К содержанию
РецензированоEN2025

ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI KAMAYTIRISH-IQTISODIY TARAQQIYOTNING HAL QILUVCHI OMILI SIFATIDA

NEW RENAISSANCE · Sodiqova N.T. · Yuldasheva Hulkar

Современная наука и исследования · 2 · 325-330 · 2025

Аннотация

What is article production? And we will find answers to questions such as why it is needed. At the same time, we will consider how production costs can be reduced. The economic importance of reducing production costs and its management methods are analyzed. Key words: Production income cost, cost management, cost analysis, cost reduction. Ishlab chiqarish-jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻlishini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va isteʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼmol 713 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolni oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining oʻzgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi. Ishlab chiqarish – jamiyatning yashashi, taraqqiy etishi va tabiiy ehtiyojlarini qondirishi uchun muhim deb hisoblangan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar) ni yaratish jarayonidir. Ishlab chiqarish omillarini iste’mol va investitsiyalar uchun mos keladigan tovarlar va xizmatlarga aylantirish bilan izohlanadi. U barcha yashab kelayotgan inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha sezilarli bosqichlarida ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega bo’lib, uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni uch element – mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalarini o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish xarajatlari — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xomashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilgʻi va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxining tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, Ishlab chiqarish xarajatlar quyidagi turlarga boʻlinadi: > doimiy harajatlar — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; > oʻzgaruvchan xarajatlar — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar;> umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi- gʻindisi;> bevosita ishlab chiqarish harajatlari — konkret mahsulot Ishlab chiqarishga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar;> bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar;> oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi;> ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — 714 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 uskunalar, mashinalar, transport, i.ch. vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tadbirkor yoki korxona yuqori foyda olish va uni ko'paytirishni maqsad qiladi. Uning oladigan foyda miqdori esa ishlab chiqargan mahsuloti yoki ko'rsatayotgan xizmatining hajmiga, sifatiga, tannarxiga va baholar darajasiga bog'liq bo'ladi. Korxonalarning bozorga mahsulot etkazib berib, foyda olishga bo'lgan layoqatini aniqlab beruvchi muhim omil sarf-harajatlar darajasi hisoblanadi. Har qanday tovarni ishlab chiqarish iqtisodiy res

Доказательный фрагмент

«What is article production? And we will find answers to questions such as why it is needed. At the same time, we will consider how production costs can be reduced. The economic importance of reducing production costs…»

Образец извлечения

Демо-превью

What is article production? And we will find answers to questions such as why it is needed. At the same time, we will consider how production costs can be reduced. The economic importance of reducing production costs… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Production income cost, cost management, cost analysis, cost reduction, xarajat, Ishlab chiqarish, xarajatlarni boshqarish, xarajatlarni kamaytirish., xarajatlar tahlili, daromad
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники