К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHI PEDAGOGLARINING TARBIYALANUVCHILAR BILAN MULOQOTNI TASHKIL ETISH USULLARI VA MULOQOTDA TARBIYAVIY JARAYON TAMOYILLARI

NEW RENAISSANCE · Ernazarova Shiyrinay Jumamuratovna

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

This article provides information on a number of simple pedagogical methods of influence that are used in practice to ensure effective communication between educators and students; methods of gaining trust, methods of influencing and approving. At the same time, it covers the role of friendly relations with students, linking communication with the laws of social life, and the role of labor activity in organizing communication. Keywords: Friendly communication, trust, spiritual and educational, educator, student, educational and educational, temperament, social environment, norms of etiquette, rules. 628 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti samarali bo‘lishi uchun suhbatdoshni o‘ziga moyil qilib olish zarur. O‘zaro moyillikka erishish uchun amalda qo‘llanilib kelinadigan bir qator murakkab bo‘lmagan pedagogik ta’sir etuvchi usullardan foydalaniladi. Ularning eng muhimlari tarbiyalanuvchi ishonchini qozonish hamda ta’sir etish va ma’qullash usullaridir. –ishonchini qozonish usuli tarbiyalanuvchilar bilan muloqot asosida ta’sir ko‘rsatishning yuqori samara beradigan usulidir. U tarbiyalanuvchi ongiga qaratilgan bo‘lib, idrok qilish orqali o‘quvchilar ishonchini qozonishni va ularning roziligini nazarda tutadi. Ishonchini qozonish dalillash, isbotlash orqali olib boriladi. Ishonchini qozonish usuli yordamida tarbiyachi9 tarbiyachilarning dunyoqarashini shakllantiradi, ularda o‘z-o‘zini tarbiyalashga nisbatan javobgarlik hissini oshiradi. Ishonchini qozonish usuli nafaqat tarbiyachi bilan muloqot jarayonida, balki ta’limtarbiyaviy faoliyatdan tashqari holatlarda ham tarbiyalanuvchiga ta’sir qiladi. Tarbiyalanuvchi ishonchini qozonish ijobiy yoki salbiy natijalar paydo qilishi ham mumkin. Tarbiyachi ishontirish bilan tarbiyalanuvchida ijobiy xislatlarni uyg‘otishi uchun tarbiyaviy metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llashi shart. Tarbiya jarayonida har bir tarbiyalanuvchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Tarbiyalanuvchilarning qobiliyat va iqtidorlari, qiziqishlari, irodaviy xislatlari har xil bo‘lgani uchun bir tarbiyalanuvchiga nisbatan foydali bo‘lgan ishonchini qozonish usuli, boshqasiga zararli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir tarbiyalanuvchining ruhiyatini, psixologiyasini, ichki dunyosini tarbiyachi muntazam o‘rganib borishi, tarbiyalanuvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, tarbiyalanuvchi temperamentining umumiy tiplarini o‘rganish metodikasini bilish lozim. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglashi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimiga bog‘liq bo‘lib, tarbiyachi tarbiyalanuvchilar ishonchini qozonishi uchun ularni bilishi va zarur bo‘lgan xulosalarni ishlab chiqishi shart. Tarbiyalanuvchilar ishonchini qozonishning yana bir muhim xususiyati tarbiyalanuvchilarni shaxs sifatida rivojlanishida o‘z- o‘zini tarbiyalashidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash tarbiyalanuvchining o‘zini o‘zi idora qilishi, o‘zida erkinlikni, ijtimoiy mavqeini, tashabbuskorlik va mustaqillikni shakllantirishdir. Tarbiyalanuvchining yashirin qobiliyatlari o‘z-o‘ziga ishonch orqali yuzaga chiqadi. Tarbiyalanuvchi uchun o‘z o‘zini baholash qiyin jarayon. Tarbiyalanuvchi ta’lim- tarbiya berayotgan tarbiyalanuvchilarga ishonch bilan ergashib, o‘ziga nisbatan ishonch ruhida tarbiyalanar ekan, unda avvalo, mustahkam iroda shakllanadi, o‘z burchini to‘g‘ri tushunadi, bilish va o‘rganishga qiziqishi kuchayadi, o‘z-o‘zini har tomonlama takomillashtirishga 629 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 intiladi, o‘ziga atrof muhitdagi o‘rtoqlari ko‘zi bilan xolisona baho beradi, o‘ziga ishonadi va unda qoniqish hissi paydo bo‘ladi. Xarakteridagi salbiy odatlarni, zararli sifatlarni tez anglab, ularni yo‘qotish va bartaraf etishga intiladi. – ta’sir etish va ma’qullash usuli muloqotning umumiy jarayonidir. Ikki suhbatdoshning bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishlari, tarbiyaviy maqsadni ma’qullattirish vositasi sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ushbu usul vositasida tarbiyachi tarbiyalanuvchi ruhiyatiga va xulqatvoriga tarbiyaviy maqsadni ko‘zlab sezilarsiz ravishda psixologik ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyalanuvchi psixikasida nazoratsiz kiradi. Ushbu usul, muloqot jarayonida tarbiyachi tarbiyalanuvchilarda axloqiy-irodaviy xislatlarni faol takomillashtiradi. Tarbiyachi xushmuomalaligi, muosharat odobining cheksiz qudrati bilan tarbiyalanuvchilar psixikasining anglanmagan qirralariga pedagogik ta’sir etadi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining yaqindan muloqotda bo‘lishini, bir-birlariga ishonchini, topshiriqlarni ma’qullab vaqtida bajarish uchun javobgarlik hissini shakllantiradi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilar jamoasi bilan pedagogik muloqotni har tomonlama mukammal

Доказательный фрагмент

«This article provides information on a number of simple pedagogical methods of influence that are used in practice to ensure effective communication between educators and students; methods of gaining trust, methods of…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information on a number of simple pedagogical methods of influence that are used in practice to ensure effective communication between educators and students; methods of gaining trust, methods of… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Friendly communication, trust, spiritual and educational, educator, student, ishonch, tarbiyalanuvchi, ma’naviy-tarbiyaviy, odob normalari, temperament, tarbiyachi, ta’lim-tarbiyaviy, ijtimoiy muhit, qoidalari., Do‘stona muloqot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники