К содержанию
РецензированоUZ2025

BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISHNING O’ZBEK MODELI VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

NEW RENAISSANCE · XOS XUSUSIYATLARI · Sodiqova N.T · Islomova Mashhura Mahmud qizi

Современная наука и исследования · 2 · 325-330 · 2025

Аннотация

The model of transition to a market economy in Uzbekistan has its own unique approaches and, unlike the former Soviet economy, is based on the principle of gradual and evolutionary development. The main features of this model include the implementation of economic reforms while maintaining social stability, the leading role of the state, the formation of a legal and institutional framework that meets national interests, and the attraction of foreign investment. Also, factors such as the modernization of the agricultural and industrial sectors, support for small and medium-sized businesses, and the development of the banking and financial system are important components of this model. The results of the study show that Uzbekistan's strategy of transition to a market economy is aimed at achieving sustainable economic growth and ensuring social well-being, and is currently demonstrating its effectiveness. 726 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Keywords: Uzbekistan's economic model, transition to a market economy, economic reforms, public administration, privatization, investments, small and medium-sized businesses, banking and financial system, social stability, industrial modernization. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish har bir mamlakat uchun murakkab va o‘ziga xos jarayondir. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lida o‘ziga xos modelni ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Ushbu modelning asosiy mohiyati ijtimoiy barqarorlikni saqlagan holda bosqichma-bosqich islohotlarni amalga oshirish, davlatning iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash va milliy manfaatlarni himoya qilishdan iborat edi. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, "o‘zbek modeli" nomi bilan mashhur bo‘ldi. Ushbu model beshta asosiy tamoyilga asoslangan: iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, davlatning bosh islohotchi sifatida harakat qilishi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish hamda bosqichma-bosqich va evolyutsion rivojlanish. Ushbu tamoyillar asosida mamlakatda islohotlar amalga oshirildi va O‘zbekiston mustahkam iqtisodiy negiz yaratishga erishdi. Mazkur maqolada O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli, uning o‘ziga xos xususiyatlari, amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu modelning samaradorligi va zamonaviy iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi.[1] Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy tizim tushunchasi ko‘pincha ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog‘lanadi va shu asosda u turkumlarga ajratiladi. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uch asosiy shakli mavjud: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi va uning asosi tovar va pulning har xil shakllarda harakati bilan bog‘liqdir. Ushbu iqtisodiy tizim uzoq asrlar davomida shakllanib, hozirda madaniy jihatdan rivojlangan shaklga o‘tgach, ko‘plab mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylangan. Bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga qarab, kapitalizm, sotsializm kabi turli iqtisodiy tizimlar mavjud bo‘lgan. Xususiy mulkning yuzaga kelishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Tovar ishlab chiqarishning o‘sishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining poydevori hisoblanadi, chunki har bir iqtisodiy tizim mulkchilikdan boshlanadi. 727 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Bozor iqtisodiyotining mohiyati va xususiyatlari haqida gapirganda, bu iqtisodiyotning ikki shaklini ajratish zarur: erkin (klassik yoki sof) bozor iqtisodiyoti va hozirgi rivojlangan bozor iqtisodiyoti.[2] Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun xos bo‘lib, turli davlatlarda o‘ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanmoqda. Xususan, O‘zbekiston ham mustaqillikka erishganidan so‘ng bozor iqtisodiyotiga o‘tishni o‘zining asosiy vazifalaridan biri deb belgilagan. O‘zbekiston, o‘zining madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda global tajribani inobatga olib, revolyutsion o‘zgarishlar va ijtimoiy to‘qnashuvlardan qochib, asta-sekin va qat’iyat bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tishni tanladi. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli o‘ziga xos yondashuvlarga asoslangan bo‘lib, mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy muvozanatni saqlashni asosiy maqsad qilib olgan. Ushbu modelni tahlil qilishda, avvalo, uning tarkibiy qismlarini, amalga oshirilgan asosiy islohotlarni va ularning natijalarini ko‘rib chiqish lozim.[3] Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy yo‘nalishlari O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish strategiyasining eng muhim jihatlari quyidagilardan iborat: Davlat bosh islohotchi sifatida – O‘zbekist

Доказательный фрагмент

«The model of transition to a market economy in Uzbekistan has its own unique approaches and, unlike the former Soviet economy, is based on the principle of gradual and evolutionary development.»

Образец извлечения

Демо-превью

The model of transition to a market economy in Uzbekistan has its own unique approaches and, unlike the former Soviet economy, is based on the principle of gradual and evolutionary development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzbekistan's economic model, transition to a market economy, economic, xususiylashtirish, ijtimoiy barqarorlik, kichik va o‘rta biznes, sanoat modernizatsiyasi., davlat boshqaruvi, O‘zbekiston iqtisodiy modeli, investitsiyalar, bank-moliya tizimi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники