К содержанию
РецензированоUZ2026

“5-1” HIMOYASIDA BAJARISHDA GANDBOL O‘YINCHILARINING TAKTIK O‘ZARO TA’SIRLARI

Akimov Jumaniyaz Erniyazovich · Uzakbaev Ruslan Anvarovich · АТАКЕ И ЗАЩИТЕ

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This work analyzes the ways of improving the tactical actions of handball players in the processes of attack and defense, their importance in team play, and methods for increasing their effectiveness. Particular attention was paid to the structure of tactical exercises, the formation of skills for effective struggle with the opponent, the compatibility of players, and quick decision-making. Keywords: Handball, attack, defense, tactics, team play, training, technique, strategy, compliance, decision-making. Kirish: Mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasini rivojlanishiga qaratilgan qator me’yoriy- huquqiy hujjatlar qabul qilingan va jadallikda hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 3-iyundagi PQ- 3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori shular jumlasidandir. Ma’lumki jismoniy tarbiya sport millat genofondini shakllantirish va sog’lom barkamol avlodni tarbiyalash vositasi sifatida yildan yilga turli yosh avlodni kundalik turmush tarziga aylanib bormoqda. Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlari-yu chekka-chekka qishloqlarida ham jismoniy tarbiya bilan bir qatorda sport turlari ham sport turi dunyo miqyosida eng ommaviylashgan sport turi hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizning ta’lim muassasalarida gandbol sport turi fan va sog’lamlashtirish rivojlanib bormoqda. Ta’kidlash joizki, yurtimiz bo’ylab ommaviy sog’lomlashtirish ishlarini jadallashtirishda sportning gandbol turi beqiyos ahamiyat kasb etadi. Gandbol vositasi sifatida o’quv rejalarga kiritilgan. Gandbol o’yini barcha sport turlari kabi o„zining olamshumul tarixiga ega. 1898 yilda – gandbolga asos solingan. Daniyaning Ordrupe shahridagi gimnaziyalardan birining o’qituvchisi 1323 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Xolger Nilson futboldan farq qiladigan, qizlar uchun ham mos keladigan, yog’inli havoda zalda o’ynasa bo’ladigan yangi sport o’yinini yaratishga qaror qiladi. U darvozabonlarni qoldirib, jamoadagi o’yinchilar sonini qisqartirib, to’pni uzatish va otish faqat qo’l bilan bajarilishini taklif qiladi. Shu tariqa olamda “Handboll” inglizchadan tarjima qilinganda hand – qo’l, ball – to’p ya’ni – qo’l to’pi yuzaga keladi va keyinchalik tezda butun jahonga tarqab ketadi. Xolger Nilson ikkita sport o’yindan ya’ni futbol va basketbol sport turidan yangi sport turini yaratish g’oyasi paydo bo’lganda hech kim bu o’yin dunyoda shunchalik keng tarqalishini kutmagan edi. 11 kishidan iborat jamoa bilan o’yin yaratish 1917-1919-yillarga to’g’ri keladi. O’yinning ikkala yo’nalishi ham uzoq vaqtdan beri mavjud. O’yin maydonining birinchi o’lchamlari 40x20 metr, darvozaning bo’yi 2 metr, eni esa 2,1 metr, to’pning aylanasi esa 68-70 sm bo’lgan. O’yinning dastlabki qoidalari bo’yicha to’p bilan yugurish va to’p uchun kurashishga ruxsat berilmagan. Gandbol o’yini qoidalariga keyingi kiritilgan o„zgartirishlar o’yinning atletik bo’lishiga olib keldi. 1923- yilda to’p o’lchami qisqartirildi va o’yin qoidalariga 3 sekund va 3 qadam bandlari kiritildi, bu, o’z navbatida, o’yin texnikasi va taktikasiga ta’sir ko’rsatib, o’yinning tezkor bo’lishiga olib keldi. 1925-yilda Germaniya terma jamoasining Avstriya terma jamoasi bilan birinchi xalqaro uchrashuvi bo’lib o’tdi. Germaniya terma jamoasi o’yinda 5:6 hisobida mag’lubiyatga uchradi. 1926-yilda gandbolning xalqaro sport bilan tan olinishi bir qator mamlakatlarda o’yinni rivojlantirishga turtki berdi. Gandbol musobaqalari o’tkazilgan. 1960-yili Xarkov shahrida yoshlar orasida gandbol bo’yicha Butunittifoq musobaqalari o’tkazildi va shundan so’ng sportning bu turi mamlakatda tez rivojlana boshladi. 1960-yilda O’zbekistonda gandbolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi 1938-yilda Respublikamizda gandbol bo’yicha birinchi chempionat o’tkazildi. 1960-yilgacha O’zbekistonda Toshkent Oliy Harbiy bilim yurtida ta’lim oluvchi kursantlar orasida O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida ilk bor gandbol mutaxassisligi bo’limi ochildi. 1960-yildan boshlab Toshkent shahar birinchiliklarida 16-20 jamoa qatnasha boshladi va Ozbekiston gandbolchilarining sobiq Ittifoq musobaqalarida qatnasha boshlagan yili deb qayd etildi. 1962-yili Tbilisi va Sverdlov shaharlarida o’tkazilgan ikkinchi sobiq Ittifoq chempionatida erkaklar orasida O’zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ligaga yo’llanma oldi. O’yin texnikasi: Gandbol o’yinida to’p bilan va to’psiz usullar bajariladi. Qo’yilgan maqsadga erishmoq uchun o’yinda qo’llaniladigan xilma-xil maxsus usullar yig’indisi gandbol texnikasini tashkil etadi. Gandbol o’yin texnikasi maydon o’yinchisi va darvozabon texnikasiga ajratiladi. Har qaysi bo’lim harakatlanish texnikasi va to’pni boshqarish texnikasi bo’limchalariga ajratiladi. Kichik bo’limlar turli usullarda ijro etiladigan aniq texnik usullardan – harakatla

Доказательный фрагмент

«This work analyzes the ways of improving the tactical actions of handball players in the processes of attack and defense, their importance in team play, and methods for increasing their effectiveness.»

Образец извлечения

Демо-превью

This work analyzes the ways of improving the tactical actions of handball players in the processes of attack and defense, their importance in team play, and methods for increasing their effectiveness. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Handball, attack, defense, tactics, team play, training, technique, strategy, Himoyachilar koordinatsiyasi, raqib hujumining oldini olish, himoyaviy harakatlar, sportchi yondashuvi., Jamoaviy taktika, Taktik o‘zaro ta’sir
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти