К содержанию
РецензированоUZ2025

QON BOSIMI SABABLARI, OQIBATLARI VA OLDINI OLISH YO‘LLARI

NEW RENAISSANCE · Axmadjonova Gulhayo Rafiqjon qizi · Asqarov Lazizbek Mo‘minjon o‘g‘li (Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti o‘qituvchisi.)

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

This article presents a brief literature review on hypertension and hypotension, one of the most common diseases among our people today, and its types, causes, and treatment and prevention of this disease in folk medicine and pharmaceutical methods. Keywords: erythrocyte, hypertension, hypotension, systolic pressure, diastolic pressure, overweight, diabetes mellitus. Kirish. Qon bosimi - bu qonning tomirlar devoriga qiladigan bosimi bo‘lib, u yurak faoliyati va qon aylanish tizimi holatini ifodalaydi. Sistolik (yuqori) va diastolik (pastki) bosim ko‘rsatkichlari orqali o‘lchanadi. Yurak har gal qisqarganida (sistola) qon tomirlarga suriladi va bosim oshadi. Bo‘shashganida (diastola) esa bosim pasayadi. Sog‘lom inson uchun odatda normal qon bosimi quyidagicha bo‘ladi: 1.Sistolik bosim: 90–120 mm simob ustuni 646 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 2.Diastolik bosim: 60–80 mm simob ustuni Agar qon bosimi 140/90 mm Hg va undan yuqori bo‘lsa, bu gipertoniya (yuqori qon bosimi) hisoblanadi. Aksincha, 90/60 mm Hg dan past bo‘lsa, bu gipotoniya (past qon bosimi) deb ataladi. Qon bosimi buzilishining sabablari 1. Gipertoniya (yuqori qon bosimi) sabablari: Irsi moyillik - ba'zi genlar yurak va qon tomirlar faoliyatini boshqaradi. Ushbu genlardagi o‘zgarishlar qon bosimini tartibga soluvchi tizimlar (masalan, renin-angiotenzin- aldosteron tizimi) faoliyatiga ta’sir qiladi. Stress va haddan ortiq ruhiy bosim - Stress va haddan ortiq ruhiy bosim qon bosimining vaqtincha yoki doimiy oshishiga (gipertoniya) olib kelishi mumkin. Bu holat organizmning asabiy va gormonal tizimlari orqali yuzaga chiqadi. Stress paytida organizm adrenalin va kortizol kabi stress gormonlarini ishlab chiqaradi. Bu gormonlar yurak urishini tezlashtiradi, qon tomirlarni toraytiradi - natijada qon bosimi oshadi. Stress holatida simpatik asab tizimi faollashadi (bu “kurash yoki qoch” reaksiyasidir). Ortiqcha vazn va semizlik - Ortiqcha vazn va semizlik qon bosimi oshishining muhim omillaridan biridir. Bu holat, ayniqsa gipertoniya (qon bosimining yuqoriligi) rivojlanishiga yordam beradi. Semizlik va ortiqcha vazn bilan bog‘liq bo‘lgan qon bosimi oshishi nafaqat sog‘liq uchun xavfli, balki turli xil yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin. Sho‘r va yog‘li ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish - natriy ko‘p iste’mol qilinsa, bu qon bosimi oshishiga (giperyog‘li ovqatlar Sho‘r va yog‘larning tanaga ta’siri bilan bog‘liq. Chekish va spirtli ichimliklar - Chekish va spirtli ichimliklar ham qon bosimining oshishiga sabab bo‘ladigan omillar hisoblanadi. Ushbu odatlar, nafaqat qon bosimi, balki umumiy yurak va qon tomir sog‘lig‘iga jiddiy zarar etkazishi mumkin. Jismoniy faollik yetishmasligi - ismoniy faollik yetishmasligi (faollikning pasayishi) qon bosimi oshishiga (gipertoniya) sabab bo‘lishi mumkin. Uzoq vaqt davomida harakatsiz turish yoki jismoniy mashqlarni qilmaslik organizmning turli tizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa, yurak-qon tomir tizimiga. Qandli diabet yoki buyrak kasalliklari - andli diabet (giperglikemiya) va buyrak kasalliklari (bu o‘rinda, ayniqsa, buyrak yetishmovchiligi yoki buyrakning yallig‘lanishi) qon bosimining oshishiga olib keladigan jiddiy sog‘liq muammolaridir. 647 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 2. Gipotoniya (past qon bosimi) sabablari: Kuchsiz yurak faoliyati, qon yetishmovchiligi (kamqonlik), gormonlar yetishmovchiligi, oziqlanishdagi muammolar, yurak xurujidan keyingi holatlar, og‘ir infeksiya yoki allergik reaksiyalar. Qon bosimi buzilishining oqibatlar: Gipertoniya oqibatlari yurak xurujlari va insult xavfi ortadi, ko‘zning to‘r pardasiga zarar yetadi – ko‘rish qobiliyati pasayadi, buyrak faoliyatining buzilishi, arteriyalarning torayishi – yurak zo‘riqadi, xotira va fikrlash qobiliyatining pasayishi Gipotoniya oqibatlari: holsizlik, bosh aylanishi va hushdan ketish, konsentratsiyaning buzilishi, organlarga yetarlicha qon yetib bormasligi sababli yurak va miya faoliyati susayadi. Qon bosimi muammolarining oldini olish yo‘llari 1. Muvozanatli ovqatlanish: sho‘r, yog‘li va shakarli mahsulotlardan voz kechish, meva- sabzavotlar, baliq, dukkaklilarni ko‘proq iste’mol qilish. 2. Vaznni nazorat qilish: ortiqcha vazn qon bosimining oshishiga olib keladi, shuning uchun sog‘lom tana vaznini saqlash muhim. 3. Jismoniy faollik: haftasiga kamida 150 daqiqa yurish, yugurish, velosiped haydash kabi mashqlar tavsiya etiladi. 4. Chekish va spirtli ichimliklardan voz kechish: bu odatlar qon tomirlarini toraytiradi va qon bosimini oshiradi. 5. Stressni boshqarish: dam olish, meditatsiya, nafas mashqlari, ijobiy fikrlash orqali ruhiy barqarorlikka erishish lozim. 6. Muntazam tibbiy nazorat: qon bosimini uyda va poliklinikada muntazam o‘lchab borish, kerak bo‘lsa, shifokor tavsiyasiga binoan dori vositalarini qabul qilish. Xulosa Qon bosimi inson salomatligining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Uning

Доказательный фрагмент

«This article presents a brief literature review on hypertension and hypotension, one of the most common diseases among our people today, and its types, causes, and treatment and prevention of this disease in folk medi…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents a brief literature review on hypertension and hypotension, one of the most common diseases among our people today, and its types, causes, and treatment and prevention of this disease in folk medi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
erythrocyte, hypertension, hypotension, systolic pressure, diastolic pressure, eritrotsit, gipotoniya, ortiqcha vazn, sistolik bosim, diastolik bosim, qandli diabet., gipertoniya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники