К содержанию
РецензированоUZ2025

HR MENEJMENTING MOHIYATI

NEW RENAISSANCE · HR MENEJMENTING MOHIYATI · M.H. Toshov · Abbosova Amira

Современная наука и исследования · 2 · 325-330 · 2025

Аннотация

HR bo‘limi ishga talabgorlarni topish, ishga olish, saralash, o‘qitish va xodimlarga maosh berish dasturlarini boshqarishga mas’ul hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi xodimlarni yollash, jalb qilish, ushlab turish va umumiy samaradorlikni qo‘llab-quvvatlashdir. Bo‘lim kompaniyalarga tez o‘zgaruvchan biznes muhitida harakat qilish va sifatli xodimlarga nisbatan o‘sib borayotgan talabni qondirishda yordam beradi. Shuningdek, u ish joyida madaniyatni rivojlantiradi, mehnat qonunchiligiga rioya qilishni ta’minlaydi, bu esa kompaniyaning raqobat bozorida muvaffaqiyat qozonishiga hissa qo‘shadi. O’zbekiston shart sharoitida ham HR menejmentini rivojlantirish va asosiy indikatorlarini ishlab chiqish biz uchun juda muhimdir. Kalit so’zlar: HR bo‘limi, HR menejmenti, xodimlar. Amerikalik iqtisodchi Jon Rojers Kommons “inson resurslari” atamasini birinchi marta 1893-yili yozilgan “Boylikning taqsimlanishi” kitobida qayd etgan. XX asrga kelib, xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni rasmiy ravishda bartaraf etadigan HR bo‘limi shakllana boshladi. Bugungi kunda HR-bo‘limi faoliyat ko‘lamidan qat’i nazar, har qanday davlat va xususiy sektorning muhim qismidir. Uning asosiy maqsadi tashkilotni ishchi kuchi yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolardan himoya qilgan holda xodimlarning samaradorligini oshirish hisoblanadi. HRning vazifalari: • kompensatsiya va imtiyozlarni boshqarish; • xodimlarni yollash va saralash; • shtatlarni qayta ishlash; • tashkilot va xodimlar o‘rtasidagi har qanday me’yoriy hujjatga rioya qilishni ta’minlash. Bu vazifalar samarali faoliyat uchun juda muhim bo‘lib, HR bo‘limlarini har qanday tashkilotning yuragiga aylantiradi. 691 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Tashkilotga qiymat qo‘shish uchun HR bo‘limining xodimlar bilan bog‘liq faoliyati: • Xodimlarni boshqarish va ulardan samarali foydalanish; • Faoliyatni baholash va kompensatsiyani vakolatlar bilan bog‘lash; • Adolatli kompensatsiya stavkalarini hisoblash va imtiyozlarning to‘liq ro‘yxatini tuzish; • Shaxsiy va tashkiliy samaradorlikni oshiradigan vakolatlarni rivojlantirish; • Raqobatbardoshlikni yaxshilash uchun innovatsiyalar, ijodkorlik va moslashuvchanlikni oshirish; • Ish jarayonini loyihalash, ketma-ketlikni rejalashtirish, martaba rivojlanishi va tashkilotlararo harakatchanlikka yangi yondashuvlarni qo‘llash; • Xodimlar ishini takomillashtirish, o‘qitish va xodimlar bilan muloqot qilish orqali texnologiyani joriy etish va integratsiyalashuvini boshqarish; • Yuridik muammolarning oldini olish uchun mehnat qonunlarini ko‘rib chiqish va eng yaxshi amaliyotlar va qoidalarga rioya qilish uchun muntazam ravishda muvofiqlik auditini o‘tkazish. 1980-yillardan xodimlar bilan bog‘liq muammolarning uzoq muddatli biznes muvaffaqiyatiga ta’sirini o‘rganish natijasida HR bo‘limida strategik tashabbuslar tomon harakat boshlandi. Ushbu strategiyalar birgalikda inson resurslarini boshqarish (HRM) deb ataladi. Ular xodimlarni, tashkilot madaniyati va muhitini boshqarishga kompleks yondashuvni ta’minlaydi. HR menejment asosiy e’tiborni tashkilot maqsadlariga erishish uchun xodimlarni yollash, boshqarish va muvofiqlatirishga qaratadi. Google o‘zining HR bo‘limi orqali xodimlar bilan o‘ziga xos do‘stona munosabatlar o‘rnatgan tashkilotga misoldir. Kompaniya xodimlarga jismoniy va ruhiy salomatlikka yo‘naltirilgan dasturlari, jumladan, ovqatlanish, fitnes, massaj markazlari kabi ko‘plab imtiyozlarni taklif qiladi, bu orqali xodimlarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga ishoniladi. XX asr o‘rtalaridan ba’zi kompaniyalar biznesga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yanada mazmunli, qo‘shimcha qiymatli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun an’anaviy ma’muriy, tranzaksion HR funktsiyalarini autsorsing qildilar “Autsorsing” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, shartnoma asosida tashqi manbalardan, ya’ni autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar xizmatidan foydalanishni bildiradi. Autsorsingga berilishi mumkin bo‘lgan funktsiyalar: • Ish haqi loyihasi; 692 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 • Xodimlarga beriladigan imtiyozlar; • Ishga qabul qilish; • Faoliyat tekshiruvlari; • Risklarni boshqarish; • Nizolarni hal qilish; • Xavfsizlik tekshiruvi; • Ofis siyosati. Inson resurslari bo‘limi kompaniyada xodimlarni yollash va saqlab qolishga qaratilgan. U xodimlarni topish, yollash va o‘qitish, xodimlar bilan munosabatlarni nazorat qilish va foyda dasturlarini boshqarish uchun javobgardir. Bu xodimlarning o‘z vazifalari haqida savollar berishi va shikoyatlarini hal qilishlari mumkin bo‘lgan joy. Inson resurslarini boshqarish (HRM) – tashkilot xodimlarini, ish madaniyatini va ish muhitini boshqarishga qaratilgan strategik yondashuv bo‘lib, uning natijasida xodimlar imkon qadar sifatli va samarali faoliyat ko‘rsatishiga erishiladi. Odatda, bu ishchi kuchi muvaffaqiyatini o‘lchash uchun ko‘rsatkichlardan foydalanishni ham o‘

Доказательный фрагмент

«HR bo‘limi ishga talabgorlarni topish, ishga olish, saralash, o‘qitish va xodimlarga maosh berish dasturlarini boshqarishga mas’ul hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

HR bo‘limi ishga talabgorlarni topish, ishga olish, saralash, o‘qitish va xodimlarga maosh berish dasturlarini boshqarishga mas’ul hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xodimlar., HR bo‘limi, HR menejmenti
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники