К содержанию
РецензированоUZ2025

SINERGIK O‘QUV XULQINI SHAKLLANTIRISHDA IJTIMOIY- PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR (TALABALAR MISOLIDA)

Radjabova Sanobar Davronovna

Всемирный научно-исследовательский журнал · 1 · 164-167 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada talabalarda ta’limga nisbatan sinergiya xulqini shakllantirishda ijtimoiy-psixologik omillarning roli tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim jarayonida motivatsiya, guruhiy o‘zaro ta’sir va shaxsiy omillarning integratsiyasi orqali sinergiya xulqni shakllantirish mexanizmlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: sinergiya xulqi, ijtimoiy-psixologik mexanizm, motivatsiya, ta’lim jarayoni, talabalar, guruhiy dinamika. Kirish. Bugungi globallashuv davrida ta’lim sohasida yangicha yondashuvlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Ayniqsa, talabalarni faol, mustaqil va jamoaviy fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirishda ta’lim jarayonining ijtimoiy- psixologik mexanizmlarini chuqur o‘rganish dolzarb hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, sinergiya xulqi tushunchasi – ya’ni birgalikda harakat qilish orqali yuqori samaradorlikka erishish – o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Sinergiya xulqi – bu talabaning ta’lim jarayonida o‘z bilimini nafaqat individuallik asosida, balki guruhiy hamkorlik va umumiy maqsadlar doirasida shakllantirishi va qo‘llay olishidir. Ushbu xulq modeli jamoadagi har bir a’zoning salohiyatini uyg‘unlashtirib, umumiy natijani optimallashtirishga xizmat qiladi. Bu xulq shakli ta’limda o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi-o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlik darajasiga bevosita bog‘liqdir. Ijtimoiy muhit – Talaba o‘zini ijtimoiy muhitda qanday his qilishi, u bilan qanday munosabatda bo‘lishi sinergik harakatlarga bevosita ta’sir qiladi. Guruhda o‘zaro hurmat, ishonch va qo‘llab-quvvatlash muhitining mavjudligi sinergiyani kuchaytiradi. 784 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. 4. Motivatsiya tizimi – Talabaning ichki va tashqi motivatsiyasi uning faol ishtirokini ta’minlaydi. O‘z maqsadlarini aniq bilgan, o‘zini rivojlantirish istagidagi talaba sinergik guruh ishlarida faol bo‘ladi. 5. Kommunikativ kompetensiya – Samarali muloqot qila olish, fikrini erkin bildira olish va boshqalarni tinglay bilish sinergiya xulqining asosiy shartlaridan biridir. O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi ochiq, ishonchli aloqalar bu kompetensiyani mustahkamlaydi. 6. Guruhiy dinamika va liderlik – Guruh ichida ijobiy psixologik iqlim yarata oladigan norasmiy liderlarning mavjudligi, guruh a’zolari o‘rtasidagi vazifalarning to‘g‘ri taqsimoti sinergiyani ta’minlovchi muhim omillardandir. Sinergiya xulqini shakllantirish uchun quyidagi ijtimoiy-psixologik mexanizmlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish maqsadga muvofiqdir: Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi – Talabalar kichik guruhlarda turli topshiriqlarni bajarish orqali bir-birini to‘ldiradi va umumiy natijaga erishishga intiladi. Refleksiya va tahlil – Har bir mashg‘ulotdan so‘ng guruhiy tahlil va o‘z- o‘zini baholashni o‘rgatish talabani o‘z xatti-harakatlari ustida fikr yuritishga o‘rgatadi. Trening va interfaol mashg‘ulotlar – Psixologik treninglar orqali talabalar o‘z emotsiyalarini boshqarish, ijtimoiy rollarni to‘g‘ri egallash, hamkorlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ochiq muloqot platformalari – Onlayn forumlar, seminarlar va fikr almashish maydonchalari orqali talabalar o‘z fikrlarini erkin ifoda etish va turli nuqtayi nazarlarni qabul qilishni o‘rganadi. Xulosa. Sinergiya xulqini shakllantirish bugungi ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biridir. U nafaqat talabaning individual rivojiga, balki jamoadagi umumiy natijalarning yuksalishiga xizmat qiladi. Mazkur jarayonda ijtimoiy-psixologik omillar va ular asosida yaratilgan mexanizmlar muhim o‘rin 785 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. tutadi. Kelgusida bu boradagi izlanishlar ta’lim sifatini yanada oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Abdurahmonov Q.N. Pedagogik psixologiya asoslari. – T.: Fan va texnologiya, 2018. – 256 b. 2. Xalilov N.X. YOshlarda ijtimoiy faollikni shakllantirishning psixologik asoslari. – T.: Istiqlol, 2020. – 198 b. 3. Rajabov Q. Ta’lim jarayonida talabalarda motivatsiyani shakllantirish masalalari. – T.: Ilm ziyo, 2019. – 173 b. 4. Solieva M.M. Ijtimoiy psixologik adaptatsiya masalalari. – T.: TDPU nashriyoti, 2017. – 210 b. 5. Karimova L.T. Interaktiv metodlar orqali sinergetik o‘rganish modellarini joriy etish. – T.: Ilm sarchashmasi, 2021. – 185 b. 6. Baxronova, K. YA. (2025, April). Roli innovatsionnix texnologiy v obuchenii psixologii. In Uz Conferences (Vol. 1, No. 3, pp. 164-167). 7. Baxronova, K. YA. (2024). Roli roditelskogo stilya vospitaniya vrazvitii emosionalnogo intellekta u detey. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(6), 79-81 786

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada talabalarda ta’limga nisbatan sinergiya xulqini shakllantirishda ijtimoiy-psixologik omillarning roli tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada talabalarda ta’limga nisbatan sinergiya xulqini shakllantirishda ijtimoiy-psixologik omillarning roli tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy-psixologik mexanizm, Kalit so‘zlar: sinergiya xulqi, ta’lim jarayoni, talabalar, guruhiy dinamika., motivatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники