Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
G‘ARBIY YEVROPA O’RTA ASR SHAHARLARIGA AHOLI MIGRATSIYASI, MILLIY-ETNIK XUSUSIYATLARI
Gulyamov Alisher Azizovich
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada G‘arbiy Yevropaning o‘rta asr shaharlarida yuz bergan aholi migratsiyasi jarayonlari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotga ta’siri tahlil qilinadi. O‘rta asrlar davomida yuz bergan qishloqlardan shaharlarga ko‘chishlar, savdo yo‘llarining rivojlanishi, diniy va siyosiy omillar asosida ro‘y bergan migratsiya to‘lqinlari tarixiy manbalar asosida o‘rganiladi. Shuningdek, turli milliy va etnik guruhlarning shaharlardagi joylashuvi, ular o‘rtasidagi aloqalar, madaniy integratsiya va ziddiyatlar masalalariga e’tibor qaratilgan. Maqolada franklar, yahudiylar, normanlar, german qabilalari, lotin xalqlari kabi etnik guruhlarning shahar hayotidagi roli alohida ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: G‘arbiy Yevropa, o‘rta asrlar, migratsiya, shaharlar, etnik guruhlar, demografiya, madaniy integratsiya, franklar, yahudiylar, normanlar. G‘arbiy Yevropa shaharlarida o‘rta asrlarda qishloq joylaridagiga nisbatan yosh bolalarning vafot etishi ko‘proq bo‘lib, tug‘ilishning o‘zi ham qishloqqa nisbatan past bo‘lgan. Shahar o‘z aholisini boqa olmagan, ichki resurslar aholi oqimi bilan bog‘liq bo‘lgan. qishloq aholisining shaharlarga migratsiyasi shaharlar mavjudligining eng muhim omili bo‘lgan. chunki, shaharda o‘lim darajasi ko‘p bo‘lib, anitisanitariya sharoiti, yosh bolalar o‘limi ko‘pligi, epidemiyalar kabi omillar shahar aholisi uchun halokatli taʼsir ko‘rsatgan 1 . Barcha qiyinchiliklarga qaramay shahar qishloq aholisi uchun o‘ziga xos jozibadorlikka ega bo‘lgan. X va XIII asrlarda shaharlarning mavjud bo‘lishi uchun qishloq aholisining migratsiyasi muhim ahamiyat kasb etgan. Shaharlarning asosiy aholi manbai yaqin okruglardan dehqonlarning migrafiyasi bo‘lib, ular yersizlangan va feodallar zulmidan qochgan dehqonlardan iborat bo‘lgan. Shuningdek, qishloq hunarmandlarining iqtisodiy imkoniyatlarini yaxshilab olish uchun shaharlarga oqib kelishi ham shahar demografik holatiga taʼsir ko‘rsatgan. XI-XIII asrlarda G‘arbiy Yevropa shaharlarida aholi migratsiyasi asosan 30 km radiusdagi qishloqlar hisobidan ko‘payib borgan. XII asrning oxiri-XIII asr boshlarida migratsion jarayonlar avj olib ketgan. Bu davrda qishloq kambag‘allarigina emas, balki iqtisodiy jihatdan yetarlicha imkoniyatga ega bo‘lganlarning ham migratsiyasi kuzatilgan 2 . Bu savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan bog‘iq bo‘lgan. Fransiyadagi Monbrison shahrida XIII asrda migrantlarning 40% shaharning 10 km atrofidagi masofadan ko‘chib kelgan. 20% aholi esa shahardan 10-20 km uzoqlikdagi qishloqlardan ko‘chib kelganlar tashkil qilgan. XIII asrning boshlarida migrantlarning 80% shahardan 30 km radiusda joylashgan qishloqlarda qochib kelgan. 1300-1349-yillarda ko‘chib kelganlarning uchdan ikki qismi 40 km va undan ortiq radiusdagi qishloqlardan bo‘lgan. 10 ming kishi aholiga ega bo‘lgan shaharlar masalan Arras, Mets, Reymslarda XIII asrda migrant aholisi asosan 40 km uzoqlikdagi qishloqlardan kelganlar tashkil qilgan. 1304-1328-yillarda Reys 1 Город в средневековой цивилизации Западной Европы. Т. 3. Человек внутри городских стен. Формы общественных связей. – М.: Наука, 2000. – С. 87. 2 Сванидзе А.А. Средневековые города Западной Европы: некоторые общие проблемы // Город в средневековой цивилизации Западной Европы. Т. 1. Феномен средневекового урбанизма. - М.: Наука, 1999. – С. 27. 1316 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 aholisining asosiy qismi 30 km uzoqlikdan kelganlar tashkil qilgan. Amen, Tuluza, Bordo shaharlari ahoisi XIII asrda 100 km uzoqlikdan ko‘chib kelganlar ko‘pchilikni tashkil qilgan. Ammo, uchdan ikki qism aholi shahardan bir km uzoqlikdan ko‘chib kelganlar tashkil qilgan3. Buning asosiy sababi shahar bilan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustahkamroq aloqalarning bo‘lganli deb xulosa qilish mumkin. Ko‘chib kelganlarning aksariyati o‘z uyi, qarindoshlari bilan yaqin aloqalarni saqlab qolgan. Ayrim holatlarda jumladan La-Roshel port shahrida iqtisodiy o‘sish davrida, 1224- yildagi maʼlumotlarda ishchi kuchi yetishmaganligi sababli Fransiyaning turli hududlaridan tashqari Flandriya, Normandiya, Italiya, Ispaniya, Angliya hududlaridan o‘ziga fuqarolarni jalb qilganligi tarixiy adabiyotlarda keltirib o‘tilgan. XIII-XIV asrlarda York, Norij, Lester shaharlari aholisining katta qismi 30 km radiusdan ko‘chib kelganlar tashkil qilgan. Uinchester va Bristolda ular 35 va 32%, ni tashkil etgan. Poytaxt Londonda esa aholi ko‘chib kelish radiusi yuz km ga yetgan. Migrantlarning 20% 30 km masofadan, 27% 65 kmdan, 18% 100 kmdan, 7% aholi 130 kmdan, 11% aholi 160 km masofadan ko‘chib kelgan. London shahrining bu kabi katta masshtabda aholi migratsiyasiga taʼsiri uning iqtisodiy va siyosiy salohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan4. Shuningdek, movut va yung sohasida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy markaz ekanligini ko‘rsatib beradi. Epidemiya davrida shaharlar migrantlar uchun o‘z darvozalarini keng ochgan. Masalan “Qora o‘lat” davrida Lyubek byurgerlari ro‘yxatida yiliga 175 tagacha yangi familiya paydo bo‘lganligini ko‘ri
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada G‘arbiy Yevropaning o‘rta asr shaharlarida yuz bergan aholi migratsiyasi jarayonlari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotga ta’siri tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada G‘arbiy Yevropaning o‘rta asr shaharlarida yuz bergan aholi migratsiyasi jarayonlari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘rta asrlar, etnik guruhlar, madaniy integratsiya, G‘arbiy Yevropa, demografiya, migratsiya, yahudiylar, franklar, shaharlar, normanlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026