Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILADA FARZANDNI BARKAMOL VA JISMONAN SOG’LOM QILIB TARBIYALASHNING IJTIMOIY- PSIXOLOGIK VA TIBBIY OMILLARI.
Bahronova Mavluda O‘tkir qizi
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025
Аннотация
Farzandni barkamol va jismonan sog'lom qilib tarbiyalash oilaning eng asosiy vazifalaridan biridir. Ushbu tezis orqali bu jarayonning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun bir qancha ijtimoiy, psixologik va tibbiy omillarni hisobga olish zarur. Farzandning rivojlanishi faqatgina ma'lum bilim va malakalarga ega bo‘lishi emas, balki uning shaxsiyati, xulq-atvori va sog‘lig‘i ham to‘g‘ri shakllanishi kerakligini ta’kidlaydi.Shundagina biz orzu qilganday farzandlarni tarbiyalay olamiz. Kalit so‘zlar: Oila, farzand tarbiyasi, xulq-atvor, ruhan va jismonan sog‘lom, ijtimoiy omillar, psixologik omillar, tibbiy omillar, kelajak avlod. Farzandni barkamol tarbiyalash – har bir oilaning maqsadi bo'lib, bu jarayon ko'plab ijtimoiy va psixologik, tibbiy omillarga bog'liqdir. Oila, jamiyat va atrof- muhitdagi har bir faktor bolalarning rivojlanishiga ta'sir qiladi. Farzandni barkamol tarbiyalashda ijtimoiy-psixologik va tibbiy omillarning o'rni juda katta, chunki bu omillar bolaning dunyoqarashini, axloqiy va estetik qadriyatlarini shakllantiradi, shuningdek, uning psixologik holatini belgilaydi. Har bir omilni ko‘rib chiqamiz. Ijtimoiy omillarni ko‘rib chiqamiz. Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati: Oila a'zolarining ijtimoiy va iqtisodiy holati, farzandning tarbiyasi va ta'limiga bevosita ta'sir qiladi. O'z vaqtida tibbiy yordam, ta'lim va boshqa xizmatlardan foydalanish bolaning psixologik va jismoniy salomatligini ta'minlaydi. 657 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Oilaning etika va qadriyatlar tizimi: Oilaning axloqiy me'yorlari va an'analari bolaning tarbiyasiga bevosita ta'sir qiladi. Oiladagi o'zaro hurmat, mehr- muhabbat va mehnatsevarlik bolaga o'ziga bo'lgan ishonch va hayotga ijobiy munosabatni o'rgatadi. Jamiyatning tarbiyaviy ta'siri: Jamiyatdagi muhit, madaniyat, an'analar va qonunlar ham farzandni tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Farzandni to'g'ri ijtimoiylashishini ta'minlash uchun jamiyatdagi tarbiyaviy institutlarning roli katta. Psixologik omillarni ko‘rib chiqamiz. Ota-onalarning psixologik holati: Ota-onaning ruhiy holati, ularning bolaning tarbiyasiga qanday yondoshuvi bolaga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, ota-onaning mehribonligi, sabri va tasavvuri farzandning psixologik rivojlanishiga yordam beradi. “ Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, degan maqol bor. Ota-ona o‘zi shaxsiy na’muna bo‘la olishi lozim. Farzandlarga aytib qildirgandan ko‘ra, qilib ko‘rsatsa, samaraliroq bo‘ladi. Farzandning shaxsiy xususiyatlari: Oilada farzandga “Bir ko‘z bilan qarayapman”, deydi ota-onalar. Lekin har bir farzandning o‘ziga xos temperament, xarakter, qobiliyatlari, individual psixologik xususiyatlari bo‘ladi. Har bir bola o'ziga xos, shuning uchun uning tarbiyasiga individual yondashishni talab qiladi. Bolaning ijtimoiy faoliyati: Bolaning do'stlari, maktabdagi muhit, sport va boshqa ijtimoiy faoliyatlar uning psixologik rivojlanishiga yordam beradi. Ijtimoiy aloqalar bolaning o'zini o'zi anglashiga, boshqalar bilan muloqot qilishiga va jamiyatda o'z o'rnini topishiga ta'sir qiladi. 3 . Tibbiy Omillarni ham ko‘rib chiqamiz. Farzandning jismoniy va sog‘lom rivojlanishi uchun tibbiy omillar juda muhimdir. Ularning o‘ziga xos jihatlari: 658 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Sog‘lom ovqatlanish: Farzandning jismoniy rivojlanishi uchun to‘g‘ri ovqatlanish juda zarurdir. Nutritsion jihatdan boy, vitamin va minerallarga boy ovqatlar farzandning sog‘lom o‘sishi uchun muhimdir. Jismoniy faollik: Farzandning jismoniy rivojlanishi va sog‘ligi uchun jismoniy mashqlar, sport va boshqa faoliyatlar zarur. Jismoniy faollik orqali farzandning mushaklari kuchayadi, umumiy sog‘lig‘i yaxshilanadi. Tibbiy nazorat: Farzandning sog‘lig‘i uchun muntazam tibbiy ko‘riklar va vaksinalar zarur. Ota-onalar farzandning sog‘lig‘ini doimiy ravishda kuzatib borishlari, shifokor maslahatlaridan foydalanishlari kerak. Psixologik va tibbiy maslahatlar: Farzandning ruhiy va jismoniy holatini yaxshilash uchun mutaxassislar bilan maslahatlashish kerak. Agar farzandda psixologik muammolar bo‘lsa, psixologga murojaat qilish foydali bo‘ladi. Xulosa Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, farzandni barkamol va jismonan sog‘lom tarbiyalashda ijtimoiy-psixologik va tibbiy omillar birgalikda ahamiyatga ega. Ota-onalar, oiladagi boshqa a'zolar, jamiyat va sog‘liqni saqlash tizimi birgalikda farzandning sog‘lom va barkamol rivojlanishiga hissa qo‘shishlari kerak. Bu jarayon farzandning nafaqat jismoniy, balki psixologik, ma'naviy va ijtimoiy rivojlanishiga ham yordam beradi. Agar barcha omillarga e'tibor berilsa, farzandlar sog‘lom, barkamol va baxtli shaxslar bo‘lib ulg‘ayadilar. Фойдаланилган адабиётлар руйхати: 6. Сафарова Р., Мусаев У. ва б. Умумий ўтра таълим мазмунини модернизациялашнинг дидактик параметрлари. –Тошкент: Фан, 2008. –222 б. 7. Сафарова Р.Ғ. Шахсни шакллантириш омиллари // Таълим тараққиёти ахборотномаси. – Тошкент: 2001. –№ 3-4. 8. Якиманская И.С. Технология личностно о
Доказательный фрагмент
«Farzandni barkamol va jismonan sog'lom qilib tarbiyalash oilaning eng asosiy vazifalaridan biridir.»
Образец извлечения
Демо-превьюFarzandni barkamol va jismonan sog'lom qilib tarbiyalash oilaning eng asosiy vazifalaridan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologik omillar, ijtimoiy omillar, xulq-atvor, farzand tarbiyasi, ruhan va jismonan sog‘lom, kelajak avlod., tibbiy omillar, Kalit so‘zlar: Oila
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026