К содержанию
РецензированоUZ2025

CCl VA GELIOTRINNING JIGAR MITOXONDRIYASIGA TOKSIK TA’SIRI

TOKSIK TA’SIRI · Adizova Shoira Toirovna

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada mitoxondriyaning umumiy tuzilishi, funksiyasi hamda CCl va geliotrinning jigar mitoxondriyasiga zararli ta’siri yoritilgan. Ular oksidlovchi stress va ATP sintezining pasayishiga sabab bo‘lib, jigar hujayralarining shikastlanishiga olib keladi. Mitoxondriyal funksiyani tiklash gepatitni davolashda muhim ekani ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: mitoxondriya,jigar, krista, fosfolipidlar,ferment,,nafas zanjiri, antioksidant,ADF, ATF. Mitoxondriya – hujayraning energiya ishlab chiqaruvchi organellasi bo‘lib, unda nafas olish zanjiri va oksidlanishli fosforlanish jarayonlari amalga oshadi. Jigar mitoxondriyasi esa organizm metabolizmining muhim markazi hisoblanadi. Biroq, turli toksik omillar, xususan, CCl₄ (tetraxlorid uglerod) va geliotrin ta’sirida mitoxondriyaning tarkibiy va funksional o‘zgarishlari yuzaga keladi. Mitoxondriya hujayrada sharsimon, tayoqchasimon yoki ipsimon shaklda uchraydi. U ikki qavatli membranaga ega bo‘lib, tashqi va ichki membranalardan tashkil topgan.Tashqi membrana – silliq tuzilishga ega bo‘lib, ionlar va katta molekulalarni o‘tkazuvchi kanallar hosil qiladi. Unda lipidlarni aktiv shaklga o‘tkazuvchi fermentlar joylashgan.Ichki membrana – juda burmali tuzilishga ega bo‘lib (kristalar), bu esa umumiy yuzani oshiradi. Ichki membranada elektron tashuvchi fermentlar, ATP-sintetaza kompleksi va metabolitlarni tashuvchi maxsus transport tizimlari mavjud.Mitoxondriya ichki qismidagi matriks quyidagi komponentlardan tashkil topgan: Krebs sikli fermentlari hujayraning energiya ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi. Mitoxondriyal DNK va ribosomalar – esa mitoxondriyaning o‘ziga xos oqsillarini sintez qiladi. Turli transport oqsillari 831 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. va metabolitlar – hujayra metabolizmini tartibga solishda ishtirok etadi.Mitoxondriya ATP ishlab chiqarishda asosiy rol o‘ynaydi, shu sababli u hujayraning "elektrostansiyasi" deb ataladi. Jigar kasalliklari, ayniqsa, CCl₄ va geliotrinli gepatit mitoxondriyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. CCl jigarda oksidlanib, erkin radikallar hosil qiladi, bu esa lipidlarning peroksidlanishiga olib keladi. Natijada, mitoxondriyalarning nafas olish zanjiri fermentlari, xususan, IV kompleksi faoliyati pasayadi, mitoxondriyal DNK zarar ko'radi va mitoxondriyalarning morfologik o'zgarishlari kuzatiladi. Bu jarayonlar mitoxondriyal disfunksiyaga olib kelib, jigarning umumiy faoliyatini buzadi.Fosfolipidlar mitoxondriyaning tarkibiy yaxlitligi va funksiyasini ta’minlaydi. CCl ta’sirida fosfolipid balansining buzilishi kuzatiladi. Geliotrin ayrim o'simliklarda uchraydigan pirolizidin alkaloidi bo'lib, jigarga toksik ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqotlar geliotrin bilan zaharlanish natijasida jigar mitoxondriyalarida fosfolipid tarkibining o'zgarishini ko'rsatadi.Kardiolipin miqdori kamayib, lizokardiolipin ortadi. Fosfatidiletanolamin kamayib, lizofosfatidiletanolamin esa ortadi. Fosfatidilxolin,fosfatidiletanolamin nisbati 30% ga pasayadi. Bu o‘zgarishlar membrananing holatini buzib, mitoxondriya funksiyasining izdan chiqishiga olib keladi.Mitoxondriya ichki membranasida joylashgan nafas olish zanjiri fermentlari (suksinatdegidrogenaza, NADH- oksidaza, sitoxrom oksidaza) faolligi pasayadi. Buning natijasida oksidlanishli fosforlanish samaradorligi kamayadi,ATP ishlab chiqarish pasayadi.Energiyaga bog‘liq biokimyoviy jarayonlar izdan chiqadi. Bu o‘zgarishlar natijasida hujayra energetik inqirozga uchraydi, bu esa jigar hujayralarining degeneratsiyasiga olib keladi.Ferment faolligining pasayishi jigar mitoxondriyasida ATP-aza, suksinatdegidrogenaza va sitoxrom oksidaza kabi fermentlarning faolligi sezilarli darajada pasayadi,natijada energetik almashinuv buziladi.Hujayra ichida toksik metabolitlar to‘planadi.Jigar to‘qimalarining shikastlanishi kuchayadi. Gepatitda mitoxondriyaning shikastlanishi endogen fosfolipazalar faolligining oshishi mitoxondriya membranalarining buzilishiga olib keladi.Transasillash va 832 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. transalkillash jarayonlarining pasayishi fosfolipidlarning normal sintezi izdan chiqadi.Erkin radikallar hosil bo‘lishining ortishi ya’ni oksidlovchi stress mitoxondriya shikastlanishini kuchaytiradi. Bu o‘zgarishlar jigar hujayralarining shikastlanishiga, ularning metabolik faolligining pasayishiga va jigar yetishmovchiligiga olib keladi. Shu sababli, mitoxondriya funksiyasini qo‘llab-quvvatlash gepatitni davolashda muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, CCl₄ va geliotrin jigarda oksidlovchi stress va mitoxondriyal disfunksiyaga sabab bo'lib, bu jigarning jiddiy shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Toirovna, A. S. (2024). Biochemical Features of Amino Acids in the Nutrition of the Body. Research Journal of Trauma and Disability Studies, 3(2), 185- 192. 2. Тожибоев К.Т. Особенности секреции белка печенью крыс на разных стадиях отравления ССl4 или гелиотриом.// Патологическая физиоло

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mitoxondriyaning umumiy tuzilishi, funksiyasi hamda CCl va geliotrinning jigar mitoxondriyasiga zararli ta’siri yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mitoxondriyaning umumiy tuzilishi, funksiyasi hamda CCl va geliotrinning jigar mitoxondriyasiga zararli ta’siri yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nafas zanjiri, fosfolipidlar, ferment, Kalit so‘zlar: mitoxondriya, ATF., jigar, krista, antioksidant, ADF
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники