К содержанию
РецензированоUZ2025

XALQ DOSTONLARI LESKSIKASINING O’RGANILINISHI

Noryigitova Moxinur Nodirjon qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada xalq dostonlari leksikasi qiyosiy tarixiy tahlil qilinadi va ularning o’zaro munosabati, shakllanish va manbalari, shuningdek, xalq dostonlari tilidagi qadimgi turkiy so’zlar tahlil ostiga olinadi. Kalit so’zlar: Xalq dostonlari, qiyosiy tarixiy tahlil, doston leksikasi, dostonlar leksikasida qadimgi turkiy so’zlar, folklor asalar, xalq og’zaki ijodi. Milliy tilning vujudga kelishi millatning shakllanishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan murakkab jarayondir. Uning tarkib topishi va taraqqiy etishida millat tarkibiga kirgan har bir etnik guruhning jonli tili hamda ular tomonidan yaratilgan turli manbalar muhim ahamiyatga egadir. Til manbalari o’rtasida, ayniqsa xalqning madaniy turmushida juda katta o’rin egallagan badiiy ijodning xilma-xil janrlari alohida qimmat kasb etadi. Zero, aynan badiiy ijod manbalari asrlar mobaynida qabila va urug’lar tilining elat tiliga, elat tilining umumxalq tiliga hamda adabiy tilining vujudga kelishi bilan bog’liq murakkab jarayonning yangi-yangi bosqichlariga o’tishida asosiy vositalardan biri bo’lib xizmat qiladi. Bu ijodiy jarayonning xalqimiz o’tmishida ko’p asrlik tarixga egaligi, avvalo bizgacha kelgan qadimgi turkiy yozma obidalar, qolaversa, xilma-xil janrlarda yaratilgan mumtoz adabiyot namunalari misolida ko’zga tashlanadi. Badiiy ijod bilan bog’liq tarixga nazar tashlar ekanmiz milliy tilning yuzaga kelishida muhim ahamiyat kasb etgan boy ma’naviy xazinalar birgina yozma manbalar bilan chegaralanib qolmaganligiga amin bo’lamiz. Zotan, tilning ibtidoiy shaklida (ya’ni og’zaki shaklida) yaratilib, avloddan avlodga o’tib turli ta’sir va o’zgarishlarga uchragan holda bizgacha yetib kelgan xalq og’zaki ijodi namunalari buning yaqqol dalilidir. Ayni paytda, mazkur manbalar og’zaki poetik nutqdan bahri olib, ezgu niyatlar sari intilib yashagan ajdodlarimiz tilning beqiyos boyliklarini keyingi avlodga meros qilib qoldirish maqsadida xotira qudartiga asoslangan xilma-xil janrlarni kashf etganligini tasdiqlovchi dalil sifatida ham qimmatlidir. Shunday ekan o’zbek tilining uzoq asrlik taraqqiyot izchilligini taminlovchi eng muhim vositalardan bo’lgan so’z san’ati haqida gap borganda, badiiy ijodning yozma shakli bilan bir qatorda, og’zaki ijod janrlarining ham tilimiz taraqqiyotida o’ziga xos o’rin bo’lganligi qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar asosida atroflicha yoritilmog’i lozim. Zero”faqat qiyosiy-tarixiy tahlilgina tilning eng qadimgi taraqqiyoti va holatini tasavvur qilish imkonini bera oladi”1. Hozirga qadar o’zbek xalqining bu boy xazinalari tilshunoslikning turli sahnalarini ilmiy o’rganishda monografik tadqiqotlarga keng miqyosda jalb etilmoqda. Xususan, bu taqqiqotlarda folklor asarlarining ijodiy shakllanish tarixi, o’ziga xos taraqqiyot qonunlariga, shuningdek, tilning leksik, grammatik, fonetik va uslubiy imkonyatlarining og’zaki ijod manbalarida joriylanishi bilan bog’liq, ko’pgina masalalarni ham qamarab olgan bu tadqiqotlar, mazkur 1 Serebrennikov B., Gadjiyeva N. Sravnitelno-istoricheskaya grammatika tyuriskix yazikov. - Baku,1979 -S-5. 1 33 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ manbalar tilning diaxron va sinxron nuqtai nazaridan ilmiy izlanishlar olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq so’z san’atining ibtidosi bilan bevosita aloqador bo’lgan folklor manbalari hozirgacha tilshunoslar oldida o’zining barcha lingvistik imkoniyatlarini oshkor etgan deb o’ylayman. Xususan, milliy tilning shakllanishida o’g’zaki ijod manbalarining roli, ularning til tarixiga munosabati, til manbalari o’rtasida tutgan o’rni, til tizimining yuqori va quyi sathlari bo’lgan adabiy til va dialektlarga munosabati,o’ziga xos taraqqiyot qonuniyatlari bilan bog’liq, ko’pgina masalar hali to’laligicha o’z yechimini topmagan. Holbuki, folklor asarlarini uzoq o’tmishga daxldorligini alohida e’tirof etilishi, bu manbalar tilini tarixiy izchillik asosida tanqid etish lozimligini ko’rsatadi. Shuningdek, mazkur manbalarda turli tarixiy davrlarga doir juda ko’p lingvistik unsurlarni ham uchratish mumkinki, ular yuqorida sanab o’tilgan masalaraga yana ham chuqurroq yondashishda muhim qiyosiy dalil vazifasini o’taydi. Folklor manbalarida o’z aksini topgan tarixiy ma’lumotlardan tadqiqotlarda tayanch dalil sifatida foydalanish tajribasi uzoq o’tmishga tegishli bo’lib, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati urf-odatlari, diniy e’tiqodi tili xususidagi qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan antik davr tarixchilari Geradot, Kteziy, Polien singari olimlarning asarlarida,shuningdek,SharqningXamza Isfaxoniy,Tabariy, Ma’sudiy, Zero”faqat qiyosiy-tarixiy tahlilgina tilning eng qadimgi taraqqiyoti va holatini tasavvur qilish imkonini bera oladi”2. Hozirga qadar o’zbek xalqining bu boy xazinalari tilshunoslikning turli sahnalarini ilmiy o’rganishda monografik tadqiqotlarga keng miqyosda jalb etilmoqda. Xususan, bu taqqiqotlarda folklor asarlarining ijodiy shakllanish tarixi, o’ziga xos taraqqiyot q

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada xalq dostonlari leksikasi qiyosiy tarixiy tahlil qilinadi va ularning o’zaro munosabati, shakllanish va manbalari, shuningdek, xalq dostonlari tilidagi qadimgi turkiy so’zlar tahlil ostiga olinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada xalq dostonlari leksikasi qiyosiy tarixiy tahlil qilinadi va ularning o’zaro munosabati, shakllanish va manbalari, shuningdek, xalq dostonlari tilidagi qadimgi turkiy so’zlar tahlil ostiga olinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dostonlar leksikasida qadimgi turkiy so’zlar, Xalq dostonlari, xalq og’zaki ijodi., doston leksikasi, folklor asalar, qiyosiy tarixiy tahlil
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти