Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY JAMIYATDA IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR ONGIGA TAʼSIRI
NEW RENAISSANCE · Toshpoʻlatova Muxlisa Furqat qizi · Kayumov Qahramon Nozimjonovich
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Nowadays, social networks have become a powerful tool and play a crucial role in promoting ideological threats on a global scale. They significantly influence the minds, hearts, and psychology of young people. Keywords: information, ideology, global, internet, spirituality, innovation, spiritual threat. Bugungi kunimizni internet tarmog’isiz tasavvur etishimiz qiyin. Bilamizki 21-asr axborot tehnologiyalari asri, shunday ekan zamonaviy taraqqiyot bilan hamnafas bo’lishimiz kerakligi hech kimga sir emas. Bizni tehnologiyalar makonidagi bilimimizning qanchalik keng ekanligi jamiyat taraqqiyotidagi o’rnimizni belgilab berayotgani ham yangilik emas. Har bir sohada yangi tehnologiyalarni hayotga keng targ’ib qilinayotgani ham ijtimoiy hayotimizga bir qator yengilliklar berayotgani juda ham quvonarli holat. Lekin tan olish kerakki bunday qulayliklardan noto’g’ri maqsadda foydalanayotganlar talaygina. Hozirgi paytda internet tarmog’idan foydalanish juda keng suratda rivojlanib bormoqda. Bu insonlarga juda keng imkoniyatlar eshiklarini ochib berayotgani hech kimga sir emas. Ma’lumotlarni uzatish, ta’lim olish, ko’ngil ochar tarmoqlar va h.k. Internet haqida gap ketar ekan, Ijtimoiy tarmoqlarni gapirmaslikning umuman ilojisi yo’q. Bu haqida Beruniy Sultonovich Alimov (bloger, tarjimon, sobiq diplomat, filologiya fanlari doktori,dotsent) o’zining “Yoshlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakat imijini oshirishdagi roli” nomli maqolasida quyidagi fikr yuritadi. Ijtimoiy tarmoqlar aslida kimlarga va nima uchun kerak degan savolga aniq javob yo’q. Ijtimoiy tarmoqlarning o’zi bu savolga mantiqan “insonlar ortasidagi muloqotni ta’minlash, turli dunyo xabarlaridan boxabar etish, do’st orttirish, 841 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 o’zining ikkinchi bo’lagini ”sevgisini” topishda insonlarga yordam berish” kabi maqsadlari borligini bildirishadi, ammo bu bilan ular yoshlar ongiga “ommaviy madaniyat” ni singdirilib, ularning ongini umuman yot bo’lgan romantik g’oyalar, xom xayollar bilan to’ldiradi. Buning tub mohiyatiga nazar solsak, kimlarningdir iqtisodiy yoki siyosiy maqsadlari yotishini ko’rish mumkin. Chunki, o’z g’oyalarini sezilarsiz tarzda singdirib bo’lgach, ijtimoiy tarmoqlar turli chaqiriq va reklamalar orqali avval moliyaviy so’ngra, hatto, yashirin siyosiy maqsadlarini ham amalga oshirishi mumkin. “Umuman Internetning paydo bo'lishi bilan hayotning juda ko'p aspektlari, jumladan, kundalik maishiy xizmatlardan tortib, biznes va menejment, yuridik va konsullik xizmatlari va hatto davlat boshqaruvigacha birin-ketin virtual dunyoga ko'cha boshladi. Eng muhimi, u yoshlarning an'anaviy muloqot shaklini tubdan o'zgartirib yubordi. Olis masofadan turib nafaqat eshitish, balki ko'rish imkoniyatining yuzaga kelishi virtual suhbatlarni keskin ommalashtirdi. Keyingi 15-20 yil davomida dunyo mamlakatlari aholisi, shu jumladan, O'zbekistonlik yoshlar hayotida mobil aloqa urf tusini olgan bo'lsa, hozirgi davrga kelib mobil uskunalardagi WhatsApp, ICQ, MSN Messenger va Telegram orqali matnli muloqot (ing. text messaging) ommaviylik kasb etmoqda. Qayd etish kerak, bugungi kunda dunyo aholisining qariyb yarmi – ya'ni 3 mlrd.ga yaqin kishi turli ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda. Shulardan eng katta qismi – 2 mlrd. odam “Facebook”da (https://napoleoncat.com sayti bergan ma'lumotga ko‘ra), O'zbekistonda “Facebook” tarmog'idan foydalanuvchilar 1 millionga yaqinlashib qolgan. Ular o'rtacha 25-34 yoshda bo'lib, 65,5 foizini erkaklar, 34,5 foizini xotin-qizlarimiz tashkil etar ekan. Ayni paytda dunyoda 1 mlrd.lik auditoriyaga ega Instagram O'zbekistonda 1.586.500 nafar foydalanuvchiga ega. 2.476.590 lik Facebook esa mamlakatimizda 686.400 kishini birlashtirgan. 200 mln.lik Telegram – O'zbekistonda 18 mln.kishiga xizmat ko'rsatmoqda. Yakka tartibdagi muloqot chin ma’noda ommaviy tus oldi. Boshqacha aytganda, mashhur olim E.Tofflerning axborot asrida barcha ishlab chiqarishlar, jumladan axborot vositalari ham ommalashuvdan noommalashuv tomon, ya'ni individullashuv tomon yuz tutadi degan bashorati bir qadar o'z isbotini topmoqda. Mana shunday xususiyatlari bilan ommaviy kommunikatsiya zamonaviy sivilizatsiyaning o’ziga xos ko'rinishiga aylanib ulgurmoqda. Ommabop ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelayotgan vatanparvar yoshlarning turli guruhlari axborot makonidagi o’ziga xos targ'ibotchi sifatida e’tirof etilishi mumkin. E’tiborli jihati shundaki, faol yoshlarimizni jipslashtirayotgan tarmoqdagi bu kabi ommabop guruhlar o’z o’rnida milliy OAV kabi mamlakatimiz media imijini mustahkamlashga bevosita xizmat qilmoqda.” Darhaqiqat ushbu raqamlar tobora kengayib borayotgani, bugungi kunda hech kimni ajablantirmasligi bor gap. Zamonaviy mobil qurilmalardan foydalanadigan biror bir inson yo’qki unda ijtimoiy tarmoqlarni kuzatmaydigan. Ijtimoiy tarmoqlarning juda ko’plab turlarini sanab o’tishimiz mumkin: “Odnoklassniki.ru”, ”Telegramm”, ”Facebook”, ”Instagramm”, ”Tik Tok”, ”Bigo live”, ”S
Доказательный фрагмент
«Nowadays, social networks have become a powerful tool and play a crucial role in promoting ideological threats on a global scale.»
Образец извлечения
Демо-превьюNowadays, social networks have become a powerful tool and play a crucial role in promoting ideological threats on a global scale. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information, ideology, global, internet, spirituality, innovation, spiritual, mafkura, axborot, inovatsiya, ma`naviyat, ma`naviy tahdid.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025