Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA BADIIY MATN ORQALI INTEGRATSIYALAB O‘QITISHNING AHAMIYATI
INTEGRATSIYALAB O‘QITISHNING AHAMIYATI · Yuldasheva Nigora Sultanovna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article discusses the importance of an integrative approach in teaching elementary school students to analyze a literary text, reading, understanding, and analyzing a literary text, forming students' communicative abilities in this process, developing students' analytical thinking, aesthetic taste, and oral speech in interdisciplinary relationships, and broadening their worldview. Keywords: elementary education, literary text, analysis, integrative approach, interdisciplinary integration, methodology, oral speech, analytical thinking. Аннотация. В статье рассматривается значение интегративного подхода в обучении младших школьников анализу художественного текста, чтению, пониманию и анализу художественного текста, формированию коммуникативных способностей учащихся в этом процессе, развитию аналитического мышления, эстетического вкуса, устной речи учащихся в межпредметных связях, расширению их мировоззрения. Ключевые слова: начальное образование, художественный текст, анализ, интегративный подход, межпредметная интеграция, методика, устная речь, аналитическое мышление. Kirish. “Bugungi zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahliliy yondashish, estetik tafakkur va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan. 1 ” Bu jumla orqali zamonaviy ta’limning asosiy talablari va kompetensiyaviy yondashuvga asoslanganligi ko‘rsatilmoqda. . Mustaqil fikrlash va tahliliy yondashuv — XXI asr ko‘nikmalari ichida eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Estetik tafakkur — aynan badiiy matnlar vositasida shakllanadi. Chunki badiiy matnlar orqali o‘quvchi hayotni badiiy idrok qiladi, go‘zallik va yomonlik, yaxshilik va yovuzlik kabi tushunchalarni anglaydi. “Ayniqsa, boshlang‘ich sinfda o‘qitiladigan ona tili va adabiyot darslarida badiiy matnlarni chuqur tahlil qilish orqali o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish va madaniy ongini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.2” 1 Karimov B. (2021). Integratsiyalashgan ta’lim: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan. 2 Salimova N. (2022). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash metodikasi. – Samarqand. 683 May, 2025-Yil Bu fikr boshlang‘ich ta’limning o‘ziga xos jihatini yoritadi: o‘quvchilar hali o‘quv faoliyati odatlariga to‘liq ega bo‘lmagan, ammo tilda o‘sib borayotgan bosqichda turadi. Badiiy matnlar — tilning eng boy va ifodali shakli bo‘lib, ularni tahlil qilish orqali til o‘rganish jarayoni samaraliroq bo‘ladi. Madaniy ongni shakllantirish – bu adabiyotning tarbiyaviy funksiyasi. O‘quvchi matn orqali milliy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar bilan tanishadi. “Bu jarayonda integrativ yondashuv — ya’ni turli fanlar mazmunini o‘zaro bog‘lab, bir butun metodik asosda dars o‘rganish — pedagogik samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi.3” Bu yerda maqolaning asosiy tadqiqot yondashuvi – integrativ o‘qitishning qanchalar ahamiyatiga kattaligiga urg‘u berilmoqda. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. B.Myullerning yangi inglizcha va ruscha lug‘atida mazkur terminga quyidagicha ta’rif berilgan: «Integral – 1) muhim; 2) to‘la, butun, yaxlit integrallashgan, integrativ – to‘la va butun qilish, butunni tashkil qilish, o‘rtacha qiymati yoki umumiy miqdorini aniqlash; 3) mat.integrallashtirish. Integratsiya –1.mat. integratsiya, integrallash; 2. Bir-biriga birlashtirish». Izohlardan ko‘rinadiki, «integral» atamasi matematik tushunchani ifodalaydi, «integratsiya esa qismlarni birlashtirish tushunchasini bildiradi. Shu bois «integral», «integrallashgan» atamalarini «integrativ», «integratsiya», «integratsiyalashgan» atamalariga sinonim sifatida qo‘llash mutlaqo nojoiz. X.To‘xtamatov o‘zining «Zamonaviy ta’limda an’anaviy va masofadan o‘qitish shakllari integratsiyasi» metodik qo‘llanmasida mutaxassislarning ta’kidlashicha, «Integratsiya tushunchasi fanda avvaldan mavjud bo ‘lgan turli qismlar va elementlarning birlashgan holda faoliyat yuritish jarayonini ifoda qiladi»4. Integrativ yondashuv turli fanlardan olingan bilimlar, ko‘nikma, malaka hamda tajribani hisobga olish, ularga tayanish ya’ni chet tilda kasbiy, kommunikativ, ijtimoiy kompetentlikni integratsiyalash, barobar takomillashtirishni nazarda tutadi. Muhokama va natijalar: Ona tili darslarida boshqa o‘quv fanlari bilan turli darajada integratsiya amalga oshiriladi. B.Abdullayevaning ta’kidlashicha, o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash usuli bo‘yicha: bir tomonlama, ikki tomonlama, ko‘p tomonlama5 shakllantirishi mumkin. Shundan ko‘rishimiz mumkinki, dars jarayonini qanday mavzu bo‘lishidan qat’iy nazar uni tashkil etish pedagogikning salohiyatiga bog‘liqdir. Aynan bu badiiy matn orqali integratsiyalashga to‘xtaladigan bo‘lsak, ko‘p tomonlama shakllantirishi mumkin. K.Mavlonova “Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o‘qitish metodikasini takomillashtirish” ilmiy izlanishlari natijasida shunday deb ta’kidlab o‘tadi: “Ona tili darslarida o‘tilayotgan mavzuga xos til hodisalari bilan shu til hodisalarining ma’no- mazmuni kuchaytirish xusu
Доказательный фрагмент
«This article discusses the importance of an integrative approach in teaching elementary school students to analyze a literary text, reading, understanding, and analyzing a literary text, forming students' communicativ…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the importance of an integrative approach in teaching elementary school students to analyze a literary text, reading, understanding, and analyzing a literary text, forming students' communicativ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- elementary education, literary text, analysis, integrative approach, baddiy matn, metodika, fanlararo integratsiya, tahliliy fikrlash., boshlang‘ich ta’lim, integrative yondashuv, og‘zaki nutq, tahlil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025