Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GIPOPARATIREOZ
Djurayeva Ra’no Xayrullayevna
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Gipoparatiroidizm juda kam uchraydigan patologiya hisoblanadi. Kasallik darajasi 0,2-0,3% ni tashkil qiladi. Bunday holda, etiologik tuzilishda operatsiyadan keyingi shakllar ustunlik qiladi. Ular bo'yin a'zolaridagi operatsiyalardan keyin rivojlanishi mumkin. Gipoparatiroidizmning birinchi ko'rinishlaridan biri tutqanoq sindromi bo'lib, uni epilepsiya deb atash mumkin. Bundan tashqari, klinik ko'rinishlar trofik kasalliklar, avtonom va ruhiy kasalliklar bilan bog'liq. Yakuniy tashxis laboratoriya tekshiruvi ma'lumotlari asosida o'rnatiladi - fosfor darajasining oshishi va qonda kaltsiy kontsentratsiyasining pasayishi, paratiroid gormoni darajasining oshishi. Kalit so’zlar: Tetaniya, strumektomiya, sinaps, gipokalsiemiya, giperfosfatemiya, manifest, trizm, diplopiya, migren. GIPOPARATIREOZ - klinik sindrom bo‘lib, qalqon oldi bezlari funksiyasining pasayishi (PTG ishlab chiqarilishining kamayishi) yoki organizm hujayra va to‘qimalarining PTG ta'siriga rezistentligi bilan xarakterlanadi. Bu esa kalsiy va fosfor almashinuvining buzilishiga olib keladi. Gipoparatireoz PTG absolyut va nisbiy yetishmovchiligi bilan xarakterlanadi, kalsiyning ichaklardan so‘rilishining buzilishiga, uning suyaklardan mobilizasiyasining pasayishiga, buyraklarda uning reabsorbsiyasining kamayishiga, gipokal'siemiya va giperfosfatemiya rivojlanishiga, nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligining oshishiga (tetaniya) olib keladi. EPIDEMIOLOGIYa. Har xil genezdagi gipoparatireoz aholining 0,2-0,3% da uchraydi. ETIOLOGIYaSI: 1.Qalqonsimon bezda operatsiya o‘tkazilganda qalqon oldi bezlari jarohatlanishi yoki unda qon aylanishining buzilishi. Operatsiyadan keyin qalqon oldi bezlarida chandiqlar va fibrozlar rivojlanishi mumkin. 2.Qalqon oldi bezlari atipik jolashganda strumektomiya qilinganda ularni qalqonsimon bez bilan birga olib tashlash. 3.Qalqonsimon bez va qalqon oldi bezi sohasida travma bo‘lganda qalqon oldi bezi shishishi va qon quyilishlari. 4.Tireoiditlarda yallig‘lanish jarayonining qalqon oldi beziga tarqalishi. 5.Difuz-toksik bo‘qoqni I 131 davolaganda qalqon oldi bezlarining nur bilan shikastlanishi. 6.Qalqon oldi bezlari autoimmun jarohatlanganda PTG ga nisbatan antitelolarning hosil bo‘lishi. 7.Di-Djordj sindromida qalqon oldi bezlarining tug‘ma yetishmovchiligi (qalqon oldi bezlarining ageneziyasi ayrisimon bez aplaziyasi, immunologik yetishmovchilik va tug‘ma majruhlik bilan birga kelishi). 8.Infeksiyalar va intoksikasiyalar. 9.Qalqon oldi bezlarining metastatik o‘smalar bilan shikastlanishi. PATOGENEZI: PTG yetishmovchiligi qonda kal'siyning kamayishi va fosfatlarning oshishiga olib keladi. Manfiy kal'siyli va musbat fosforli balans elektrolit muvozanatni buzadi, kalsiy-fosfor, natriy- 1419 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 kaliy muvozanati buziladi. Bu esa hujayra membranasi, ayniqsa nerv hujayrasi o‘tkazuvchanligini buzadi, sinapslar sohasida polyarizasiya jarayonlari buziladi, nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligi va umumiy reaktivlik oshib, tutqanoqlar rivojlanadi. Tutqanoqlar rivojlanishiga yana magniy metabolizmining buzilishi va gipomagniemiya katta rol' o‘ynaydi. Bunday sharoitda natriyning hujayra ichiga kirishi va kaliyning hujayradan chiqishi kuchayib, ma'lum miqdorda nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi. Gipoparatireozning surunkali formalarida kalsiy, fosfor va magniy almashinuvining buzilishi trofik buzilishlarga sabab bo‘ladi, bu esa bolalarda o‘sishdan qolishi, teridagi o‘zgarishlar va ko‘z to‘r pardasidagi o‘zgarishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. PSEVDOGIPOPARATIREOZ- qalqon oldi bezlari yetishmovchiligi kliniko-laborator belgilari bilan namoyon bo‘ladigan kam uchraydigan irsiy kasalliklar guruhidir (tetaniya, gipokal'siemiya, giperfosfatemiya), lekin paratgarmon miqdori oshgan yoki normal bo‘ladi. Kasallikning rivojlanishi ekzogen va endogen paratgarmonga nisbatan to‘qimalar (asosan buyrak va suyak to‘qimalari) sezuvchanligining pasayishi bilan bog‘liq. KLINIKASI: Klinik jihatdan gipoparatireoz yaqqol (manifest) va latent formalarga bo‘linadi. Yaqqol gipoparatireoz o‘tkir va surunkali ko‘rinishlarga bo‘linadi. Latent formasida klinik ko‘rinishlar yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Gipoparatireoz klinik manzarasida 4 ta guruh sindromlar tafovut etiladi: 1. Tetanik, tutqanoq sindromi. 2. Sezgi sferasi va vegetativ funksiyalar buzilishi sindromi. 3. MNS jarohatlanishi va miya buzilishi sindromi. 4. Teri o‘zgarishi va trofik buzilishlar sindromi. Yaqqol gipoparatireozda odatda 4 ta guruh sindromlarning hammasi namoyon bo‘ladi. TETANIK, TUTQANOQ SINDROMI. Gipoparatireozda bu asosiy sindrom bo‘lib hisoblanadi. Tutqanoq xabarchilari: paresteziyalar (qo‘l va oyoqlarda chumoli yurgandek hissi) qo‘zg‘aluvchanlik, qo‘l va oyoq mushaklarida shaxtlik. Xabarchilardan keyin alohida guruh mushaklarida avval tonik, keyin klonik tutqanoqlar rivojlanadi. Tutqanoqlar tanlash xarakteriga ega: u alohida guruh mushaklarida, simmetrik bo‘ladi. Ayrim hollarda generalizasiyalashgan bo‘lishi mumkin. Boshlanishida yuqori m
Доказательный фрагмент
«Gipoparatiroidizm juda kam uchraydigan patologiya hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюGipoparatiroidizm juda kam uchraydigan patologiya hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- migren., strumektomiya, trizm, giperfosfatemiya, Tetaniya, diplopiya, gipokalsiemiya, manifest, sinaps
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026