Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BANK TIZIMI VA MOLIYA BOZORLARI O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK
NEW RENAISSANCE · Sodiqova N.T · Irgasheva Feruza
Современная наука и исследования · 2 · 325-330 · 2025
Аннотация
This article is dedicated to analyzing the interconnection between the banking system and financial markets. The article discusses the main functions and activities of the banking system and financial markets. Banks support economic activity through the collection of funds, the provision of loans, and the implementation of payment systems, while financial markets organize investment processes and capital allocation. The article addresses key aspects of the relationship between the banking system and financial markets, including liquidity provision, the credit system, the mutual impact of inflation and interest rates, risk management, as well as supporting economic growth and stability. These connections highlight that banks and financial markets are complementary and mutually influencing systems, playing a crucial role in ensuring economic development and stability. The article serves as a useful resource for understanding the complex interrelationships between the banking system and financial markets, and provides recommendations for improving economic policy and financial regulation. Keywords: liquidity, credit, interest rates, economic growth, financial markets. Mamlakatimizda tanlangan iqtisodiy rivojlantirishning o‘z modeli va uning tamoyillari asosida ishlab chiqilgan, chuqur va har tomonlama o‘ylangan mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalashning tadrijiy dasturi izchil amalga oshirilishi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyoti, uning moliya va bank tizimiga salbiy ta’sirini sezilarli darajada kamaytirish imkonini berganligi qayd etildi. Banklarning moliya bozoridagi faoliyatini tartibga solish va fond bozori kapitalizatsiya darajasini, ishtirokchilarning, shu jumladan, xorijiy investorlarning investitsion faolligini ushlab turish murakkab muammolardan hisoblanadi. Bu muammolarning samarali yechimi moliya bozorida banklarning raqobatbordoshliligi va xavfsizligi, barqarorligi va likvidliligi, investorlar uchun jalbdorliligi va risksizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev, “Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari ko‘magida bank-moliya tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim. 704 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lishi kerak. Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmаtlari ko‘lamini yanada kengaytirish, ilg‘or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur.”, deb ta’kidlaganlar. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida tijorat banklarining moliya bozoridagi faoliyati yuqori daromad keltiruvchi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi va banklarning likvidliligini ta’minlaydi. Banklarning moliya bozoridagi faoliyati turli xil qimmatbaho qog‘ozlar: oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar, davlat qarzdorlik majburiyatlari, depozit sertifikatlari, veksel va boshqalarga mablag‘larini qo‘yish orqali amalga oshiriladi. O‘z likvidliligini ta’minlash maqsadida banklar uncha katta bo‘lmagan summani boshqa qimmatli qog‘ozlarga: bank aktseptlari, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi tijorat qog‘ozlarini, brokerlik ssudalar va tovar-kredit korporatsiyalarini sertifikatlariga qo‘yishadi. Daromadlikni ta’minlash maqsadida, lekin likvidliligini xavf ostiga qo‘ygan holda banklar o‘z mablag‘larini ba’zi bir hukumat muassasalari obligatsiyalari va korporatsilarning birinchi darajali obligatsiyalariga investitsiya qiladilar. Tijorat banki fond bozori ishtirokchilaridan biri bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar bilan emitent, investitsiya, brokerlik, dilerlik faoliyatini amalga oshiradi, shuningdek, ular bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi. Banklar moliya bozorida moliyaviy vositachi va professional ishtirokchi sifatida faoliyat olib boradi. O‘zbekistonda moliya bozorining rivojlanishiga bank tizimi katta hissa qo‘shib kelmoqda. Bank sohasining rivojlanishi undagi o‘zgarishlar, moliya bozori bilan chambarchas bog‘liqligi, uning rivojlanishida eng katta omil ekanligi shubhasiz. Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda mamlakat bank tizimini xalqaro miqyosga chiqishi va xalqaro moliya bozorlari bilan munosabatlarini takomillashtirish maqsadida tijorat banklarining moliya bozorlaridagi operatsiyalarini rivojlanishini ta`minlash borasida respublika tijorat banklari oldida turgan muammolarni har tomonlama tahlil qilish va bu borada ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi. 705 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND P
Доказательный фрагмент
«This article is dedicated to analyzing the interconnection between the banking system and financial markets.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is dedicated to analyzing the interconnection between the banking system and financial markets. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- liquidity, credit, interest rates, economic growth, financial markets, likvidlik, iqtisodiy o’sish, kredit, moliya bozorlari, foiz stavkalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026