К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICh SINF O‘QITUVChILARIDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA PSIXOKORREKSION TADBIRLARNI O‘RNI VA AHAMIYATI

KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA PSIXOKORREKSION · Usmonova Dilnoza Bahodir qizi

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda psixokorreksion tadbirlarni o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, uning mazmun-mohiyati ilmiy asoslab berilgan. Ayni paytda, ushbu muammo zamonaviy psixologiya ilmida muhim va dolzarb `ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: pedagogik-psixologik kompetentlik, psixologik xizmat, psixologik mexanizm, xulq-atvor, optimallashtirish, individual yondashuv, intellekt, empatiya, kommunikativ kompetentlik. Respublikamizda zamon talablariga mos, kasbiy faoliyat uchun zaruriy sifat va fazilatlarni egallagan, ijtimoiy faol pedagogik kadrlarni tayyorlash va ularning pedagogik-psixologik kompetentligini takomillashtirish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi turli ijtimoiy psixologik trening dasturlarini joriy qilinishi pedagog shaxsini kasbiy kompetentligini rivojlantirilishi borasida o‘ziga xos ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, har qanday taraqqiyot sari intilgan mamlakatda inson omilidan unumli foydalanish muammosi eng dolzarb muammo hisoblanadi. Ma’lumki, ijtimoiy psixologiyada pedagoglar kasbiy kompetentligini oshirishning yo‘llarini ko‘rsatish bilan bog‘liq talaygina tadqiqotlar mavjud bo‘lsada, bugungi kunda kommunikativ kompetentlik omillarini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida empirik jihatdan tahlil qilib beruvchi tadqiqotlarning nihoyatda taqchilligini bartaraf etish vazifasi ijtimoiy psixologiya oldidagi eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Demak, har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar 679 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. jamoasida kommunikativ kompetentlik omillarini shakllantirishning ilmiy- uslubiy vazifalari kasbiy kompetentlik darajasi oshirishga qaratilgan amaliy ishlar tashkil etadi. O‘zbekiston sharoitida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilardagi kommunikativ kompetentlikni shakllantirish orqali ulardagi kasbiy kompetentlikni takomillashtirishning trening dasturini ishlab chiqishda Markaziy Osiyoda 1995 yildan faol faoliyatini boshlagan, “uchinchi sektor”, ya’ni NNT xodimlari faoliyat doirasini rivojlantirishga qaratilgan trening dasturlari, jumladan “Taqdimot qilish ko‘nikmalari”, “Kommunikatsiya ko‘nikmalari”, “Komanda tuzish va ziddiyatlarni boshqarish”, “Kattalar auditoriyasini o‘qitish metodologiyasi”, “Trenerlar uchun trening” mavzularidagi amaliy dasturlar [1], undan tashqari “Metropolis” kadrlar uyushmasining prezidenti Valeriy Polyakov tomonidan ishlab chiqilgan, shaxsiy muloqotda odamlarga ta’sir o‘tkazishning samarali vositalari, ya’ni “Muloqot texnologiyasi” nomli videotrening materiallari, N.V. Szen va Yu.V. Paxomovlar [2] tomonidan ishlab chiqilgan “Psixotrening: igrы i uprajneniya” materiallaridan, , jumladan muloqot psixologiyasiing amaliy metodlari, O‘zbekistonda Sh.R. Barotov hamda ularning shogirdlari [3] tomonidan yaratilgan “Sotsial trening va amaliyot”o‘quv qo‘llanmasi professor V.M. Karimova va ularning shogirdlari tomonidan ishlab chiqilgan trening dasturlaridagi tavsiyalarni o‘rganib chiqib, o‘zimizning maqsadimizga mos dastur yaratdik. Shunday qilib, korporativ treningdan ko‘zlangan maqsad – trening ishtirokchilarini samarali kommunikativ muloqotga o‘rgatish orqali kasbiy faoliyat samaradorligiga erishish, ijtimoiy va guruhiy ishlash ko‘nikma va malakalarini orttirish orqali kommunikativ sifatlarni shakllantirishdir. Shuningdek, kommunikativ kompetentlik va uning omillarini rivojlanishiga bag‘ishlangan bir qator psixotrening dasturlari bilan tanishildiki, ularning ko‘p qismida treninglarning umumiy holati o‘rganildi: Yu.B. Gatanov muallifligida ishlab chiqilgan «Emotsional intellekt va kreativlikni rivojlantirish», I.Tyatenkova, A.Cherepanov, G.Fadeykinlarning «Treninglar 680 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. usullar metodikasi va ularni qo‘llash xususiyatlari» dasturi, N.Yu. Xryasheva va S.I.Makshanovlarning trening qoidalariga bog‘liq yondashuvlari, M.Mikalkoning «Intellekt treningi» Trevisa Bredberrining emotsional intellektni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalari e’tibor qaratildi. Yuqorida tahlil etilgan tanishib chiqilgan trening dasturlari, mashqlari va tavsiyalarda ko‘proq shaxslarning ishbilarmonlik va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi bois, tanlanadigan dasturda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan psixotrening mashg‘ulotlarni takomillashtirishga e’tibor qaratildi. Psixologik trening amaliyoti davrida kommunikativ kompetentlik malakalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun tadqiqotimizning diagnostik bosqichi natijalariga ko‘ra, kommunikativ kompetentlik ko‘rsatkichi past darajani tashkil etgan o‘qituvchilarda rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar tizimini ishlab chiqish va uni amaliyotda qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan ko‘zlangan maqsa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda psixokorreksion tadbirlarni o‘rni va ahamiyati ochib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda psixokorreksion tadbirlarni o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: pedagogik-psixologik kompetentlik, optimallashtirish, empatiya, kommunikativ kompetentlik., xulq-atvor, psixologik xizmat, psixologik mexanizm, individual yondashuv, intellekt
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники