini mustahkamlash, yosh avlodni tarbiyalashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Misol uchun, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan mehmondo‘stlik, kattalarga hurmat, vatanparvarlik, halollik kabi qadriyatlar asrlar davomida shakllanib kelgan. https://scientific-jl.com 9 4 61-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Umuminsoniy qadriyatlar esa butun insoniyatga xos bo‘lgan, millati, irqi, dini va ijtimoiy maqomidan qat’i nazar, barchaga birdek tegishli bo‘lgan axloqiy-me’yor va tamoyillardir. Bular jumlasiga tinchliksevarlik, adolat, insonparvarlik, mehnatsevarlik, erkinlik, tenglik kabi qadriyatlar kiradi. Bu qadriyatlar jahon hamjamiyatida yashash, muloqot va hamkorlik qilishda muhim asos hisoblanadi.Har ikki qadriyat turi bir-birini inkor etmasdan, balki to‘ldiradi. Milliy qadriyatlar xalqning o‘zligini saqlasa, umuminsoniy qadriyatlar global dunyoda yashash madaniyatini shakllantiradi. Shu bois, ta’lim-tarbiya tizimida bu ikki qadriyatlar uyg‘unligini targ‘ib etish lozim. Masalan, bolalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish bilan birga, boshqa millat vakillariga hurmat bilan qarash, bag‘rikenglik va insonparvarlik g‘oyalarini singdirish muhimdir. Qadriyatlarni shakllantirishda oila birinchi muhim maktab hisoblanadi. Bola aynan oilada dastlabki qadriyatlarni o‘zlashtiradi. Ota-onaning harakati, munosabati va hayotiy pozitsiyasi farzandga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim tizimi esa bu jarayonni ilmiy asosda davom ettiradi. Maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalari orqali yoshlarga nafaqat fan-texnika bilimlari, balki ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar ham o‘rgatiladi.Milliy va umuminsoniy qadriyatlar jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lib, har bir xalqning tarixiy, madaniy va ijtimoiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. Bu qadriyatlar insonlarning dunyoqarashi, axloqiy qarashlari, kundalik turmush tarzi va bir-biriga bo‘lgan munosabatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Milliy qadriyatlar muayyan xalqning o‘ziga xos xususiyatlarini ifoda etuvchi, asrlar davomida shakllangan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’analar, urf-odatlar, diniy e’tiqodlar va madaniy me’yorlardan iboratdir. O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi, kattalarga hurmat, halollik, sabr-toqat, vatanparvarlik kabi xislatlari milliy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi. Bu qadriyatlar xalqning milliy o‘zligini saqlab qolishda, ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashda, yosh avlodni ma’naviy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalashda asosiy vositadir. Umuminsoniy qadriyatlar esa butun insoniyatga xos bo‘lgan, millati, dini, irqiy mansubligidan qat’i nazar, har bir inson tomonidan tan olinadigan va e’tirof etiladigan axloqiy-me’yoriy tamoyillardir. Insonparvarlik, adolat, tinchliksevarlik, bag‘rikenglik, erkinlik, tenglik, mehr-oqibat kabi qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. Bugungi globallashuv davrida bu qadriyatlar xalqlar o‘rtasida madaniy muloqot va o‘zaro anglashuvni kuchaytirish, turli millat vakillarining tinch-totuv yashashini ta’minlash uchun zaruriy asos hisoblanadi. Shuning uchun ham zamonaviy jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlar o‘rtasidagi uyg‘unl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada milliy va umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati va ular o‘rtasidagi uyg‘unlik masalalari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada milliy va umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati va ular o‘rtasidagi uyg‘unlik masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, Kalit so‘zlar: qadriyat, ta’lim, yosh avlod, oila, umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviyat, milliy qadriyatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники