Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEK TILIDAGI REKL AMA MATNLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATI
FILOLOGIYA VA · ZAMONAVIY YONDASHUVLAR: TIL · VA MADANIYAT INTEGRATSIYASI · Qodirova Marhabo O’ktam qizi
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2025
Аннотация
Reklama matnlarining lingvistik tahlili orqali reklama matnlarining ko’rsatilayotgan mahsulotga til uslublari jihatdan muvofiq yoki muvofiq emasligi, reklama matnlarining ta’sirchanligini oshiruvchi lingvistik xususiyatlar va til vositalar haqida bayon qilingan Kalit so’zlar. Reklama matnlari, fonetik vositalar, marketing, uslubiyat, imlo qoidalari, matn va lingvistika. Reklama va zamonaviy kommunikatsiyaning eng muhim vositalaridan biridir. U faqat mahsulot yoki xizmatni targ‘ib qilish bilan cheklanmay, balki til orqali jamiyatga ma’naviy va madaniy ta’sir ko‘rsatadi. Hatto, marketing hamda reklamaga oid faoliyatni yuritishning yuksak axloqiy mezonlarini qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha talablarni belgilaydigan qoidalar to‘plamidan iborat bo‘lgan reklama amaliyoti kodekslarini O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida, o‘zini o‘zi tartibga soluvchi qonunlarda ham aytib o‘tilgan [1,1]. Reklama matnlarida qo’yilgan bir qator talablar mavjud. Xususan: 1) O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatilishi; 702 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. 2) milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish; 3) qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek ma’naviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir. Reklama kommunikatsiya shakllarining xilma-xilligi tufayli uni quyidagi turlarga ajratish mumkin: Televizion reklama. Radio reklama. Internet marketing. Internetdagi reklama. Tashqi reklama Ichki reklama. Tranzit reklama. Reklamani chop etish.[2, 56] Har qanday reklamaning o’ziga xos usulda odamlarga yetkaziladi. Ammo har qanday reklama turining maqsad – reklama qilinayotgan mahsulot haqida odamlarga chiroyli ma’lumot yetkazish va xaridorlar oqimini oshirish. Biroq, xabaringiz koʻproq odamlarga yetib borishini istasangiz, soʻzlarning maʼnosini buzmagan holda, hamma tushunarli boʻlgan iboralardan foydalanishingiz lozim. Xususan, o‘zbek tilidagi reklama matnlari o‘ziga xos lingvistik qurilmalarga, stilistik usullarga va milliy tafakkurni aks ettiruvchi xususiyatlarga ega. Bular quyidagilar: 1. Soddalik va ravonlik O‘zbek reklama matnlarida soddalik va ravonlik muhim o‘rin tutadi. Reklama matnlari keng auditoriyaga mo‘ljallangani bois, unda murakkab grammatik konstruktsiyalardan qochiladi. Masalan: "Hayotingizni osonlashtiring – “'Payme” ilovasi bilan!" “Uzum karta bor – pul bor” 703 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Bu kabi soddalashtirilgan tuzilmalar matnni tez anglashga yordam beradi. 2. Ijobiy ma’no va emotsional ta’sir Reklama matnlarida ijobiy konnotatsiyali so‘zlar (ya’ni ijobiy bo’yoqdor so’zlar) keng qo‘llaniladi. Bu orqali iste'molchida mahsulotga nisbatan iliq munosabat shakllantiriladi "Tabiiy lazzat – sog‘lom hayot kaliti!" " Tabiat bag’rida hordiq" 3. Sloganlar (reklama shiori) bir marta yoki bir qancha reklama roliklari bannerlarida ishlatilishi mumkin. Bu slogan xuddi “ Apple”ning “Think Different “ shiori kabi faqatgina vaqtinchalik ishlatilgan bo'lishi mumkin. Yoki “Nike” brendining “Just Do It “shiori kabi yillar davomida, turli reklamalarda ishlatilishi mumkin) Reklama tili qisqa, lo‘nda va esda qolarli bo‘lishi kerak. Shu sababli reklamalarda shiorlar muhim rol o‘ynaydi: "Toza suv – toza hayot!" "Hamyonbop narx, yuqori sifat!" Bunday iboralar orqali brend yoki mahsulot xotirada mustahkamlanadi. 4. Imperativ (buyruq) shakllari Reklama matnlarida auditoriyani harakatga chaqirish uchun buyruq fe‘llar ishlatiladi: "Bugunoq buyurtma bering!" "Shoshiling mahsulot soni cheklangan!" Bu til vositasi orqali iste'molchi faol harakatga undaladi. 5. Kod-miksing (til aralashuvi) Globalizatsiya va yoshlar auditoriyasiga mo‘ljallangan reklamalarda inglizcha yoki ruscha so‘zlarning aralashuvi tez-tez uchraydi: “Trenddagi obrazingizni yarating!” “Online buyurtma qiling!” “O‘zingizni real komfort bilan ta’minlang.” Bu hodisa zamonaviy kommunikativ ehtiyojlar bilan bog‘liq. 6. Fonetik vositalar 704 https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html 21 апреля 2025 г. Reklama matnlarida sinonim so‘zlardan foydalanib qofiyalash, alliteratsiya va so‘z o‘yinlari qo‘llash, matnning esda qolarli bo‘lishi ta'minlaydi. "Mazali, foydali, totli – barchasi bir paketda!" "Zamonaviy, ishonchli, qulay – “Anorbank” bilan!" Xulosa. O‘zbek tilidagi reklama matnlari lingvistik jihatdan rang-barang bo‘lib, ularda milliy mentalitet, zamonaviy til o‘zgarishlari va stilistik vositalar uyg‘unlashgan. Bunday matnlar nafaqat savdo-sotiq, balki til madaniyatining shakllanishida ham muhim rol o‘ynaydi. Reklama tili orqali nafaqat mahsulot targ‘ib qilinadi, balki til imkoniyatlari namoyon etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. “ Reklama to‘g‘risidagi” qonun. 07.06.2022 2. Karimov, A. "Reklama matnlari stilistikasi", Toshkent,
Доказательный фрагмент
«Reklama matnlarining lingvistik tahlili orqali reklama matnlarining ko’rsatilayotgan mahsulotga til uslublari jihatdan muvofiq yoki muvofiq emasligi, reklama matnlarining ta’sirchanligini oshiruvchi lingvistik xususiy…»
Образец извлечения
Демо-превьюReklama matnlarining lingvistik tahlili orqali reklama matnlarining ko’rsatilayotgan mahsulotga til uslublari jihatdan muvofiq yoki muvofiq emasligi, reklama matnlarining ta’sirchanligini oshiruvchi lingvistik xususiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- matn va lingvistika., marketing, imlo qoidalari, Kalit so’zlar. Reklama matnlari, fonetik vositalar, uslubiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026