Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING SAYLOV TIZIMIGA KIRIB KELISHI VA UNING AHAMIYATI
NEW RENAISSANCE · UNING AHAMIYATI · Rustamov G’olibjon Tohir o’g’li · ИХ ЗНАЧЕНИЕ
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article analyzes the application of digital technologies in the electoral system and their impact on democratic processes. Modern information and communication technologies serve to increase voter participation, ensure transparency of electoral processes, and enhance the efficiency of voting systems. The advantages and existing risks of implementing electronic voting systems, blokchein technology, artificial intelligence, and other digital tools in the electoral system are examined. According to the research results, it has been determined that the introduction of digital technologies into the electoral system is an important factor in modernizing democratic processes and increasing the legitimacy of elections. Keywords: digital technologies, electronic election systems, blockchain technology, cybersecurity, electronic voting, election transparency, democracy, digital transformation, legitimacy. Hozirgi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi jamiyat hayotining barcha jabhalariga, shu jumladan, saylov tizimiga ham chuqur ta’sir ko’rsatmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari an’anaviy saylov jarayonlarini tubdan o’zgartirib, yangi imkoniyatlar va yechimlarni taqdim etmoqda. Ushbu o’zgarishlar saylov jarayonlarining samaradorligi, shaffofligi va ishonchliligi darajasini sezilarli ravishda oshirish imkonini yaratmoqda. O’zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiq o’tkazilayotgan saylovlarning o’rni beqiyos. Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 28- yanvardagi PF-60-sonli farmoni bilan qabul qilingan 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini va saylov madaniyatini oshirish, saylovlarga oid xalqaro standartlarni qonunchilikka implementatsiya qilish, saylovchilarning yagona elektron ro’yxati va saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimini takomillashtirish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat tizimini rivojlantirish ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida belgilandi [1]. Bosh qomusimizning XXII bobi “Saylov tizimi”ga bag’ishlangan bo’lib, u o’zida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini to’la namoyon etadi. Jumladan, ovoz berish huquqi, o’z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi [2]. Raqamli texnologiyalarning saylov tizimiga joriy etilishi ko’plab ijobiy natijalarga olib kelmoqda. 615 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Elektron ovoz berish (e-voting) tizimi - bu saylov ma’lumotlari asosan raqamli axborot sifatida qayd etilishi, saqlanishi va qayta ishlanishi yo’lga qo’yilgan ovoz berish tizimidir [3, s.3]. Birinchidan, elektron ovoz berish tizimlari saylovchilar uchun ovoz berish jarayonini ancha qulaylashtiradi va saylovchilar ishtirokini oshirishga xizmat qiladi. Internet orqali masofadan turib ovoz berish imkoniyati fuqarolar, ayniqsa, uzoq masofadagi, jismoniy imkoniyati cheklangan yoki vaqt yetishmovchiligi bilan bog’liq muammolarga duch keladigan insonlar uchun saylovlarda ishtirok etish imkoniyatini kengaytiradi. Bu esa demokratik jarayonlarning o’ziga xosligini oshiradi va fuqarolar ishtirokini rag’batlantiradi. Ikkinchidan, raqamli texnologiyalar saylov natijalarini qayd etish va hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish orqali inson omili bilan bog’liq xatoliklarni kamaytiradi. Bu esa saylov natijalarining aniqligini oshiradi va fuqarolarning saylov tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlaydi. Zamonaviy raqamli tizimlar saylov natijalarini tezkor qayta ishlash va ularni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi, bu esa saylov jarayonining shaffofligini yanada oshiradi. Uchinchidan, elektron saylovlar saylov jarayonini soddalashtirishi va tezlashtirishi, shuningdek xarajatlarni kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, ovozlarni hisoblash va natijalarni taqdim etish jarayoni tezroq va ishonchli tarzda amalga oshirilishi mumkin [4, s 3]. Raqamli texnologiyalar saylov jarayonlarini boshqarish, saylovchilar ro’yxatini shakllantirish va yangilash, nomzodlarni ro’yxatga olish kabi ma’muriy jarayonlarni optimallashtirish orqali saylov komissiyalari faoliyatining samaradorligini oshiradi. Bu esa ma’muriy xarajatlarni kamaytiradi va saylov tashkilotchilarining ishini yengillashtiradi. Blokchein texnologiyasining saylov tizimiga tatbiq etilishi alohida e’tiborga loyiqdir. Bu texnologiya ovoz berish natijalarini markazlashmagan va o’zgartirib bo’lmaydigan tarzda qayd etish imkonini beradi, bu esa saylov natijalarining haqqoniyligini ta’minlashning muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi. Blokchein saylov natijalari ustidan nazorat qilish imkoniyatini beradi va saylov jarayoniga aralashish imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Sun’iy intellekt texnologiyalari ham saylov tizimida muhim rol o’ynay boshladi. Ular saylov ma’lumotlarini tahlil qilish, saylovchilar
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the application of digital technologies in the electoral system and their impact on democratic processes.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the application of digital technologies in the electoral system and their impact on democratic processes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digital technologies, electronic election systems, blockchain technology, raqamli texnologiyalar, raqamli transformatsiya, kiberhavfsizlik, saylov shaffofligi, elektron saylov tizimlari, legitimlik., demokratiya, elektron ovoz berish, blokchein texnologiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026